Iii-bob. Elektron jurnal dasturiy ta’minotini yaratish texnologiyasi


Download 0.74 Mb.
bet2/11
Sana08.05.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1445534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Boshqa mavzudagi shablon

Jurnalni yuritish.
Administrator: Administrator tomonidan tayinlangan o'qituvchi maxsus jurnalni saqlash uchun mas’uldir. Admin o’qituvchi, talabalar ro’yhati va fan o’qituvchilarini ro’yhatlarini tashkil qilib, o’qituvchi jurnalni yuritishi uchun unga login va parolni beradi. 
O’qituvchi: Sahifangizga kirish uchun o'qituvchi jurnalning asosiy sahifasiga login va parolni kiritish kerak. Sahifaga kirganingizdan so'ng, talabalar bilan ishlash uchun guruhni tanlash kerak:

Shundan so'ng, ushbu guruhdagi o'qituvchi tomonidan ta'minlanadigan istalgan guruh jurnalini tanlashingiz kerak. Jurnalning ichida ikkita variant mavjud: "Dars qo'shish", "Dars tahrirlash" .
" Dars qo'shish" - dars haqidagi ma'lumotlarni kiritishni ta'minlaydi:

  • darsning sanasi; 

  • dars mavzusi; 

  • talabalarni baholash:

 
"Darsni tahrirlash" - bu siz allaqachon o'tkazilgan va yozib olingan darsga o'zgartirishlar kiritib yoki ma'lumotlar bazasidan to'liq olib tashlash imkonini beradi: 
Yuritilgan jurnallar ro’yhati ko’rish. (mehmon bo’lib kirish)
Darslar natijalarini ko'rish uchun jurnalning asosiy sahifasidan Mehmon bo’lib kirish tugmasini bosish kerak (parol kerak emas).
Birinchi qadam, kerakli guruhni ko'rish uchun tanlang: 
So'ngra, tanlangan guruh uchun yuritilgan jurnallarni ko`rishingiz kerak: 

Sizga kerak bo'lgan guruhning elektron jurnal sahifasini tanlang

Shundan so'ng, jurnalni ko'rish uchun sana oralig'ini tanlashingiz lozim va tanlangan mavzuda ma'lum bir davr mobaynida istagan talabaning jamlagan bali va ishtirokini ko'rishingiz mumkin.


XULOSA
Web-sahifalarni yaratish va undan foydalanish ta'lim tizimida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'limda Web-sahifalardan nafaqat tijorat yoki namoyish vositasi sifatida, balki bilim berish maqsadlarida ham foydalanish mumkin. Albatta bunda ta'lim masofadan turib amalga oshiriladi. Bunday ta'lim berish jarayoni o'qituvchi va o'quvchi to'g’ridan-to'g’ri muloqot qilmasdan olib boriladi. Buning uchun ta'lim beruvchi o'qitiladigan predmetga tegishli ma'lumotlarni Web-sahifalarga har hil ko'rinishlarda matn, rasm, jadval, animatsiya, tovushli ma'lumot va hatto video tasma ko'rinishida joylashi kerak.
I-bobda elektron axborot ta’lim resurslarini va ularning tavsifi bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan. Masalan elektron axborot ta’lim resurslari, ularni turlari va tarkibiy elementlari, elektron axborot ta’lim resurslarini yaratishga qo’yiladigan talablar, elektron axborot ta’lim resurslarga doir normativ xujjatlari haqida qisqacha ma’lumotlar keltirib o’tilgan.
II-bob Web texnologiyalar va ularni yaratish imkonini beruvchi dasturlardan foydalanish haqida ma’lumotlar berilgan va ulardan amaliyotda foydalanish haqida ko’rsatmalar berilgan. Shulardan o’zlashtirish operatori xususan uning holatlari, o’tish operatorlari, modullar, funksiyalar haqida hamda har bir operatorni tanlashda qanday ko’rsatkichlarga ahamiyat berish lozim, har bir ko’rsatkich qanday prinsipda ishlashini o’rganib chiqdim. Zamonaviy texnologiyalar jadallik bilan rivojlanayotgan kunda, dasturlash tillarining ham yangidan-yangi turlari ishlab chiqilmoqda. Shu bilan birga ularning ishlash prinsiplari tobora mukammallashib, foydalanuvchi ishlashi uchun qulay imkoniyatlar tug’ilmoqda. Yangi texnologiyalarni o’rganish, ularni ishlatish va ular uchun dasturlar tuzish ham zamonamizning dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Ushbu MDI ishimni bajarish davomida Web dasturlash tilida dastur yozish usullarini, ularning yozilish turlarini, rivojlanish tarixini va bir qancha shu dastur bilan bog’liq bo’ladigan xodisalarni o’rganib chiqdim.
III bob hozirgi kunda internet tarmog’ida mavjud bo’lgan asosiy web saytlarni yaratishda PHP web dasturlash tili va MySQL ma’lumotlar omborini boshqarishga bag’ishlangan. PHP web dasturlash tilida yozilgan web ilovalar tez ishlaydi va xavfsizlik jihatdan ijobiy tomonlari mavjud. PHP va MySQL dasturlari yordamida yaratilgan. Ushbu ishlab chiqilgan “Elektron jurnal” web sayti jurnal yuritishni elektronlashtirish, talabalar o’zlashtirish darajasini yaqqol namoyish etib borish, imtihon kunlaridan ogohlantirib borish, ota-onalar uchun farzandlarini o’zlashtirish darajanisi nazorat qilishga imkon beradi.
Bu web sahida HTML buyruq teglari va PHP dasturlash tilidan foydalanilgan holda ushbu saytimizni yaratdik. Ta'limning bunday ko'rinishi masofaviy ta'lim deb yuritiladi. Masofaviy ta'limdan foydalanish natijasida vaqt va pulni tejash, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz bilim olish imkoniyatlariga ega bo'linadi. Bunday imkoniyatlarni bizga Web sahifalari yaratib beradi. Ma'lum predmetga tegishli ma'lumotlarni sahifalarga joylab, ularni doimiy ravishda to'ldirib borish, o'quvchilarni bilimlarini baholash uchun nazorat test savollarini kiritish imkoniyatlari mavjud. Buning natijasida o'quvchining olgan bilimini nazorat qilish, baholash imkoniyatlari paydo bo'ladi. Bu esa Web-tehnologiyadan ta'limda foydalanishning eng optimal variantlaridan biri hisoblanadi.

Ilova
Elektron jurnal dastur kodi

PHP ED
Salom!'; //echo $_SESSION['user']['username'];echo "

Logindan chiqish
";echo '
Salom, '; echo $_SESSION['user']['username']; //echo $_SESSION['user']['role']; echo "!
"; error_reporting(0);//yordamchi menyuif($_GET['act']=='ruyhatmenyu'){//echo "

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling