Iii. Foydalanilgan adabiyotlar
Neft va tabiiy gazni qayta ishlash, gaz qazib olish usullari
Download 72.58 Kb.
|
nEFT VA GAZ kurs ishi kimyo
2.2. Neft va tabiiy gazni qayta ishlash, gaz qazib olish usullari
Kreking dastlabki xomashyoga va uglevodorodlar parchalanishining chuqur va sayozligiga qarab 450—720°C da va 7 MPa gacha bosimda turli: termik kreking, riforming, piroliz va kokslash usullarida amalga oshiriladi. Bu usullarning hammasi ham qo'shimcha ravishda motor yoqilg'isi hamda neftkimyo sanoati uchun gazsimon mahsulotlar olish imkonini beradi. Turli sinf uglevodorodlarining termik parchalanish jarayonlarining murakkabligiga qaramay ba'zi bir umumiy qonuniyatlarni ko'rish mumkin. Krekingning barcha turlari vodorod atomlari taqsimlanishi bilan tavsiflanadi ya'ni yengil komponentlarning vodorodga boyishi og'ir komponentlarning esa dastlabki xomashyoga nisbatan vodorodlarning miqdorining kamayishi jarayoni kuzatiladi, masalan, bir qurilmada boruvchi jarayonni quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin: 10(C+1,8N) = (C+2,2H) +6(C+2H) +2(C+1,3H) +(C+0,2H) xomashyo gazlar benzin mazut koks Termik kreking jarayonlarining ko'pchiligi zanjirli radikal mexanizm asosida boradi. Uning boshlangich harorati va tezligi uglevodlarning termodinamik barqarorligi bilan bog'liq bo'ladi. Neft xomashyosining tarkibida tuzilishi juda xilma xil bo'lgan turli xildagi uglevodorodlar bo'ladi, tabiiyki, ularning termik barqarorligi ham turlicha bo'ladi. Yuqori haroratda uglevodorodlar, ayniqsa, parafinlar uchun degidrogenlanishdan ko'ra uglerod bog'inining uzilishi bilan boradigan jarayonlarning termodinamik jihatdan ehtimoli katta. Parafin uglevodorodlarning molekulyar massasi qanchalik katta bo’lsa, molekulaning (zanjirning) o'rtasida uglerod bog'ining uzilish ehtimoli ham shunchalik yuqori bo'ladi. Masalan, eykozan parafinning termik kreking quyidagi asosiy mahsulotlarning hosil bo'lishiga olib keladi: To'yingan va to'yinmagan uglevodorodlarning miqdoriy nisbati teng bo'lganda, reaksion aralashmada mahsulotlarning miqdoriy nisbati chapdan ung tomon keskin oshadi. Naften uglevodorodlarning termik barqarorligi parafinlarga nisbatan ancha yuqori bo'ladi. Yuqori haroratda naftenlar uchun degidrogenlanish va zanjirning uzilishi bilan boradigan reaksiyalar xosdir. siklogeksan siklogeksen siklogeksadiyen benzol Alkilalmashgan naftenlar krekingi yon zanjirning uzilishi bilan boshlanadi. Aromatik uglevodorodlar nisbatan termik barqaror hisoblanadi. Ular orasida eng birinchi alkilalmashgan hosilalari benzol va alken hosil qilib parchalanadi. Yuqori haroratda aromatik uglevodrodlar kondensatlanishi ham mumkin, bu holat koks hosil bo'lishiga olib keladi. Turli sinf uglevodorodlarning oddiy moddalardan hosil bo'lish energiyasini haroratga bog'liqlikdan kelib chiqqan holda kreking mahsulotlarning yuqori haroratda termodinamik barqarorligi quyidagi tartibda kamayadi: aromatik uglevodorodlar -» alkenlar -» naftenlar -» parafinlar Tegishli ketma-ketlikda parchalanish tezligi ham ortadi. Demak, yuqori birinchi navbatda paraffin uglevodorodlar va naftenlar parchalanadi va aromatik uglevodorodlarning to’planishi kuzatiladi. Kreking mahsulotlarida aromatic uglevododrodlari ulushining ortishi ikkilamchi jarayonlar hisobiga ham (masalan, diyenli sintez) bo’ladi. Neftni termik qayta ishlashdan asosiy maqsad benzin ishlab chiqarishdir. Kreking-gaz kondensatordan benzindan ajratiladi. Olingan mahsulotlarning unumi kreking- benzin 30-35 %, kreking-gaz 10—15 %, kreking-qoldiq 50—55 % ga teng bo’ladi. Kreking- benzin tarkibida aromatik uglevodorodlar ko'p bo'lganligi uchun, uning oktan soni (70) oddiy haydash orqali olingan benzindan ancha yuqori bo’ladi. 1.Kreking-gaz tarkibida etilen, etan, propilen, butilen va butan ushlaydi. Ular gazlarni ajratuvchi qurilmalarda (GAQ) fraksiyalarga ajratiladi va organik sintezning qimmatbaho xomashyosi sifatida ishlatiladi. Kreking-qoldiq bug' qozonlarning yoqilg'isi hisoblanadi yoki gudron, asfalt, neft koksi kabilarni olish uchun xomashyo sifatida qo'llaniladi. 2. Bug' fazali kreking kichikroq bosim va 600—630°C da haroratda yuqori oq tanli benzin olish maqsadida olib boriladi. Bunda ligroinli fraksiya ishlatiladi. Bug' fazali krekingda benzin bilan bir qatorda ko'p miqdorda qimmatli neft kimyo xomashyosi hisoblangan, tarkibida to'yinmagan uglevodorodlari ko'p bo'lgan gazlar ham olinadi. 3.Piroliz — bu yuqori haroratli kreking bo'lib, asosan etilen va boshqa to'yinmagan uglevodorodlarni olish uchun ishlatiladigan xomashyoning turiga qarab (tabiiy gaz, gaz kondensati, kerosin, gazoyil, ligroin) keng oraliqdagi haroratda (600-120°С) amalda 670—720°C larda va atmosfera bosimida ligroinli yoki kerosinli fraksiyalarning chuqur parchalanishi hamda ikkilamchi jarayonlar natijasida xomashyoning xossasiga nisbatan 50 % gacha unum bilan gaz (tarkibida 30 % alkanlar saqlaydi) va 45—47 % moy olinadi. Moyni rektifikatsiyalab 20% benzol, 16 % toluol va 2 % kselol olinadi va ular qayta tozalangach individual modda sifatida foydaniladi. Kokslash-neft qoldiqlari mazut, kreking-qoldiq, gudronlarni 450—500°C da havosiz joyda termik parchalash jarayoni bo'lib, uning natijasida qo'shimcha yoqilg'i foydaniladigan kulsiz (yonganda kul hosil qilmaydigan) koks olinadi. Katalitik jarayonlar bugungi kunda neft mahsulotlarini krekinglab oktan soni yuqori bo'lgan va turli organik sintezlarda keng foydalanilayotgan gazlarning olish usullarining orasida asosiy o'rinni egallaydi. Katalitik jarayonlar termik jarayonlarda katta tezlikda nisbatan pastroq haroratda va pastroq bosimda boradi hamda u oltingugurtli neftlarni ham qayta ishlashga imkon beradi. Katalizator sifatida g'ovak tashuvchilarga (moddalarga) shimdirilgan holda sintetik alumo-silikatlar, platina, molibden oksidlari va xrom ishlatiladi. Katalitik kreking bu tipik geterogen katalizdir: dastlabki moddalarning gaz fazadan katalizator sirtiga diffuziyalanishi, oraliq kompleks hosil qilish bilan sirtida xemosorbsiyalanishi, kimyoviy reaksiya va kreking mahsulotlarining katalizator sirtidan desorbsiyalanishi va ularning gaz fazaga diffuziyalanishi kabi ketma-ketlik tartibda boradi. Shuning uchun ham foydalaniladigan katalizatorlarning sirti katta bo'lishi (~700m2/g), yaxshi regeneratsiyalanish xossasiga ega bo'lishi, oltingugurt birikmalariga chidamli bo'lmog'i hamda mexanik mustahkam bo'lishi lozim. Katalizator sirtida boruvchi kimyoviy jarayonlar ion xarakteriga ega. Bir vaqtning o'zida katalizatordan tashqarida harorat ta'sirida zanjirli radikalli jarayonlar ham boradi, ammo sust ketadi. Katalitik kreking sharoitiga eng chidamli bo'lgan birikmalar normal tuzilishli parafinlar va almashmagan aromatik uglevodorodlardir. Olefinlar, naftenlar va uzun zanjirli yon o'rinbosarlari bo'lgan aromatik uglevodorodlar chidamsiz bo’lib, ular birinchi bo'lib krekingga uchraydilar. Uzun yon zanjirli aromatik uglevodorodlar oddiy aromatik birikmalar va olefinlarga parchalanadilar. Kondensirlangan aromatik birikmalar o'rinbosarlarining yo'qotadi va yanada zichlashib koks hosil qiladi. Naftenli uglevodorodlar katalizator sirtida degidrogenlanadi va yon zanjirning uzilishi hamda xalqaning ochilishi bilan C-C bog' uzilib parchalanadi. Polisiklik naftenlar yon o'rinbosarlar uzilgandan so'ng oddiy aromatik uglevodorodlar hosil qiladi-yu, ammo qisman zichlanib, mahsulot sifatida katalizator sirtida qoladi. Kreking natijasida hosil bo'lgan olefinlar C-C bog'dan uzilib parchalanadilar, izomerlanadilar, polimerlanadilar, gidrogen-lanadilar, xalqali uglevodorodlarga aylanib, degidrogenlanadilarda va aromatik birikmalar hosil qiladilar. Kataliz sharoitida olefinlarning gidrogenlarning jarayoni katta ahamiyatga ega, chunki bunda darhol tarkibida kam olefin saqlovchi turg'un benzin hosil boiadi. Parafin uglevodorodlar katalizator sirtida parchalanadi va izomerlanadilar. Demak, katalizatorda krekinglashning muhim o'ziga xos tomoni shundaki, bunda tarkibida oktan sonini 98 gacha yetkazuvchi tarmoqlangan zanjirli to'yingan uglevodorodlar hamda aromatik uglevodorodlar saqlovchi yengil mator yoqilg'isi - benzin olinadi. Kreking jarayonida alumosilikatli katalizatorning sirtida qattiq koks o'tirib qolish sababli uning aktivligi tezda pasayadi. Katalizator aktivligini qayta tiklash uchun unga 550-600°C da havo purkash orqali regineratsiyalaydilar. Katalizator sirtini koplab olgan koksning yonishi natijasida bir tomondan katalizator qaysi aktiv holga o'tsa (regineratsiyalansa) ikkinchi tomondan u qiziydi va regeneratordan reaktorga issiqlik olib o'tish vazifasini ham bajaradi. Sanoatda katalitik kreking katalizator qavatining holati bilan farq qiluvchi uch tipdagi qurilmalarda amalga oshiriladi: zarrachalari muallaq osilib turuvchi katalizator qavati yoki qaynovchi qavatli va kukunsimon katolizatorning muallaq zarrachalari oqimi tipida ishlashi bilan ular bir-biridan farq qiladi. Katalitik kreking 0,05-0,1 MPa bosimda 450-500°C da bug' fazada alyumosilikatli katalizator ishtirokida amalga oshiriladi. Xomashyo quvursimon pechda 350—360°C gacha qizdiriladi va reaktorga boradi. Reaktorga regeneratordan 550— 600°C haroratgacha qizigan katalizator ham kelib tushadi. Katalizator zarrachalari og'irlik kuchi hisobiga reaktorning yuqorisidan pastigacha tushadi, xomashyoni krekingga uchratadi hamda reaktorda o'z issiqligini o'tkazishi hisobiga haroratni 450—500°C da saqlab turadi. Katalizator regeneratorga borishdan oldin sirtidagi yengil uglevorodlarni desorbsiyalanishini kuchaytirish uchun bug' bilan ishlov beriladi. Kreking mahsulotlari reaktordan chiqib, gaz va benzin fraksiyalarini bir-biridan ajratish uchun rektifikatsiya kolonnasiga yuboriladi. Regeneratorga havo puflagich yordamida katalizator sirtiga yopishib qolgan koksni yonish uchun to'xtovsiz havo berilib turiladi. Regeneratorda hosil bo'lgan tutun gazlari bug' olish maqsadida utilizator qozoniga yuboriladi. Regeneratsiyalagan katalizator siqilgan havo yordamida tushuvchi qurilmaga tushadi, u yerdan havo puflagichdan siqilgan havo yordamida quvur orqali regeneratorga o'tadi. Regeneratordan yana reaktorga boradi. Katalitik kreking natijasida oktan soni 76—82 bo'lgan 70% unum bilan benzin, 12-15% bir atomdan to'rt atomgacha uglerod saqlovchi gazlar va 6% gacha koks olinadi. Sanoatda qaynovchi qavatli katalizatori bo'lgan katalitik tipidagi qurilma keng tarqalgan. Katalizator sifatida siyrak yer elementlari bilan aktivlangan alumosilikatlardan (seolitlar) foydalaniladi. Katalizatorni qo'llash energetik xarajatlarni kamaytirishga, qurilmalarning mahsuldorligini oshirishga, benzinning sifatini va miqdorini oshirishga imkon beradi. Keyingi yillarda gidrokreking keng qo'llanilmoqda. Bu 6 MPa bosimda 360-450°C da alumosilikatlarga qo'yilgan metall (Ni, W, Co, Mo) katalizatorlarda amalga oshiriladi. Katalitik riforming — oktan soni yuqori boigan benzin yoki individual aromatik birikmalar olish maqsadida oktan soni kichik bo'lgan benzin va ligroinni vodorodli muhitida qayta ishlash jarayonidir. Reformingda katalizator tasirida bir vaqtning o'zida quyidagi: olti a'zoli naftenlarning degidrogenlanishi, parafinlarning digidrogenlanib xalqali birikmalarga aylanishi, besh a'zoli naftenlarning olti a'zoli birikmalarga degigrogenlanib izomerlanishi, parafin uglevorodlarning gidrokrekingni va izomerlanishi reaksiyalari boradi. Kobalt va molibdenli katalizatorlar neft mahsulotlarining S li birikmalarini gidrogenlanib H2S hosil qilinishiga olib keladi. Bu hol S li (S li birikmalari ko'p bo'lgan) neftlarni qayta ishlash imkoniyatini beradi. Reforming ikki tipga - platforming va gidroformingga bo'linadi. Platforming ftorlangan aluminiy oksidiga joylashtirilgan platina katalizatorda 480-510°C harorat va 2-4 MPa vodorod bosimida olib boriladi. Gidroforming alyumolibdenli katalizator qavatda 1,7-1,9 MPa gaz bosimida amalga oshiriladi. Neft mahsulotlarini tozalash. Haydash yo'li bilan va krekinglash orqali neft mahsulotlari tarkibida olifinlar, diolifinlar, oltingugurtli kislorodli va azotli birikmalar saqlaydi. Ular kimyoviy aktiv moddalar bo'lganligidan saqlash vaqtida oksidlanadilar va polimerlanadilar. eft mahsulotlarini tozalashning usullari kimyoviy va fizik-kimyoviyga bo'linadi. Kimyoviy tozalash usullariga: gidrotozalash va sulfat kislota bilan tozalashlar kiradi. Fizik-kimyoviyga adsorbsion va absorbsion tozalash usullari kiradi. Sulfat kislota bilan tozalash usuli katta miqdorda o'yuvchi reagentlar talab qiladi va bundan foydalanish qiyin bo'lgan chiqindilar hosil bo'ladi. Shuning uchun hozirgi davrda gidro- tozalash usuli keng tarqalgan. Bu usul oltingugurtli neftdan neft mahsulotlarini olish imkonini beradi. Bu usul 380-420°C va 3-4 MPa bosimda neft mahsulotlarini kobalt-molibdenli katalizatorlar ishtirokida selektiv (tanlab) gidrogenlashga asoslangan. Natijada oltingugurt, kislorod va azotning organik birikmalaridan: uglevorodlar hamda ajralib chiqishi oson bo'lgan H2S, NH3 va H2O hosil bo'ladi. Shu bilan bir qatorda diyenlarning va aktiv olefinlarning gidrogenlanib to'yingan uglevodorodlar hosil qilish jarayoni ham boradi. Gidrotozalashda reforming natijasida olinadigan arzon vodoroddan foydalaniladi. Adsorbsion usullar. Bunda neft mahsulotlari adsorbentlar-tabiiy tuproq, boksit, silikagel kabilar aralashtiriladi, qaysiki, ularning yuzasiga birinchi navbatda oltingugurt, azot va kislorod saqlovchi birikmalar hamda diolifinlar adsorblanadi. Absorbsion usullari kerosin va moylarning zararli aralashmalarini ular bilan aralashmaydigan suyuqliklarda tanlab erib o'tish xossasiga asoslangan. Shunday suyuqlik sifatida suyuq oltingugurt (IV)- oksidi, furforol, nitrobenzol, dixlor etil efiri va boshqalar qo'yiladi. Erituvchilar yo'li bilan regeneratsiyalanadi. azsimon yoqilg'ilar. Yonuvchi gazlarga: tabiiy va yo'lovchi gazlar, neftni qayta ishlashdan hosil bo'lgan gazlar (kreking, reforming, piroliz gazlari), generator gazlari koks va domna gazlari kiradi. Ular yoqilg'i sifatida hamda kino sanoatining xomashyosi sifatida foydalaniladi. 1940- yillargacha dunyoda xalq xo'jaligining gazga bo'lgan talabi qattiq yoqilg'ilarni qayta ishlashdan hosil bo'lgan sintetik gaz hisobiga qondirilib kelingan bo'lsa, hozirgi davrda esa asosan tabiiy va neft gazlari hisobiga qondirilmoqda. Tabiiy gaz tarkibida qo'shimcha sifatida ozroq noorganik gazlar (vodorod sulfid, uglerod (IV) oksidi, azot, geliy va boshqalar) aralashmasini saqlovchi metan qatoridagi gazsimon uglevodorodlar aralashmasidan iboratdir. Tarkibida neft bo'lmagan yer ostida to’plangan gazlarni tabiiy gaz, uning konlarini gaz konlari deyiladi. Neft olganda u bilan aralashib chiqadigan gazlarni yo’ldosh (yo'lovchi) yoki neft gazlari deyiladi. Tabiiy gaz asosan metandan tashkil topgan, neft gazlari esa metandan tashqari anchagina uning gomologlarini (C2 dan to C3 gacha) saqlaydi. Gaz kondensati konlari ham uchraydi. (Tabiiy gaz konlaridan gaz chiqqanda bosim kamayib undan suyuq uglevodorodlar kondensat ham ajralib chiqadi). Bu yer ostida qanchalik chuqurlikda joylashgan bo'lsa, uning tarkibida kondensat miqdori ham shunchalik ko'p bo'ladi. Ba’zi gaz konlari gazning tarkibi jadvalda berilgan. Tabiiy gazning tarkibi Gaz nomi Tarkibi va ularning ulushi, % (hajm bo'yicha) Gaz sanoatining jadal sur'atlar bilan rivojlanishi gazning ajoyib yoqilg'i ekanligi bilan bog'liq. U yonganda to'liq yonadi, tutun va zaharli moddalar hamda kul hosil qilmaydi, tashish (o'zi oqib borganligi sababli) qulay va iqtisodiy jihatdan arzon, siqilgan va suyultirilgan holda saqlash mumkin, qazib olish ancha arzon (shartli yoqilg'i birligiga aylantirib hisoblanganda ko'mir qiymatining 10% ni tashkil etadi). Mamalakatda ishlatiladigan jami gazning 55% sanoatga sarflanadi, 26 % elektr stansiyalarda yoqiladi, 15 % turmush ehtiyojlari uchun va 4% xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida sarflanadi. Hozirgi kunda po'latning 90%, cho'yannning 85 %, sementning 60 % va o'g'itning 85 % gazdan foydalanib ishlab chiqarilmoqda. Tabiiy gazning barcha tarkibiy qismlardan kimyo sanoatida keng foydalaniladi. Ayniqsa, neft kimyo sanoati uchun neftni qayta ishlashdan hosil bo'lgan to'yinmagan uglevodorodlar saqlovchi gazlar muhim xomashyodir. Neftni qayta ishlash natijasida qayta ishlash usullariga qarab hosil bo'lgan gazlarning tarkibi (o'rtacha) bo’ladi. (jadvalda berilgan). Neftni qayta ishlash natijasida hosil bo'lgan gazlar tarkibi (o'rtacha) Neftni qayta ishlash usullari Gaz quduqlarini qazish neft qazishdan amalda farq qilmaydi. Respublikamizda sanoat miqyosida gaz qazib olish asosan 1965-yillardan keyin boshlandi. Foydalaniladigan yirik gaz konlari Buxorodagi-Gazli, Qorovulbozor, Dengizko'l, Jarqoq, Qashqadaryoda - Sho'rtan, Zevarda, Shimoliy va Janubiy Muborak, O'rtabuloq, Pomir, Qoraqum, Qultoq, Apan va boshqalar, jami 30 dan ortiq. O'zbekiston 1976- yilga kelib 36,1 mlrd m3 gaz ishlab chiqardi. Bu Bolgariya, Chexiya va Slovakiya, Angliyada ishlab chiqaradigan gazlarning hammasini qo'shib hisoblagandagi miqdordan ham ortiqdir. Hozirgi paytda respublikamizda Yaponiya, Fransiya, Angliya kabi rivojlangan mamlakatlarni qo'shib hisoblaganda ham ulardan ko'proq gaz ishlab chiqarilmoqda. 2.4..NEFT ALKANLARI, ULARNING OLINISHI VA ISHLATILISHINI O’RGANISH Ko`pincha neft o`z tarkibida to`yingan uglevodorodlar (alkanlar, metan uglevodorodlari yoki parafin uglevodorodlar deb ham ataladi), sikloalkanlar (naften uglevodorodlar) va aromatik uglevodorodlar (arenlar) ni saqlaydi. Neft qaysi kondan qazib chiqarilganligiga qarab tarkibi turlicha bo`ladi. Masalan, Volgograd oblastidagi va Farg`ona vodiysidagi neftlar. Ayrim hollarda 1 regiondan qazib olingan 2 xil neft o`zaro keskin farq qilishi mumkin. CnH2n+2qatoridagi uglevodorodlar hamma neft tarkibida mavjud bo`lib, uning fraksiyalarining asosiy tarkibiga kiradi. Metan uglevodorodlar fraksiyalarga bir tekis taqsimlanmaydi. Ular asosan neft gazlari va benzin, kerosin fraksiyalarida konsentrlangan bo`ladi. Moy fraksiyalarida esa ularning miqdori keskin kamayadi. Ayrim neftlarning yuqori fraksiyalarida amalda parafinlar bo`lmaydi. Gaz holatidagi parafin uglevodorodlar. C1-C4 uglevodorodlar: metan, etan, propan, butan, izobutan, hamda 2,2 - dimetilpropan (C5H12) - neopentan normal sharoitda gaz holida bo`ladi. Bularning hammasi tabiiy va neft gazlari tarkibiga kiradi. Gaz konlari uch xil tipda bo`lishi mumkin. 1.Toza gaz konlari 2.Gaz kondensati konlari 3.Neft konlari Birinchi tipdagi gaz konlari tabiiy gaz konlari deb atalib, asosan metandan tashkil topgan bo`ladi. Metanga qo`shimcha sifatida oz miqdorda etan, propan, butan, pentanning bug`lari hamda nouglevodorod birikmalar: CO2 ,N2 va ayrim hollarda H2S bo`lishi mumkin. Respublikamizning Sho`rtan gaz konidagi xom gazning tarkibi quyidagicha (mol.% da): Sho`rtan gaz koni xom gazining tarkibi (% mol.) Gazning tarkibida metan juda ko`pchilikni tashkil qilsa, bunday gaz "quruq gaz" deyiladi. Gaz kondensati konlaridan chiqadigan gaz, odatdagi gazdan farq qilib, metandan tashqari ko`p miqdorda (2-5% va undan ortiq) C5 va undan yuqori gomologlari mavjud bo`ladi. Gaz qazib olinayotganda bosimning tushishi oqibatida ular kondensatga (suyuqlikka) aylanadilar. Gaz kondensati konlaridan ajralib chiqqan gazning tarkibi, kondensatlar ajratib olingandan keyin, "quruq gaz" tarkibiga yaqin bo`ladi. Neft konlaridan ajratib olinadigan gazlar yo`ldosh neft gazlari deyiladi. Ushbu gazlar neftda erigan bo`ladi va ular kondan chiqarib olingandan so`ng ajralib qoladi. Yo`ldosh neft gazlari tarkibi "quruq gazlar" dan keskin farq qilib etan, propan, butanlar va yuqori uglevodorodlar ham bo`ladi. Suyuq parafin uglevodorodlar. C5 - C15 uglevodorodlar normal sharoitda suyuq holatda bo`ladi. O`z qaynash haroratlari bo`yicha pentan, geksan, geptan, oktan, nonan, dekan va ularning ko`pchilik izomerlari neftni haydashda ajratib olinadigan benzin distillatlari tarkibiga kiradi. Odatda tarmoqlangan zanjirli uglevodorodlarning qaynash harorati mos ravishdagi normal parafinlarnikidan past bo`ladi. Neft fraksiyalarida alkanlar miqdori turlicha bo`lib, dunyo neftlari bo`yicha o`rtacha ko`rsatkichi quyidagicha: Parafin uglevodorodlarning neftdagi miqdori turlicha bo`ladi, rangsiz fraksiyalarda ularning miqdori 10-70 % bo`lishi mumkin. Metan uglevodorodlari kimyoviy nuqtai nazardan nisbatan yuqori mustahkamlikka egadir (oddiy haroratda ko`pchilik kuchli ta'sir qiluvchi reagentlar ta'siri uchun). Ular oksidlanmaydilar, sulfat va nitrat kislota bilan reaksiyalarga kirishmaydilar. Ularning xlor va boshqa galogenlar bilan reaksiyaga kirishish qobiliyatlari ma'lum. Maxsus sharoitlarda (4000C, ko`p miqdorda metan) metandan metilxlorid, metilenxlorid, xloroform va to`rt xlor uglerodlar hosil bo`ladi. Yuqori harorat hamda maxsus katalizatorlar ishtirokida parafin uglevodorodlar Konovalov reaksiyasiga (nitrolash reaksiyasi), to`yinmagan uglevodorodlar bilan alkillash reaksiyalariga, oksidlash reaksiyalariga kirishishi mumkin. Hamma ushbu reaksiyalar sanoat ahamiyatiga ega. Yuqori haroratlarda alkanlar termik parchalanadi. Qattiq parafin uglevodorodlar. C16 va undan yuqori parafin uglevodorodlar normal sharoitda qattiq holatda bo`ladi. Geksadekan (C16N34) 18,10C da eriydi, texnik nomi setan. Qattiq parafinlar hamma neft tarkibida mavjud bo`lib, odatda kam miqdorda (0,1-5 %), parafinli neftlarda esa 7-12 % gacha bo`lishi mumkin. Qattiq parafinlar neft tarkibida erigan holda yoki muallaq kristall holatda bo`ladi. Nisbatan quyi parafin uglevodorodlarni (chiziqli strukturali) parafinlar deyiladi. Yuqori molekulyar qattiq parafin uglevodorodlarni esa serezinlar deyiladi. Sanoatda turli moylar va yoqilg`ilar tarkibidagi parafin uglevodorodlar deparafinlash jarayonida ajratib olinadi. Uglevodorod gazlarini suv bilan hosil qilgan klatrat birikmalari. Gazli gidratlar yoki suvli klatratlar ilgaridan ma'lum. 1811-yilda Devi xlorning gazli gidratini ochgan. Biroz keyinroq uglevodorod gazlarning suv bilan klatrat birikmalari izlanishlari o`tkazilgan. Gazli klatratlar nostexiometrik qo`shma birikma bo`lib, umumiy formulasi MnH2O M – gidrat hosil qiluvchi molekula n – 5,67 dan katta yoki teng. Tashqi ko`rinishi bo`yicha qattiq kristall modda bo`lib, qor yoki g`ovak muzni eslatadi. Biroq gazli gidratning kristallik panjarasi muznikidan 00C dan yuqori haroratda stabilligi bilan va ma'lum o`lchamdagi ichki yo`lakchalari bilan farqlanadi. Ushbu yo`lakchalar (g`ovakliklar) va uning o`lchamlari turli birikma molekulalari o`lchamlari uchun to`g`ri keladi. Xususan metan, etan, propan, izobutan, etilen, propilen, atsetilenlar uchun. Gazli gidratlarning tuzilishi 1940-50 – yillardagi Shtakelberg izlanishlari natijasida aniqlangan. Gidrat hosil qiluvchi ishtirokida o`zaro vodorod bog`lari bilan bog`langan suv molekulalari ikki xil tipdagi kristallik panjara hosil qilishi mumkin: 1 – tip tarkibiga elementar yacheykasi 46 suv molekulalaridan tashkil topgan o`rtacha diametri 0,52 nanometr bo`lgan dodekaedr formali 2 kichik yo`lkadan va (o`rtacha diametri 0,59 nanometr) 6 tetradekaedr formali katta yo`lkadan iborat bo`ladi. 2 – tip tarkibining elementar yacheykasi 136 suv molekulalaridan iborat bo`lib, 16 kichik diametri 0,48 nanometr va 8 katta diametri 0,68 nanometr yo`lkalardan tarkib topgandir. Agarda "mehmon" molekulasining maksimal o`lchami 0,48 nm dan kam bo`lsa, ikkinchi tip kristallik struktura hamma yo`lkalari to`lib ketishi mumkin. Ushbu hol gaz gidratlarining umumiy formulasidagi n ning qiymati minimal qiymat 5,67 ga teng deb qabul qilinadi. Metan va C2– uglevodorodlar birinchi tip tuzilishli gazli gidrat hosil qiladi. Propilen va izobutanlar M17 H2O tarkibli gidratlar hosil qiladi va 2 – tip tarkibining faqat katta g`ovaklarini to`ldiradi. Butan va yuqori gomologlar molekulalarining o`lchami 0,69 nm dan ortiq bo`lgani uchun ular gidrat hosil qilishi jarayonida qatnashmaydilar. Turli birikmalar molekulasi gidrat hosil qilishda ishtirok etishi va aralash gaz gidratlarini vujudga keltirishi mumkin. Gidratlar hosil bo`lishi bilan quvur va apparaturalar to`lib boradi. Ushbu holat neft qazib chiqarish, gaz va neftkimyo sanoatida va ularning turli jarayonlarida sodir bo`lishi mumkin. Gidrat hosil bo`lishining oldini olish uchun va hosil bo`lgan gidrat to`siqlarini yo`qotish uchun quyidagi usullarni ishlatish mumkin: 1. Haroratni ko`tarish (gazni issiq suv yoki bug` bilan qizdirish). 2. Bosimni pasaytirish. 3. Gaz tarkibidagi suv miqdorini quritish, muzlatish yoki maxsus qo`shimchalar (glikollar, spirtlar) qo`llab suv bug`ining parsial bosimini pasaytirish. Dengiz yoki okean suvini chuchuklashtirishda gazli gidratlardan foydalanish taklif qilingan. Masalan, dengiz suvi bilan suyuq propan aralashtirilsa, gidratlar hosil bo`ladi, suvda erigan tuzlar esa gidrat panjarasiga kirolmay qoladi. Gidrat holida tabiiy hamda inert gazlarni saqlash – gazli gidratlarni boshqacha qo`llash imkoniyatlarini ham ko`rsatadi. Alkanlarning asosiy reaksiyalari. Alkanlarning yetarli inertligi organik kimyo kursida o`tilgan. Bu yerda biz faqat neft texnologiyasida ishlatiladigan xossa, reaksiyalarni o`rganib chiqamiz. Bular – oksidlanish, termik va termokatalitik o`zgarishlar. Oksidlash. Alkanlar yuqori bo`lmagan haroratlarda (105-1400C) K, Mn katalizatorlarini qo`llab, suyuq fazada sintetik yog` kislotalari aralashmasiga aylantiriladi. Ushbu kislotalardan tashqari suvda eruvchi quyi monokarbon, keto – va dikarbon kislotalar hamda gidroksid kislotalar hosil bo`ladi. Parafinlarni oksidlash orqali oliy yog` spirtlari olish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Katalizator sifatida bor (B) birikmalari ishlatiladi. Yuqoriroq haroratda gaz fazada alkanlarni kislorod saqlovchi birikmalar – aldegidlar, ketonlar va kislotalar aralashmasiga aylantirish mumkin. Suv bug`i bilan konversiyalash. Yuqori haroratda metan suv bug`i bilan reaksiyaga kirishadi: СН4+ Н2О->СО2+ 3Н2 – Q. Hosil bo`lgan gaz sintez – gaz deb ataladi. Sintez – gaz (CO + nН2) olish reaksiyasi endotermik bo`lib, reaksiyani amalga oshirish uchun kerak bo`lgan issiqlik – metanning bir qismini yoqish natijasida hosil qilinadi: СН4+ О2->СО2 + 2Н2О + Q Eslatma: Sintez - gaz ko`mirni yer ostida gazоfikatsiyalash yo`li bilan ham olinadi: С + О2 ->СО2+ Q; C + H2О -> СО + 2Н2 Hosil bo`lgan sintez - gazlar aralashmasi metil spirti olishga, vodorod olishga va gidroformillash reaksiyasi orqali sun'iy benzin olishga va boshqa moddalar olishga ishlatiladi. Alkanlarning krekingi. 10000C dan yuqorida barcha to’yingan uglevodorodlar uglerod va vodorodga parchalanadi. Bu jarayon arzon vodorod va gaz qurumi (koks) olish usuli sifatida foydalaniladi. Metan barcha boshqa to’yingan uglevodorodlarga qaraganada qizdirishga bardoshli. U faqat 8000C da sezilarli parchalanadi. Metan parchalanishining asosiy mahsuloti atsetilen bo’lib, maxsus sharoitda yaxshi unum bilan hosil bo’ladi. Asetilen bilan bir vaqtda etilen va vodorod ham hosil qiladi: 4CH4 + C1H2 ->C2H4 + 5H2 Metanni termik parchalab atsetilen olish, atsetilen olinishining eng arzon sanoat usulidir. Тo’yingan uglevodorodlarning dastlabki parchalanish temperaturasi ularning molekulyar og’irligi va molekulasining tuzilishiga bog’liq. Murakkab uglevodorodlarning termik parchalanishi sharoitga qarab turlicha boradi. Zanjir qancha uzun va tarmoqlangan bo’lsa, termik parchalanish shuncha oson boradi. Maslalan, propan va butanni bir xil darajada parchalanishiga propanni 700–8000C da, butanni esa 650–7000C da qizdirish bilan erishiladi. Keyingi gomologlarni parchalanishi yanada pastroq temperaturada boshlanadi. Uglevodorodlarni termik parchalanishida sodir bo’ladigan kimyoviy reaksiyalar kreking (inglizcha to crock so’zidan kelib chiqqan bo’lib, parchalanish demakdir) deb ataladi. Krekingning asosiy jarayonlari uglevodorodlarni degidrogenlanishi va uglerod zanjirini uzilishi bilan boradi. Bir vaqtning o’zida izomerlanish va halqalanish reaksiyalari ham sodir bo’ladi. Kreking jarayoni 450–5000C atrofida olib boriladi. Bunda uglevodorodlarning parchalanishidan turli xil to’yingan va to’yinmagan uglevodorodlar aralashmasi hosil bo’ladi. Bu uglevodorodlarning tarkibi va tuzilishi termik ta’sir sharoitiga (temperatura, bosim va qizdirish muddatiga) bog’liq. Kreking mahsulotlari kimyo sanoatida muhim xom ashyo sanaladi. Shu sababdan uglevodorodlarni krekinglash usuli texnikada keng ishlatiladi. Neftni oddiy usul bilan haydash orqali undan 25% gacha benzin olinadi. Benzin miqdorini oshirish uchun neft krekinglanadi, ya’ni uning yuqori temperaturada qaynaydigan fraksiyalari (kerosin, solyar moylari, mazut) quyi temperaturada qaynaydigan benzin fraksiyasiga aylantiriladi. Bunda uglerodni uzun zanjirlari uzilib, tarkibda uglerod atomlarining soni C5 dan C9 gacha bo’lgan to’yingan, to’yinmagan va siklik uglevodorodlar aralashmasi hosil bo’ladi. Neftni krekinglash katalizatorlar ishtirokida yoki ularning ishtirokisiz olib boriladi. Neftni katalizatorlar ishtirokida krekinglash katalitik kreking, katalizatorlarsiz krekinglash esa termik kreking deb ataladi Katalitik kreking 400–5000C va 1,5–2 atm bosimida kislotali katalizatorlar (alyumosilikatlar, tabiiy gillar, AlCl3, MoS3, Cr2O3va bosh.) ishtirokida boradi. Neftni krekinglash orqali undagi benzin miqdorini 80% gacha oshirish mumkin. Hozirgi vaqtda dunyo miqyosida ishlab chiqarilayotgan benzinning yarmidan ko’prog’i krekinglash usuli bilan olinadi. Reaksiya doirasiga katalizatorlar kiritish bilan kreking yo’nalishini kuchli o’zgartirish mumkin. Masalan, to’yingan uglevodorodlar gomologik qatorining yuqori a’zolari qizdirilganda asosan n–tuzilishidagi quyi molekulyar to’yingan va to’yinmagan uglevodorodlar hosil bo’ladi. Agar krekingni katalizator alyuminiy xlorid ishtirokida olib borilsa, izomerlanish jarayoni ketadi, platina ishtirokida esa, aromatik uglevodorodlar hosil bo’ladi. Binobarin, neftni katalitik krekinglash orqali nafaqat undagi benzin miqdorini oshiriladi, shuningdek, uning sifati yaxshilanadi. Kreking jarayoni mexanizmi ancha murakkab. Reaksiyaning birinchi mahsuloti erkin radikallardir. Keyinchalik ular o’zaro va boshqa molekulalar bilan ta’sirlashadi. Misol uchun, R – CH2– CH3 uglevodorodni parchalanishini ko’radigan bo’lsak, unda dastlab – CH3 gruppadan vodorod ajralib chiqadi. Bu jarayon vaqtida hosil bo’lgan oraliq mahsulot turli o’zgarishlarga uchrashi mumkin, masalan: Radikallarni birikishi: Qayta guruhlanish (disproporsiyalanish): Shunday qilib, bu jarayonda parchalanishdan tashqari, sintez reaksiyasi ham ketadi. Alkanlarning termik parchalanishi radikal zanjir mexanizmi bo`yicha ketadi. Odatda neftni qayta ishlashda parafinlarni katalitik degidrirlash hamda neftdan to`g`ridan-to`g`ri haydab olingan distillatlar bug` fazada kreking jarayoni orqali alkenlarga aylantiriladi. Bundan tashqari benzinlarning oktan sonini ohirish uchun butan, pentan va geksanlar izomerizatsiya qilinadi. Nitrolash. Konsentrlangan nitrat kislota alkanlarga past haroratda ta’sir etmaydi. Yuqori haroratda esa ularni oksidlab yuboradi. Alkanlarni nitrolash suyultirilgan (13-40% li) nitrat kislota bilan yuqori haroratda (175-5500C) olib boriladi (Konovalov M.I. reaksiyasi). Alkanlarni suyuq fazada ham nitrolash mumkin. Lekin bunda nitrobirikmalarni hosil bo’lish miqdori juda kam bo’ladi. Reaksiya uchlamchi uglerod atomlari tutgan uglevodorodlar bilangina yaxshi natija beradi. Bug’ fazada nitrolanganda reaksiyani o’tkazish harorati uglevodorodning tuzilishiga bog’liq bo’ladi. Uchlamchi uglerod atomi tutgan uglevodorodlar past haroratda, birlamchi uglerod atomi tutgan uglevodorodlar yuqori haroratda nitrolanadi. Nitrolash jarayonida nitrolovchi agent sifatida azot kislotasi o’rniga azot oksidlaridan ham foydalanish mumkin. Nitrolash reaksiyasi radikal-zanjirli mexanizm bilan boradi. Neftni birlamchi qayta ishlash. Referat Neft va uni qayta ishlash usullari Neftni qayta ishlash bosqichlari Bugungi kunda uglevodorodlarning asosiy tabiiy manbai neft hisoblanadi. Birinchi neftni qayta ishlash zavodlari aynan ishlab chiqarish joylarida qurilgan, ammo transport vositalarini texnik modernizatsiya qilish neftni qayta ishlashni neft qazib olishdan ajratishga sabab bo'ldi. Neftni qayta ishlash markazlari ishlab chiqarish maydonlaridan uzoqda, neft mahsulotlarini ommaviy iste'mol qilinadigan hududlarda yoki neft quvurlari bo'ylab tobora ko'proq qurilmoqda. Neftni qayta ishlash jarayoni Neftni qayta ishlash uchta asosiy bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda neft xom ashyosi qaynash nuqtasi oralig'ida farq qiluvchi fraktsiyalarga bo'linadi (birlamchi qayta ishlash) Olingan fraksiyalarni keyingi qayta ishlash ular tarkibidagi uglevodorodlarni kimyoviy transformatsiyalar yordamida sotiladigan neft mahsulotlari (ikkilamchi qayta ishlash) komponentlarini hosil qilish orqali amalga oshiriladi. oxirgi bosqichda komponentlar, agar kerak bo'lsa, har xil qo'shimchalar qo'shilishi bilan, belgilangan sifat ko'rsatkichlari (tijorat ishlab chiqarish) bilan tovar neft mahsulotlarini shakllantirish bilan aralashtiriladi. Neftni qayta ishlash zavodlarida motor va qozon yoqilgʻisi, suyultirilgan gazlar, neft-kimyo korxonalari uchun har xil turdagi xom ashyo, shuningdek, moylash, gidravlik va boshqa moylar, bitum, neft koksi, parafinlar ishlab chiqariladi. Amaldagi neftni qayta ishlash texnologiyasi asosida neftni qayta ishlash korxonalari 5 dan 40 nomgacha bo'lgan tovar neft mahsulotlari ishlab chiqaradi. Neftni qayta ishlash uzluksiz jarayon bo'lib, hozirgi sharoitda kapital ta'mirlash o'rtasidagi ishlash muddati taxminan 3 yilga etadi. Neftni birlamchi qayta ishlash Birlamchi qayta ishlash jarayonlari neftdagi kimyoviy o'zgarishlarni anglatmaydi va uning fraktsiyalarga fizik ajralishini anglatadi. Rossiya hududida qayta ishlangan xom neftning asosiy hajmi neftni qayta ishlash zavodlariga ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan magistral neft quvurlari orqali keltiriladi. Kichik hajmdagi neft temir yo'l orqali keltiriladi. Dengizga chiqish imkoniyati bo'lgan neft import qiluvchi mamlakatlarda portni qayta ishlash zavodlariga etkazib berish suv orqali amalga oshiriladi. Xom neftda texnologik asbob-uskunalarni tez korroziyaga olib keladigan tuzlar mavjud. Tuzlarni olib tashlash uchun moy suv bilan aralashtiriladi, unda bu tuzlar eriydi. Bundan tashqari, moy ELOU - elektr tuzsizlantirish apparatiga beriladi. Tuzsizlantirish jarayoni elektr dehidratorlarda amalga oshiriladi. Yuqori kuchlanishli oqim sharoitida (25 kV dan ortiq) suv va moy aralashmasi (emulsiya) yo'q qilinadi, buning natijasida suv apparatning pastki qismida to'planadi va chiqariladi. Bularning barchasi 100 dan 120 ° S gacha bo'lgan haroratda sodir bo'ladi. Tuzlar olib tashlanadigan neft ELOU dan atmosfera vakuumli distillash apparatiga beriladi, bu Rossiya neftni qayta ishlash zavodlarida AVT deb ataladi - atmosfera vakuumli quvurli. AWT jarayoni ikki blokga bo'linadi - atmosfera va vakuum distillash. Atmosferani distillashning vazifasi engil neft fraktsiyalarini - benzin, kerosin va dizelni tanlashdan iborat bo'lib, ular 360 ° S gacha qaynatiladi. Ularning potentsial ishlab chiqarish hajmi neft uchun 45-60% ga etadi. Atmosfera distillashining qoldig'i mazut hisoblanadi. Pechda isitiladigan moy distillash ustunida alohida fraktsiyalarga bo'linadi, uning ichida aloqa moslamalari (plitalar) mavjud. Bu plitalar orqali bug'lar ko'tariladi va suyuqlik pastga tushadi. Bu jarayon natijasida benzin fraksiyasi ustunning yuqori qismidagi bug‘lar shaklida chiqariladi, kerosin va dizel fraksiyalarining bug‘lari esa kolonkaning boshqa qismlarida kondensatga aylanadi va olib tashlanadi, mazut esa yo‘qoladi. uning holatini o'zgartiradi va ustunning pastki qismidan suyuqlik shaklida pompalanadi. Vakuumli distillashning vazifasi yoqilg'i-mazut profilini qayta ishlash zavodida mazutdan neft distillatlarini, shuningdek yoqilg'i profilini qayta ishlash zavodida keng neft fraktsiyasini (vakuum gazoyli) tanlashdir. Vakuumli distillash oxirida smola qoladi. Neft fraktsiyalarini vakuum ostida olish kerak, chunki taxminan 400 ° S haroratda uglevodorodlar termal parchalanish (kreking) ga uchraydi va vakuumli gazoyli qaynatishning oxiri 520 ° S ni tashkil qiladi. Shu sababli distillash 40-60 mm Hg qoldiq bosim sharoitida amalga oshiriladi. Art., natijada apparatdagi maksimal harorat 360-380 ° S gacha kamayadi. Atmosfera blokida olingan benzin fraktsiyasi sifat talablaridan oshib ketadigan hajmdagi gazlarni (asosan propan va butan) o'z ichiga oladi va ularni avtomobil benzinining tarkibiy qismi sifatida ham, to'g'ridan-to'g'ri tijorat benzini sifatida ham ishlatish mumkin emas. Bundan tashqari, benzinning oktan sonini oshirishga va aromatik uglevodorodlarni ishlab chiqarishga qaratilgan neftni qayta ishlash xom ashyo sifatida tor benzin fraktsiyalaridan foydalanishni o'z ichiga oladi. Shuning uchun neftni qayta ishlash jarayoniga benzin fraktsiyasidan suyultirilgan gazlarni distillashni kiritish kerak. Birlamchi neftni qayta ishlash mahsulotlari issiqlik almashtirgichlarda sovutilishi kerak, ular qayta ishlash uchun etkazib beriladigan sovuq xom ashyoga issiqlik beradi, buning natijasida texnologik yoqilg'i tejaladi. Birlamchi qayta ishlash uchun yuqori texnologiyali qurilmalar ko'pincha birlashtiriladi va yuqoridagi jarayonlarni turli xil konfiguratsiyalarda amalga oshirishi mumkin. Bunday qurilmalarning quvvati yiliga 3 million tonnadan 6 million tonnagacha xom neftga etadi. Neftni qayta ishlash Neftni qayta ishlashning ikkilamchi usullari ishlab chiqarilgan motor yoqilg'isi miqdorini oshirishga qaratilgan bunday tartiblarni o'z ichiga oladi. Bunday jarayonlar jarayonida neftning bir qismi bo'lgan uglevodorod molekulalarining kimyoviy modifikatsiyasi, ko'pincha, ularning oksidlanish uchun qulayroq shakllarga aylanishi bilan amalga oshiriladi. Barcha ikkilamchi jarayonlar uchta toifaga bo'linadi: chuqurlashtirish: har xil turdagi kreking, visbreaking, kechiktirilgan kokslash, bitum ishlab chiqarish va boshqalar. tozalash: reforming, gidrotozalash, izomerlash boshqalar, masalan, neft ishlab chiqarish, MTBE, alkillanish, aromatik moddalar ishlab chiqarish. Yoriq Bunday yorilish turlari mavjud: issiqlik katalitik gidrokreking. Avtomobil benzinlarida 4-12 atomli uglevodorodlar, dizel yoqilg‘isi tarkibida 12-25 atomli uglevodorodlar, neftda 25-70 atomli uglevodorodlar mavjud. Atomlar soni ortishi bilan molekulalarning massasi ham ortadi. Krekking og'ir molekulalarni engilroq molekulalarga parchalaydi va ularni past qaynaydigan uglevodorodlarga aylantiradi. Bu holda benzin, kerosin va dizel fraktsiyalari hosil bo'ladi. Termik krekingda quyidagilar mavjud: bug 'fazasi yorilishi, bunda neft 520-550 ° S gacha qizdiriladi va bosim 2-6 atm. Bugungi kunga kelib, bu usul eskirgan va qo'llanilmaydi, chunki u past mahsuldorlik va yakuniy mahsulotda to'yinmagan uglevodorodlarning yuqori miqdori (40% gacha) bilan tavsiflanadi. suyuq fazali yorilish 480-500 ° S haroratda va 20-50 atm bosimda amalga oshiriladi. Hosildorlik darajasi oshadi, to`yinmagan uglevodorodlar hajmi (25-30%) kamayadi. Termik kreking orqali olingan benzin fraktsiyalari tijorat motorli benzinning tarkibiy qismi sifatida ishlatiladi. Bunday jarayondan so'ng yoqilg'ilar past kimyoviy barqarorlikka ega, ular yoqilg'iga maxsus antioksidant qo'shimchalarni kiritish orqali yaxshilanishi mumkin. Katalitik kreking yanada rivojlangan texnologik jarayondir. Bu jarayonda neft uglevodorodlarining ogʻir molekulalarining boʻlinishi 430-530°S haroratda va katalizatorlar ishtirokida atmosferaga yaqin boʻlgan bosimda sodir boʻladi. Katalizatorning vazifasi jarayonni yo'naltirish va to'yingan uglevodorodlarning izomerlanishini, shuningdek, to'yinmagandan to'yinganga o'tish reaktsiyasini rag'batlantirishdan iborat. Shu tarzda olingan benzin yuqori zarba qarshiligi va kimyoviy barqarorlik bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, katalitik krekingning kichik turi qo'llaniladi - gidrokreking. Bu jarayonda og'ir xom ashyo vodorod yordamida 420-500 ° S haroratda va 200 atm bosimda parchalanadi. Reaksiya faqat katalizatorlar (W, Mo, Pt oksidlari) ishtirokida maxsus reaktorda mumkin. Gidrokreking natijasi turbojetli quvvat bloklari uchun yoqilg'i hisoblanadi. Katalitik reforming jarayonida benzin fraksiyalarining aromatizatsiyasi naftenik va parafinli uglevodorodlarning aromatiklarga katalitik aylanishi tufayli sodir bo'ladi. Aromatizatsiyadan tashqari, parafinli uglevodorodlarning molekulalari izomerlanishga uchraydi, eng og'ir uglevodorodlar kichikroqlarga bo'linadi. Neftni qayta ishlash mahsulotlari Har bir insonga ma'lumki, neft turli xil transport vositalari uchun yoqilg'i ishlab chiqarish uchun eng qimmatli xom ashyo, masalan, avtomobillar uchun benzin va dizel yoqilg'isi, samolyot reaktiv dvigatellari uchun aviatsiya kerosini. Yoqilg'i - neftni qayta ishlashning asosiy mahsuloti. Biroq, neftni qayta ishlash faqat yoqilg'i bilan tugamaydi. Bugungi kunda yog'dan juda ko'p boshqa foydali komponentlar ishlab chiqariladi, ular butunlay kutilmagan narsalarda qo'llaniladi. Biz kundalik hayotimizda shunga o'xshash neftni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanamiz, lekin ularning kelib chiqishini bilmaymiz. Bugungi kunda eng mashhur polietilen yoki plastmassa deb atash mumkin. Millionlab tonna polietilen plastmassa plastik qoplar, oziq-ovqat idishlari va boshqa ommaviy mahsulotlarni yaratish uchun ishlatiladi. Ehtimol, hamma odamlar vazelinni ishlatgan. Uni juda qiziquvchan va kuzatuvchan ingliz kimyogari Robert Chesbro ixtiro qilgan, buning natijasida u XIX asr oxirida neftni qayta ishlash qoldiqlarida ushbu moddaning foydali xususiyatlarini aniqlay olgan. Bugungi kunda neft jeli tibbiyotda, kosmetologiyada va hatto oziq-ovqat qo'shimchasi sifatida ishlatiladi. Ayollar, ayniqsa, ming yillar davomida kosmetika va lab bo'yog'idan foydalanganlar. Ilgari lab bo'yog'i turli xil zararli komponentlarni o'z ichiga olgan. Biroq, bugungi kunda u bir qator foydali fazilatlarga ega va uning tarkibiga uglevodorodlar kiradi: suyuq va qattiq kerosin, seresin. Uglevodlarni o'z ichiga olgan yana bir mashhur mahsulot saqichdir. U nafaqat tabiiy komponentlarga, balki polietilen va kerosin qatronlariga ham asoslangan. Saqich neftni qayta ishlash natijasida olingan polimerlardan iborat bo'lganligi sababli uning parchalanishi juda uzoq vaqt talab etadi. Shu sababli, saqichni ko'chaga tashlash kerak emas, chunki u ko'p yillar davomida erda yotadi. Ehtimol, neftdan olingan eng noyob material neylondir. Zamonaviy hayotni neylon taytlarsiz tasavvur qilish qiyin. Neylon juda kuchli va engil materialdir. Uning ishlatilishi faqat külotlu çoraplar bilan tugamaydi. Idish yuvish vositalarini va parashyutlarni tayyorlash uchun ishlatiladi. Ushbu polimer 1935-yilda DuPont mutaxassislari tomonidan ixtiro qilingan. Vakuumli distillash- distillatning keng fraktsiyasini (yoqilg'i varianti) yoki tor moy fraktsiyalarini (neft varianti) olish uchun atmosfera distillashdan qolgan mazutni smolaga ajratish. Shunday qilib, neftni birlamchi qayta ishlash natijasi neft mahsulotlari va oraliq mahsulotlar, ularning savdo sifatini oshirgan holda ikkilamchi usullar bilan keyingi qayta ishlash uchun olinadi. Neftni qayta ishlash jarayonlari Neftni qayta ishlash usullarini termal va katalitikga bo'lish mumkin. Neftni qayta ishlash uchun ishlatiladigan usullarni termal va katalitik jarayonlarga bo'lish mumkin. Download 72.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling