260-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish
Nazorat shikoyati (protesti) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni nazorat tartibida ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatida ish nazorat tartibida ko‘rib chiqilayotganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlar berish uchun chaqirtirilishi mumkin. Bu holda ularga ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda nazorat instansiyasi sudi majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi. Biroq ularning kelmaganligi ishni ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |