Iii-bob. Hayot faoliyati xavfsizligi va ekologiya


Download 57.26 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi57.26 Kb.
#1584830
  1   2   3
Bog'liq
XFH dan kerakli mazular

III-BOB. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI VA EKOLOGIYA




3.1 §. Hayot faoliyati xavfsizligining boshqarish haqida tushuncha


Xavf - hayot faoliyati xavfsizligining markaziy tushunchasi bo'lib, u hodisa, jarayon va obyektlarning inson sog'lig'iga to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita ma'lum sharoitda qay darajada zarar yetkazish qobiliyati tushuniladi, ya'ni ko'ngilsiz oqibatlarga olib keladi.
Tahlilning maqsadiga ko'ra xavfni xarakterlovchi belgilarning sonini ko'payishi yoki kamayishi mumkin. HFX dagi xavfga berilgan yuqoridagi ta'rif mavjud bo'lgan standart tushunchalarni (xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari) o'ziga tortuvchi hamda faoliyatning hamma turlarini hisobga oluvchi juda salmoqli tushunchadir.
Xavf energiyaga ega bo'lgan kimyoviy yoki biologik aktiv komponentlarni o'zida joylashtirgan hamma tizimlarni hamda inson hayot faoliyati sharoitiga javob bermaydigan tavsiflarni o'zida saqlaydi.
HFXni boshqarish deganda ko'zda tutilgan natijalarga erishish "inson-muhit" tizimiga tashkiliy ta'sir qilishni tushunamiz. HFXni boshqarish - bu obyektni ongli ravishda bir hols(xavfli) boshqa bir (xavfsiz) holatga o'tkazishdir. Bunda obyektiv ravishda iqtisodiy va texnik shartlarga amal qilishmaqsadga muvofiqdir.
Tizimlilikka bo’lgan talab shundari iboratki, bunda xavfsizlikni aniqlashda muhim va yetarli bo'lgan tashkil qiluvchilar sonini hisobga olish ko'zda tutiladi. Tizimli tahlil qilishhing muhim prinsiplari quyidagilarga olib keladi: qaror qabul qilish jarayonida oxirgi maqsadni aniqlashi va aniqlik kiritishdan boshlanmog'i kerak; butun muammolarni to'laligicha qarash muhimdir; maqsadga erishishningii alternativ yo'llarini tahlil qilish muhimdir; qo'shimcha maqsadlar umumiy maqsadga to'sqinlik solmasligi kerak. Bunda maqsad - reallik, predmetlik, sonli aniqlik, adekvatlik, samaralilik, nazoratlilik talablarini qondirmoqligi kerak.
Maqsadlarni vujudga keltirish - xavfsizlikni boshqarishda juda murakkab masaladir. Maqsadni har doim iyerarxik tushuncha deb qarash kerak. Reja har doim aniq tugallangan maqsadni amalga oshirishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Bu bosh maqsaddir, umuman qism maqsadlarga bo'linadi va o'z navbatida muhimlik darajasiga qarab joylashtiriladi.
Bosqichlarda, xavfsizlikning barcha talablari hisobga olingan holda, to'liq faoliyat sikli xosil qilinadi, ya'ni: ilmiy fikr; ilmiy izlanish ishlari; konstruktorlik ishlari; loyiha; loyihani amalga oshirish; sinash; ishlab chiqarish; tashish; foydalanish; takomillashtirish va tuzilishini o'zgartirish; saqlashga qo'yish va bartaraf qilish; yo'q qilish.
Xavfsizlik talablarini o'z vaqtida hisobga olish faqat texnik shartlargagina emas, balki iqtisodiy qarashlarga tayanadi.
Boshqarish - bu shunday jarayonki, uni bir qancha bosqachlarga boolish mumkin:

  1. Obyektning holatini tahlil qilish va baholash.

  2. Boshqarishning maqsad va masalalarini amalga oshirish uchun tadbirlarni rejalashtirish va oldindan aniqlash.

  3. Boshqaruvchi va boshqariladigan tizimlami bevosita tashkil qilish.

4 Nazorat, ya'ni boshqarishni tashkil qilish ustidan kuzatish va tekshirish.

  1. Tadbirlarning samaradorligini aniqlash.

  2. Rag'batlantirish, ya'ni boshqarish qatnashchilarini boshqaruv muammolarini muvaffaqiyatli hal qilishga undovchi ta'sir shakllari.


Download 57.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling