Iii kurs “G” guruh talabasi Usmonova Nafisa Xudoyorovna
Download 103.1 Kb.
|
Usmonova Nafisa Xudoyorovna III G.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasidan o‘tishi va qabul qilinishi
Bu vazifalar:
• xorijiy mamlakatlarda huquqiy demokratik davlat qurish tajribasini o‘rganib, umumlashtirib, uning huquqiy jihatlarini Konstitutsiya loyihasini ishlashda hisobga olish; • O‘zbekistonning demografik va ijtimoiy-siyosiy turmush tarzini, taraqqiyoti tajribasini, deputatlarning, turli ijtimoiy guruhlarning, milliy-madaniy markazlarning mulohazalari va takliflarini o‘rganish va natijalardan loyiha ishlashda foydalanish; • Konstitutsiyaviy komissiya a’zolaridan tushgan takliflarni ko‘rib chiqish va loyihaga ular asosida o‘zgartirishlar kiritish. 2. Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasidan o‘tishi va qabul qilinishi Ana shu vazifalarni bajarish asosida 1992-yil sentabr oyining oxirida ancha takomillashgan loyiha vujudga keldi va 26-sentabrdagi komissiya qarori bilan loyiha umumxalq muhokamasi uchun ommaviy axborot vositalarida e’lon qilindi va bu bilan loyiha tayyorlash yangi bosqichga kirdi. 1992-yil 26-sentabrda muhokamaga qo‘yilgan loyiha yuzasidan tushgan taklif va istaklar o‘rganilib, inobatga olinib, loyihaga o‘zgartirishlar kiritilib, yangi tahrirda 21-noyabrda yana muhokama uchun e’lon qilindi. Konstitutsiya ishlab chiqish va qabul qilishga O‘zbekistonning o‘ziga xos yondashuvi, aytish mumkinki, Konstitutsiya qabul qilish jahon tajribasiga O‘zbekistonning qo‘shgan hissasi bo‘ldi. Chunki aksariyat hollarda loyiha bir marta muhokama qilinadi. Hech ikkilanmay aytish mumkinki, muhokama haqiqiy — demokratik, erkin va oshkora o‘tdi. Ommaviy axborot vositalari har qanday fikrni to‘siqsiz, o‘zgarishsiz e’lon qildi. Òelevideniye va radioda muntazam, to‘g‘ridan to‘g‘ri muhokamaga bag‘ishlangan ko‘rsatuv va eshittirishlar tashkil qilindi. Hech kim fikrlari uchun hech qanday quvg‘inga, tazyiqqa uchramadi. Shu davrda o‘zini muxolif sanovchi guruh va shaxslarga ham o‘z fikrlarini erkin bildirish imkoni berildi. Konstitutsiyaning umumxalq muhokamasida 6 mingdan ortiq taklif-mulohazalar bildirildi. Loyihadagi 127 moddadan 60 tasiga tuzatish va o‘zgartirishlar kiritildi. Dastlabki matndan 4 modda chiqarib tashlandi va, o‘z navbatida, yangi moddalar kiritildi. Oliy Kengash sessiyasida ham loyiha keng muhokama qilinib, deputatlar tomonidan 80 ga yaqin o‘zgartirish, qo‘shimcha va aniqliklar kiritildi. Amaldagi Konstitutsiyamiz xalq ijodi, huquqiy ongi va madaniyati, donoligi, tafakkuri mahsulidir. Konstitutsiyaning asosiy ijodkori, o‘z egasi xalqdir. Jahon tajribasida Konstitutsiya qabul qilishning ikki demokratik usuli mavjud. Birinchisi, tayyorlangan Konstitutsiya loyihasi referundum (umumxalq ovozi)ga qo‘yilib, xalq tomonidan qabul qilinadi (Rossiya, Qozog‘iston Konstitutsiyalari shunday yo‘l bilan qabul qilingan). Ikkinchi usulda Konstitutsiya davlatning Oliy vakillik organi (qonunchilik organi — parlament) tomonidan qabul qilinadi. Bizda ana shu ikkinchi usul tanlanib, Konstitutsiyamiz O‘zbekiston Oliy Kengashida qabul qilindi. Oliy Kengash deputatlari — xalq vakillari bo‘lganligi uchun bu tartibda Konstitutsiya qabul qilish ham demokratik bo‘lib, xalqning hech qanday manfaati buzilmaydi. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida xalqning birligi, birdamligi, kelajakka befarq qaramasligi yana bir bor namoyon bo‘ldi va pirovardida o‘zining aql-idroki, ongi, turmush tarziga munosib hujjatga ega bo‘ldi. Download 103.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling