Iii bob. Tutash avlodlar iqtisodiy o‘sish modeli


Download 439.43 Kb.
bet14/15
Sana27.06.2023
Hajmi439.43 Kb.
#1657036
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2-мавзулар

Keys: Oziq-ovqat xavfsizligi- erkinlik va farovonlik asosi sifatida
Bugungi kunda dunyo iqtisodiyotida noaniqlik darajasi indeksi kun sayin o‘sib bormoqda. Bu o‘z navbatida COVID-19 pandemiyasining hali davom etayotganligi, jahonda geosiyosiy vaziyatning chigallashuvi, energetik inqirozning kun sayin kuchayishi, global inflyatsion jarayonlarning jadallashishi, ekologik xatarlarning ortishi kabi omillar bilan bog‘liqdir. Bugungi kunda Jahon banki dunyo mamlakatlarining markaziy banklarini inflyatsiyani jilovlash borasida o‘z hatti-harakatlarini muvofiqlashtirishga chaqirmoqda. Xalqaro valyuta jamg‘armasining bashoratlariga ko‘ra, 2022 yilda dunyo yalpi ichki mahsulotining 86 foizi to‘g‘ri keluvchi 143 ta mamlakatda iqtisodiy o‘sish shart-sharoitlari yomonlashadi.
Rossiya-Ukraina mojarosi tufayli Yevropa, Osiyo, Afrika va Yaqin Sharq mintaqalarining oziq-ovqat mahsulotlari va energiya resurslarini import qiluvchi mamlakatlari katta aziyat chekadilar. Jahon bozorlarida xomashyo narxlarining o‘sishi neft, tabiiy gaz va metal eksport qiluvchi mamlakatlar uchun bir muncha qulay shart-sharoitlarni taqdim qilsa-da, mazkur mamlakatlar ham o‘sib borayotgan noaniqlikdan aziyat chekadilar, ularning yutuqlari dunyo iqtisodiyotining zaiflashishini qoplay olmaydi. COVID-19 pandemiyasi keyingi oylar ichida jahondagi geosiyosiy vaziyatning chigallashishi tufayli bir muncha e’tibordan chetda qolayotgan bo‘lsa-da, virusning yangi va favqulodda xavfli shtammlarining paydo bo‘lish xavfi saqlanib qolmoqda, bu esa o‘z navbatida dunyo iqtisodiyoti uchun qo‘shimcha iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, tahlilchilar dunyo iqtisodiyoti inqiroz ichidagi inqirozni boshidan kechirishi haqida ogohlantirmoqdalar.
Pandemiya tufayli ta’minot zanjiridagi uzilishlar, oziq-ovqat va energiya tashuvchilar narxlarining ko‘tarilishi sababli rivojlangan mamlakatlarda so‘nggi 40 yil ichida inflyatsiya darajasi keskin ko‘tarildi.
Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada YaIMning pasayishi 2022 yilda 11,2 foizni, Ukrainada esa 45,1 foizni tashkil etadi, mazkur mamlakatlarda inflyatsiya mos ravishda 22 va 15 foizgacha o‘sadi. Jahon banki iqtisodchilari 2022 yilda Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarining YaIM yo‘qotishlari 4,1 foizni tashkil etishini ta’kidlashmoqda. Bu yo‘qotishlar 2020 yilgi retsessiya davriga qaraganda ikki martadan oshiqroq-ni tashkil qiladi. Tahlilchilar Yevropa va Markaziy Osiyoning barcha davlatlari Rossiya va Ukraina bilan yaqin aloqalar, jumladan, savdo, moliyaviy va migratsiya aloqalari tufayli jiddiy iqtisodiy zarar ko‘rishini ta’kidlashmoqda.
Rossiya rangli va qora metallar va energiya tashuvchilarning eng yirik eksportchilaridan biri hisoblanadi, shuningdek, jahonda bug‘doy eksportining to‘rtdan bir qismidan ko‘prog‘i Rossiya va Ukraina ulushiga to‘g‘ri keladi, Yevropada tabiiy gazning 47 foizi, neftning 25 foizi Rossiyadan import qilinadi. Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston va Turkiya jami iste’mol qilinadigan bug‘doyning 75 foizdan oshiqrog‘ini Rossiya va va Ukrainadan import qiladi, xuddi shu kabi Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlarida ham hozirgi mojarolar asnosida oziq ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq jiddiy xatarlar yuzaga kelishi kutiladi. Ta’minotdagi uzilishlar, oziq-
ovqat va energiya tashuvchilar narxining o‘sishi butun dunyoda inflyatsiya jarayonlarining kuchayishiga olib keladi. Tahlilchi-larning fikricha, Rossiya va Ukrainaga dunyo eksportining atigi 3 foizi to‘g‘ri kelsada, xalqaro savdo yo‘laklarini tashkil qilishdagi muammolar barcha tarmoq va sohalarga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Shuningdek, Rossiyada o‘z mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarning pul o‘tkazmalari Qirg‘iziston va Tojikistonda YaIMning qariyb 30 foizini tashkil qilsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich qariyb 11 foizga etadi. 2022 yilda bunday pul o‘tkazmalari 17-22 foizgacha qisqarishi kutilmoqda. Jahon bankining bashoratlariga ko‘ra, 2022 yilda Belarus Respublikasida ( 6,5%); Kirg‘iz Respublikasida (5%); Moldovada (0,4%); Tojikistonda (1,8%) pasayish kuzatilsa, Armanistonda (1,2%); Ozarbayjonda
(2,7%); Gruziyada (2,5%); Qozog‘istonda (1,8%); O‘zbekistonda (3,6%) iqtisodiy o‘sish kutiladi.
Bir so‘z bilan aytganda, jahondagi geosiyosiy vaziyatning chigal-lashishi, pandemiyaning hali davom etayotganligi, logistika va yuk tashish xarajatlarining ortishi, oziq-ovqat mahsulotlari va energiya tashuvchilar narxining muttasil o‘sib borayotganligi, iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq muammolarning yanada keng quloch yozishi, global inflyatsion bosimning kuchayishi kabi omillar va shart-sharoitlar oziq-ovqat xavfsizligi muammosiga alohida e’tibor qaratishni talab qiladi.
Oziq-ovqat xavfsizligi butun dunyo mamlakatlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. BMT ham bugun oziq-ovqat mahsulotlarini etishtirish va ularni taqsimlash bo‘yicha yondashuvni mutlaqo o‘zgartirish vaqti kelganini ta’kidlayapti. Zero, ideal holatda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari barchani oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlash va odamlar uchun risoladagidek daromad manbaini yaratib berishga qodir. Boz ustiga, bunday holatda inson manfaatlari yo‘lida ham qishloq xo‘jaligi rivojlanadi, ham atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ijrosi ta’minlanadi.
Nega bashariyat farovonligi va kelajagiga xizmat qiluvchi mana shunday nufuzli tashkilot bu boradagi nuqtai nazarlarni yangilash g‘oyasini ilgari surmoqda?
Sababi, bugungi kunda tabiatga befarq munosabat, unga antropogen ta’sirning kuchayib borishi, isrofgarchilik, ilg‘or va rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasidagi oziq-ovqat balansi bo‘yicha farqning o‘sayotgani, iqlim o‘zgarishlari qator salbiy omillarni keltirib chiqaryapti. Oqibatda, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda jahon aholisining 919 million nafari och qolayotgan bo‘lsa, 2050 yilga borib bu soni 2 mlrd. kishiga etadi. Ularning 12,9 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi. Besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasidagi o‘limning 45 foizi aynan to‘yib ovqat emaslik natijasida kelib chiqadi. Hozirgi kunda har yili 3,1 million nafar bola aynan shu sabab hayotdan ko‘z yummoqda. Qolaversa, sayyoramizdagi har to‘rt bolaning bir nafari o‘z yoshiga nisbatan o‘smay qolgani aniqlangan. Maktab yoshidagi 66 mln. o‘g‘il-qiz darslarga beixtiyor och keladi. Shulardan 23 million nafari Afrikada istiqomat qiladi. 2021 yilda jahonda ovqatlanish va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida ishlarning holatiga bag‘ishlangan YuNISEF, BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlarning hisobotida keltirilishicha, COVID-19 pandemiyasi sharoitida 2020-2021 yillar mobaynida dunyoda ochlik ko‘lami yanada ortgan. Keyingi bir yil ichida to‘yib ovqatlanmaslik indeksi 1,5 foizga ortgan va qariyb 9,9 foizni tashkil qilgan, bu esa jahonda ochlikni bartaraf etish muammosi naqadar dolzarb ekanligini ko‘rsatadi. BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining narxlar indeksi joriy yilning mart oyida mazkur tashkilot faaoliyatining butun davri mobaynida eng yuqori ko‘rsatkichni tashkil qildi. O‘tgan oyda narxlar indeksining o‘rtacha qiymati 159,3 punktni tashkil qildi. Bu 2022 yilning fevral oyiga nisbatan 12,6 foizga ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, 2021 yilning mart oyiga nisbatan esa 33,6 foizga ko‘pdir. Mazkur vaziyat o‘simlik moylari, don va go‘sht narxlarining rekord darajada oshishi, shuningdek shakar va sut mahsulotlari narxlarining sezilarli darajada o‘sishi bilan bog‘liq. Umuman olganda, 2022 yilning mart oyida bug‘doy va ozuqa donlari bo‘yicha BMT oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining narxlar indeksi o‘tgan oyga nisbatan 17,1 foizga o‘sgan.
Oziq-ovqat xavfsizligi indeksi (The Global Food Security Index)- bu global ko‘lamda amalga oshiriluvchi tadqiqot hisoblanadi va mamlakatlarning oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha reytingini o‘zida aks ettiradi. Mazkur sohadagi tadqiqotlar Amerikaning Dupon transmilliy kompaniyasi ko‘magida Buyuk Britaniyaning The Economist Intelligence Unit tadqiqot kompaniyasi tomonidan (Economist jurnalining tahliliy bo‘limi) amalga oshiriladi. Tadqiqot 2012 yildan beri o‘tkazib kelinmoqda va hozirgi kunda dunyoning turli mamlakatlaridagi oziq- ovqat xavfsizligi holati bo‘yicha keng qamrovli ko‘rsatkichlarini aks ettiradi.
Oziq-ovqat xavfsizligi bu iqtisodiyotning shunday holatiki, bunda ichki va tashqi bozorlardagi tebranishlardan qat’iy nazar bir tomondan, ilmiy asoslangan ko‘rsatkichlarga mos miqdorlarda, ikkinchi tomondan tibbiy me’yorlar darajasida iste’molni qondirish uchun shart- sharoit yaratilgan holda, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash kafolatlanadi. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda barqarorlik, foydalanish, mavjudlik va ega bo‘lish tamoyillariga to‘lig‘icha amal qilish talab qilinadi. Aynan mazkur tamoyillar har qanday mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi siyosatini ishlab chiqishda hal qiluvchi o‘rin tutishi lozim. 2021 yilda O‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligi indeksida jahonning 113 ta mamlakati orasida 53,8 bal to‘plab, 78 o‘rinda qayd etilgan.

Download 439.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling