Iii. Hayot faoliyati xavfsizligi qismi


Yanchish sexidagi texnika xavfsizligi


Download 23.12 Kb.
bet3/6
Sana20.06.2023
Hajmi23.12 Kb.
#1630395
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
,rasuljan hayot faoliy

Yanchish sexidagi texnika xavfsizligi.
Tegirmon va tasniflagichlarning mahalliy boshqarishga ega bo‘lgan ishga tushirish qurilmalari shunday joylashgan bo‘lishlari lozimki, tegirmon va tasniflagichni qo‘shadigan odam ularni ishini kuzatish imkoniga ega bo‘lmog‘i lozim.
Tegirmon ichida ishlashga ushbu Qoidalarning 424-bandi talablarini bajargandan keyin texnik nazorat xodimi yoki naryad-ruxsatnoma bo‘yicha brigadir ko‘zatuvida ruxsat etiladi. Tegirmonning lyuki pastki holatda qopqoq boltlarini yechish yoki ularni bo‘shatish, shuningdek ulitkasimon pitatelning kojuxi boltlarini tortish tegirmon ishlaab turganda man qilinadi.
Sharlar konteynerlarga yuklanayotgan vaqtda yuklash joyi to‘silgan va “Xavfli” degan plakat osib qo‘yilgan bo‘lishi lozim. Konteynerni ko‘tarish paytida odamlar undan xavfsiz masofada turishlari kerak. Sharlar konteynerga uning bortidan 100mm pastroq qilib yuklanadi.
Sterjenlarni yuklash bo‘yicha sharsimon pitatellar va mexanizmlardan foydalanilgan holda ularni xavfsiz ishlashi tartibini belgilaydigan maxsus yo‘riqnomalar ishlab chiqilishi lozim.
Tasniflagichlarga xizmat ko‘rsatilishi uchun ish maydonchalari tasniflagich vannasi borti balandligidan kamida 600mm pastroq qilib joylashtirilishi lozim. Tasniflagichlar vannasiga qarama-qarshi tomondagi ish maydonchalarini balandligi 1000mm bo‘lgan metall suyanchiqlar bilan jihozlanadi.
Tasniflagichlarda spiral yoki reykalarni aylantirish va ko‘tarish mexanizmlarga xavfsiz xizmat ko‘rsatilishi uchun suyanchiqli ko‘prikchalar (maydonchalar), shuningdek ushbu Qoidalar talablariga muvofiq yuritma elementlarining to‘siqlari bo‘lishi lozim.


Yong’in xavfsizligi.
Har bir sanoat korxonasi ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlatiladigan xomashyosi, chiqaradigan mahsuloti va joylashgan binosining konstruksiyasi hisobga olingan holda yong`in chiqishga, portlashga va yong`in chiqqan taqdirda uning tarqalishiga, shuningdek yong`inning asoratiga asoslangan holda yong`inga va portlashga xavflilik darajasi belgilanadi.
Albatta har bir sanoat korxonasiga yong`in xavfi birinchi navbatda u yerda ishlatilayotgan xomashyoning va chiqarilayotgan mahsulotning yong`inga xavfliligi darajasi bilan o`lchanadi.
Masalan ishlab chiqarish korxonasi gazsimon yonuvchi moddalar ishlatsa, oladigan mahsuloti engil alangalanuvchi suyuqliklar holatida bo`lsa, unda albatta yonmaydigan xom ashyo ishlatilib, yonmaydigan mahsulot olayotgan korxonaga nisbatan yong`in chiqish ehtimoli albatta ko`p, shuning bilan birga bu korxonada yong`inni tarqalib ketishi osonlashadi va bu korxonada yong`indan quriladigan zarari albatta katta bo`ladi.
Shuning uchun ham sanoat korxonalarini darajalarga ajratganda ishlatilayotgan moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatlari albatta hisobga olinadi. Mana shu xususiyatlarni hisobga olgan holda qurilish norma va qoidalari (SNiP II-90-81) asosida hamma sanoat korxonalari, omborxonalar yong`in va portlashga xavfi bo`yicha oltita darajaga bo`linadi.



Download 23.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling