Iii. Hayot faoliyati xavfsizligi qismi


Atrof muhitni muhofaza qilish


Download 23.12 Kb.
bet4/6
Sana20.06.2023
Hajmi23.12 Kb.
#1630395
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
,rasuljan hayot faoliy

3.2. Atrof muhitni muhofaza qilish
Atmosferaga chiqadigan chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar
Loyihalashtirilayotgan oltin ishlab chiqarish korxonalari obektlarini ekspluatatsiya qilishda atmosferani ifloslantiradigan moddalar chiqishini kamaytirish maqsadida quyidagi chora tadbirlar ko‘riladi:
1) rudani konveyerdan konusga ag‘darganda chang ko‘tarilishinikamaytirish uchun chodir shaklidagi konusni yopish qurilmasi o‘rnatiladi.
2) yirik maydalash korpusidagi texnologik dastgohdan chiqadigan havoni changdan tozalash uchun gaz tozalash qurilmasidan (siklon sN-15) foydalaniladi.
3) reagentlar tayyorlashda ajralib chiqadigan zararli moddalardan havoni tozalash uchun gaz tozalash qurilmasidan (skrubber SNAS-S-1,6) foydalaniladi.
4) asosiy binoda havoni changdan tozalash uchun gaz tozalash qurilmasidan foydalaniladi.(tezkor yuvgich SIOT-M №6)


Qayta ishlash chiqindilarini omborxona yig‘ish va zararsizlantirish.
Chiqindi omborlariga jo‘natiladigan, zararsizlantirilgan bo‘tana qayta ishlash mahsuloti bo‘lib hisoblanadi. Flotatsiya chiqindilari sulfidli minerallarni hisobga olmaganda qattiq faza kimyoviy tarkibiga ko‘ra dastlabki ruda bilan deyarli bir xil bo‘ladi.
Chiqindi eritmalarni neytrallash va zararsizlantirish mexanik aralashtirgichli kaskadda amalga oshiriladi.
Zararsizlantirilgan bo‘tana chiqindixodaga jo‘natiladi, suvli faza esa aylanma suv sifatida texnologik jarayonga qaytariladi.
Zararsizlantirilgan chiqindilarni yig‘ish maxsus tayyorlangan maydonda amalga oshiriladi. Maydon ko‘mish maydoniga o‘xshab loyihalashtiriladi, xavfli chiqindilar uchun.
Ishlab chiqarish jarayonidagi shovqinlar.
Shovqin deb turli tuman yoqimsiz ovozlar yoki bir necha xil ovozlar aralashmasi tushiniladi va bu insonga yoqimsiz hissiyot beradi.
Shovqin tasniflanishiga ko‘ra 1 smenada 8 soat ichida 2 turga bo‘linib, doimiy turi smenada 5 dB gacha o‘zgarib turadi, va sехda doimiy bo‘lmagan shovqin ovoz darajasi ish kuni mobaynida 5 Db dan kam bo‘lmagan holda qo‘llaniladi.
Yanchish bo‘limi hududida yong‘in xavfsizligi va portlash xavfsizligi jihatidan D sinfga mansub bo‘lib, elektr energiya bilan zarasizlanishga moyil emas. Barcha elektrdvigatellar yerga himoyalab bog‘langan, elektr xavfsizligi bo‘yicha bo‘lim xavfsiz hisoblanadi.
Har bir sехda loyihaga binoan va texnologiya shartiga asosan qo‘llaniluvchi dastgohlarga ma’lum texnika xavfsizligi qoidalari o‘rnatilgan va unga ishchi xodimlar amal qilishlari shatr qilib belgilab qo‘yilgan.
Tegirmonlar aylanishi va sharlarni futerovkaga urilishi natijasida shovqin chiqadi. Shovqinni oldini olish maqsadida, ishchilardan dastgohning ish holatiga jiddiy e’tibor qaratish talab etiladi, rudani to‘liq bo‘shatish, futerovkani o‘z vaqtida almashtirish uchun to‘xtatish.
Tegirmonni harakatlantiruvchi qichsmlari sekali panjarasimon to‘siqlar bilan jihozlantirilgan, Dvigatellar ham panjara bilan o‘ralgan, va u tasodifiy ruda bo‘lagini tushishidann saqlaydi. Tegirmonni qo‘shishda maxsus signalizatsiya beriladi xavfsizlikni ta’minlash maqsadida. Yanchish va gravitatsiya usulida boyitish sехlari doimiy suvli muhitda ishlashini inobatga olgan holda elektr energiyasi bilan ishlovchi dastgohlarni nazorat qilish, ularni yerga ulanishini va barchasi to‘liq va but holda ekanligin nazrda tutish lozim.
Titrash tegirmonlar ishlash vaqtida hosil bo‘lib, buni oldini olish uchun uning asosi titrashga qarshi qilib tayyorlangan bo‘lishi kerak, u esa bino bilan ta’sirlaymaydigan bo‘lishi lozim. Shuningdek mashinist tegirmonchi xonalari maxsus tirashni kamaytiruvchi gilalar bilan ta’minlanishi shart.
Sехda podshipnik va tishli g‘ildirak (shesternya)larni markazdan avtomatik moylash tizimi bilan jihozlangan va moylanadi bu esa insonni moylash vaqtida jarohatlanishdan to‘liq saqlaydi.



Download 23.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling