Iii. Hayot faoliyati xavfsizligi


maxsus-taktik o’quv mashqlari


Download 73.83 Kb.
bet8/8
Sana21.06.2023
Hajmi73.83 Kb.
#1643685
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
xfx

maxsus-taktik o’quv mashqlari — qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalarini qutqaruv ishlari va kechiktirib bo’lmaydigan boshqa ishlarni bajarishga hamda fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashning asosiy va samarali shakli;
obekt o’quv mashg’ulotlari — obektlar rahbarlari, qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari, shuningdek, tuzilmalar tarkibiga kirmagan ishchi va xizmatchilarga favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda fuqaro muhofazasi bo’yicha nazariy tayyorlashning asosiy shakli.
- quyidagilar aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, ishchi va xizmatchilarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda fuqaro muhofazasi bo’yicha bilimlarini izchil oshirib borish va ko’nikmalarini hosil qilish;
qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga tayyorlash;
aholini, shu jumladan, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasida band bo’lmaganlarni, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilari, o’rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari talabalarini favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko’rsatish, jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalari va usullariga o’rgatish.
- barcha aholi qatlamlari quyidagi toifalarga bo’lingan holda favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorgarlikdan o’tkaziladi:
ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida band bo’lgan aholi, shu jumladan, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari, xodimlari, ishchi va xizmatchilari hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari (keyingi o’rinlarda harbiy xizmatchilar deb ataladi);
maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, umumiy o’rta ta’lim maktablari va o’rta maxsus, professional ta’lim muassasalari o’quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari; ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida band bo’lmagan aholi, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar hamda O’zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan turistlar.
Download 73.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling