Iii. Hayot faoliyati xavfsizligi
Atrof-muhitni muhofaza qilish, davlat ekologiya qo’mitasining huquqlari va javobgarligi
Download 73.83 Kb.
|
xfx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat ekologiya qo’mitasining huquqlari va javobgarligi
3.3. Atrof-muhitni muhofaza qilish, davlat ekologiya qo’mitasining huquqlari va javobgarligi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasini hamda ekologik nazorat tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha bir qancha qonuniy hujjatlar ishlab chiqilgan. Davlat ekologiya qo’mitasining huquqlari va javobgarligi 1. Davlat ekologiya qo’mitasi o’ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: 1) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Davlat ekologiya qo’mitasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish; 2) Vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda qo’shma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarish; 3) Davlat ekologiya qo’mitasining vakolatiga kiruvchi masalalarda davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish; 4) Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Davlat ekologiya qo’mitasi vakolatiga tegishli masalalarni hal qilish uchun zarur bo’lgan axborotni belgilangan tartibda so’rash va olish; 5) Davlat ekologiya qo’mitasi vakolatiga tegishli masalalar bo’yicha zarur statistika ma’lumotlarini davlat statistika organlaridan bepul olish; 6) Davlat ekologiya qo’mitasi va uning idoraviy mansub tuzilmalarining davlat mulkini, o’zining tashkiliy tuzilmasi doirasida, belgilangan tartibda bir bo’linmadan boshqasiga bepul o’tkazish; 7) Davlat ekologiya qo’mitasi xodimlarini ularning tegishli sohadagi faoliyatlarining asosiy ko’rsatkichlari bo’yicha parametrlarni bajarganliklarini hisobga olgan holda moddiy rag’batlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash; 8) Davlat ekologiya qo’mitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar bo’yicha takliflarni ko’rib chiqish uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish; 9) Davlat ekologiya qo’mitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar bo’yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish; 10) Davlat ekologiya qo’mitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda xalqaro darajada ifodalash; 11) Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish muammolari bo’yicha jamoatchilik, konsultativ, ilmiy-texnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalar tashkil etish, maxsus kengashlar chaqirish, shuningdek, atrof muhitni muhofaza qilishning uzoq muddatli dasturlarini, hududiy kompleks sxemalarini, qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, davlat ekologik ekspertizasini o’tkazish, shuningdek, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bilan bog’liq boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish; Download 73.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling