Iii-chorak 6 sinf 6 sinf mavzu Said ahmad (1920-2008)


Foydalaniladigan adabiyotlar


Download 429.5 Kb.
bet9/132
Sana15.11.2021
Hajmi429.5 Kb.
#174715
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   132
Bog'liq
6- sinf Adabiyot tayyor

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1) «Adabiyot» 6-sinf uchun darslik.

2) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu:



Senga mendan xabar bersalar,

«U yiqildi charchab», - desalar,

Yo‘q, ishonma jonim!

Bu so‘zni -

Do‘stlar aytmas, yaqin ko‘rsalar.
Bayrog‘imga qon bilan yozgan

Ontim undar olg‘a borishga!

Haqqim bormi hech qoqilishga,

Haqqim bormi charchab-horishga?


Senga mendan xabar bersalar,

«U Vatanni sotdi» desalar,

Yo‘q, ishonma, jonim!

Bu so‘zni -

Do‘stlar aytmas, meni sevsalar.
Yurtdan ketdim yurtni, seni deb,

Men kurashdim qonli har damda.

Yurtni, seni qo‘limdan bersam,

Nima qolar menga olamda?


Senga mendan xabar bersalar,

«Musa o‘ldi endi» desalar,

Yo‘q, ishonma, jonim!

Bu so‘zni -

Do‘stlar aytmas, meni sevsalar.
Tuproq ko‘mar tanni, ko‘molmas

O‘tli qo‘shiq to‘lgan ko‘nglimni.

«O‘lim» deyish mumkinmi axir,

Yengib o‘lgan bunday o‘limni?



Musa Jalilning «Moabit daftari»ga kirgan bu she’ri 1943-yilning 20-noyabrida, o‘limidan ikki oygina oldin yozilgan. Guvohi bo‘lganimizdek, uning har bir bandi shoirning so‘nggi yillardagi taqdirini o‘zida mujassam etadi. Birinchi va ikkinchi band og‘ir jangda qattiq yaralanmasin, dushman qurshovini yorib chiqishga urinayotgan, tanasidan mador ketib borayotganiga qaramay, ruhi taslim bo‘lishni istamayotgan jangchi kechinmalarini aks ettiradi. Bilasizki, har bir askar harbiy xizmatga kirar ekan, ont -qasamyod qabul qiladi. Unda qanday sharoitga tushmasin, qanday qiyinchiliklarga duchor bo‘lmasin, o‘z vazifasini ado etishga, yurtiga va xalqiga sadoqatli bo‘lishga qasam ichiladi. She’r qahramonining esa bu qasamga qanchalar sodiqligini ontga berilgan ta’rif orqali bilib olamiz: «Bayrog‘imga qon bilan yozgan ontim...» Demak, bu jangchi qasamyodni shunchaki yodlab takrorlagan emas. U o‘z ontiga shu qadar sodiqki, bundan avvalgi janglar davomida bayrog‘iga tomgan qoni bilan ham buni isbotlagan. Avval aytganimizdek, 1942-yilning iyun oyida Musa Jalil dushman qo‘liga asir tushgach, undan oilasiga, yor-do‘stlariga xat-xabar kelishi birdan to‘xtab qoladi. Bunday paytda askarning yaqinlariga telegramma orqali «bedarak yo‘qoldi» degan xabar yuborish rasm bo‘lgan edi. Ayrim og‘ziga kuchi yetmaganlar, shunday taqdirga duchor bo‘lgan askarlar haqida «har qalay, dushmanga sotilib ketgan bo‘lsa kerak» qabilidagi badgumon gaplarni tarqatishdan ham toyishmasdi. Ayni holatni ko‘ngli bilan sezgan shoir she’rning uchinchi-to‘rtinchi bandida bunga o‘zining qalb javobini beradi. Bu javob o‘zining qat’iyati, mantig‘i bilan kishini to‘la ishontiradi. Darhaqiqat, yurtdan shu yurtni, yurtdoshlarni deb qonli jangga ketgan chinakam fidoyi inson ona Vatanini yog‘iyga sotishi mumkinmi?! Shoir qalbidagi bu vatanparvarlik, yurtga muhabbat hissi shunday badiiy ifodasini topganki, u o‘zgalar yuragida ham ayni hislarning kuchayishiga sabab bo‘ladi:



Download 429.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling