Iii. Hayot faoliyati xavfsizligi


Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo’lgan podstansiyalar va TQlar


Download 73.83 Kb.
bet2/8
Sana21.06.2023
Hajmi73.83 Kb.
#1643685
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
xfx

Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo’lgan podstansiyalar va TQlar
1. Podstansiyalar va TQlarni o’chirmasdan ko’rikdan o’tkazish quyidagi muddatlarda amalga oshirilishi shart:
doimiy navbatchi xodimlari bor obektlarda 3 sutkada kamida 1-marta;
sutkaning qorong’i vaqtlarida, razryadlarni va tojlanishni aniqlash uchun 1 oyda kamida 1-marta;
doimiy navbatchi xodimlari yo’q obektlarda 1 oyda kamida 1-marta, transformator va taqsimlovchi punktlarida esa 6 oyda kamida 1-marta;
qisqa tutashuv o’chirilgandan keyin.
Yomon ob-havoda (kuchli tuman, ho’l qor, muzlash va shunga o’xshash) yoki OTQda kuchli ifloslanish bo’lganda, qo’shimcha ko’rikdan o’tkazishlar tashkil etilishi shart.
Barcha aniqlangan nosozliklar uskunalar nuqsonlari va buzuqliklari jurnaliga yozilishi shart; bundan tashqari, ular haqidagi ma’lumot elektr xo’jaligiga javobgarga xabar qilinishi kerak.
Aniqlangan nosozliklar qisqa muddatlarda bartaraf etilishi shart.
2. Kuchlanishi 3 kV va undan yuqori bo’lgan taqsimlovchi qurilmalarning tezkor blokirovkalari mexanik blokirovkalardan tashqari, doimo plombalangan bo’lishi shart.
Bevosita almashlab ulashni bajaradigan xodimlarga o’zboshimchalik bilan blokirovkalarni ishlashdan chiqarish man etiladi.
3. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo’lgan podstansiyalar va TQlarni ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga  talablariga muvofiq amalga oshiriladi.


3.2 Mexnatni muhofaza qilish
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni 1993-yil 6-mayda qabul qilingan.Ushbu Qonunning maqsadi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu qonun:
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) bilan, shuningdek alohida yollovchilar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodimlarga;
ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalariga, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilariga, boshqa ta’lim muassasalari tinglovchilariga;
tashkilotlarda ishlash uchun jalb etiladigan harbiy xizmatchilarga;
muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarga;
Sud hukmiga ko‘ra jazoni o‘tayotgan shaxslarga ular jazoni ijro etish muassasalari tomonidan belgilanadigan tashkilotlarda ishlashi davrida, shuningdek ma’muriy qamoqqa olish tarzidagi ma’muriy jazo qo‘llanilgan shaxslarga, boshqa turdagi ishlarni bajarishga, shu jumladan jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlab tashkil etiladigan ishlarni bajarishga jalb etiladigan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu qonun ish beruvchilarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Maqsadi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi asosiy tushunchalar:

Download 73.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling