Iii. Hayot faoliyati xavfsizligi
Davlat ekologiya qo’mitasi quyidagilar uchun javob beradi
Download 73.83 Kb.
|
xfx
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.4. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi
Davlat ekologiya qo’mitasi quyidagilar uchun javob beradi
1) Davlat ekologiya qo’mitasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish; 2) Davlat ekologiya qo’mitasi faoliyatiga tegishli prognoz ko’rsatkichlariga erishilishini so’zsiz ta’minlash; 3) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Davlat ekologiya qo’mitasi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari; 4) Soha (tarmoq)ni rivojlantirish bo’yicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo’l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish, shuningdek, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va muammolarning yechilishi; 5) Fuqarolar va tadbirkorlik subektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash. 3.4. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi - Ushbu Nizom aholining barcha qatlamlarini tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlarda (keyingi o’rinlarda favqulodda vaziyatlar deb ataladi) harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini belgilaydi. - Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi: kompleks o’quv mashqlari — obektlar rahbarlarini, qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari a’zolarini, ular tarkibiga kirmagan ishchi va xizmatchilarini, ishlab chiqarish faoliyatini to’xtatmagan holda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish hamda fuqaro muhofazasi bo’yicha kompleks tadbirlarni bajarishga tayyorlashning asosiy shakli; qo’mondonlik-shtab o’quv mashqlari — O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining (keyingi o’rinlarda FVDT deb ataladi) barcha darajalardagi rahbarlarini va boshqaruv organlarini favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular sodir bo’lganda bartaraf etish ishlariga rahbarlik qilishga hamda fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashning oliy shakli; Download 73.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling