Iii-chorak 6 sinf 6 sinf mavzu Said ahmad (1920-2008)


Foydalaniladigan adabiyotlar


Download 429.5 Kb.
bet39/132
Sana15.11.2021
Hajmi429.5 Kb.
#174715
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   132
Bog'liq
6- sinf Adabiyot tayyor

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1) «Adabiyot» 6-sinf uchun darslik.

2) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu:

O‘zbek mumtoz adabiyotining taniqli vakili Avaz O‘tar o‘g‘li o‘zining ma’rifatparvarlik ruhidagi asarlari bilan adabiyotimiz tarixida alohida o‘rin tutadi. Avaz O‘tar o‘g‘li 1884-yil 25-avgustda Xiva shahrida hunarmand oilasida tug‘ilgan. Shoirning otasi Polvonniyoz O‘tar Gadoyniyoz o‘g‘li sartarosh edi. Xalq o‘rtasida usta O‘tar nomi bilan mashhur bo‘lgan bu kishi san’at va adabiyotga juda qiziqar, o‘z zamonasining yetuk adiblari Ogahiy, Komil Xorazmiy, Mujrib Xonaxarobiy, Bayoniy kabi shoirlar bilan do‘stona munosabatda bo‘lib, tez-tez suhbatlashar, doimiy muloqot qilar edi.

Usta O‘tar o‘z uyida yuqorida tilga olingan shoir-u san’atkorlar, madaniyat ahli bilan suhbatlar uyushtirar, tabiiyki, Avaz ham ularda ishtirok etardi. Yosh Avazning she’riyatga erta havas qo‘yishining sababi ham shunda bo‘lsa, ajab emas.

Otasi Avazni sakkiz yoshida maktabga beradi. Avaz maktabdan keyingi tahsilni madrasada davom ettiradi. U Xo‘ja Hofiz, Nizomiy, Jomiy, Lutfiy, Navoiy, Fuzuliy ijodini qiziqib o‘rganadi. Bundan tashqari Munis, Ogahiy, Komil, Feruz kabi shoirlar bilan yaqindan muloqotda bo‘ladi. Ular ta’sirida she’rlar yoza boshlaydi va tez orada iste’dodli shoir sifatida taniladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Avaz O‘tar o‘n to‘rt yoshlaridayoq she’r yozishga kirishgan, o‘n sakkiz yoshlarida yetuk shoir nomini olib, ko‘pchilikning e’tiboriga tushgan. Iste’dodli shoir Avaz O‘tar to‘g‘risidagi xabarlar xon saroyigacha yetib boradi. Uni saroyga taklif etadilar. Shoir bir qancha vaqt Xiva xoni saroyida ijod qiladi. Biroq uning bu yerdagi faoliyati ko‘p davom etmaydi. Avvalo, saroydagi biqiq ijodiy muhit shoirning ko‘ngliga o‘tirmaydi, qolaversa, uning she’rlariga hasad bilan qaragan ayrim kimsalar turli bo‘htonlar to‘qib, Avazni xonga yomon ko‘rsatadilar. Xonning buyrug‘i bilan shoirni 200 darra urib jazolaydilar va hatto uni aqldan ozganga chiqarib, yomon otliq qiladilar. Tazyiq va xo‘rliklardan bezgan shoir saroyni tark etadi va ota kasbi sartaroshlik bilan tirikchilik qila boshlaydi, ijod bilan qizg‘in shug‘ullanadi. Biroq shoirga nisbatan tazyiqlar tag‘in davom etadi. Xiva xoni Muhammad Rahimxon II vafotidan so‘ng otasi o‘rniga taxtga o‘tirgan Isfandiyorxon ham unga zulm qiladi, sog‘lig‘i busiz ham nochor bo'lgan Avazni bog‘lab 50 darra urdiradi. Ma’naviy va jismoniy qiynoqlardan muttasil azob chekkan shoir uzoq yashay olmaydi - o‘ttiz besh yoshida vafot etadi.

Avaz O‘tar mumtoz she’riyatning g‘azal, muxammas, masnaviy, mustazod, ruboiy, qit’a kabi keng tarqalgan janrlarida ajoyib asarlar yaratdi. Shoir o‘z she’rlarini to‘plab kattagina devon tuzgan va uni «Saodatul-iqbol» deb nomlagan. Asarlar to‘plami bir necha marta nashr etilgan.

Avaz O‘tar turli mavzularda qalam tebratdi. Uning muhabbat haqidagi nozik hislarni uyg‘otuvchi she’rlari hozirgacha kuyga solinib ijro etilayotgan bo‘lsa, ma’rifatparvarlik ruhidagi asarlari ilm olishga, ma’rifatli bo‘lishga da’vat bo‘lib yangramoqda. Ular orasida, ayniqsa, «Til» she’ri alohida diqqatga sazovordir. U g‘azal shaklida bitilgan bo‘lib, Siz-u bizni til o‘rganishga, ayniqsa, «g‘ayri tilini bilishga sa’y qilish»ga, ya’ni chet tillami o‘rganishga da’vat qilishi bilan muhim. Darhaqiqat, xalqimiz «Til bilgan el biladi», deb bejizga aytmaydi. Shoir tilni insonlar, turli millatga mansub kishilarni birlashtiradigan, do‘stlashtiradigan «robitai olamiyon» -kishilarning aloqa vositasi deb ataydi. Shuning uchun ham o‘zgalar tilini ona tilidek bilish «foydai kondir» deydi. Shoirning ma’rifatparvarlikni targ‘ib etuvchi asarlaridan yana biri «Maktab» she’ridir. G‘azal shaklidagi bu she’rda Avaz maktabni ilm-madaniyat manbai sifatida ta’riflab shunday deydi:



Download 429.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling