Iii ma’ruza. Quduqlarni ishlatish jihozlari reja


-rasm. Ishlatish quduqlarining profilini sxemasi


Download 386.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana25.10.2023
Hajmi386.82 Kb.
#1718721
1   2   3
2.1-rasm. Ishlatish quduqlarining profilini sxemasi. 
1-tik 
uchastkasi; 
2-burilish 
uchastkasi; 
3-qiya 
uchastkasi; 5-tik uchastka. 
2.2-rasm. Ishlatish qudug’ining 
sxemasi. 
1-tizma boshchasi; 2-yo’llanma; 3-
konduktor; 4-ishlatish tizmasi; 5-
klapan; 6-filtr. 
3.2. Ishlatish quduqlarining yer usti jihozlari 
 
Quduq ustidagi mustahkamlash tizmasi bog’lanadi ya’ni, quduqning boshqa 
jihozlari biriktiriladi, bu esa tizma boshchasi deyiladi. 
Tizma boshchasi (2.3-rasm) quduqning hamma mustahkamlash tizmalarini 
birlik tizimga biriktiradi. Ularning og’irligini qabul qiladi va hamma yuklanmalarni 
konduktorga uzatadi. U tizmalar oralig’idagi fazoni izolyatsiyasini va germetikligini 
ta’minlaydi hamda bir vaqtda quduqning stvol qismining holatini va kerakli 
texnologik jarayonlarni bajarishni nazorat qilishga yo’l beradi. 
Tizma boshchasi quduqqa tushiriladigan ishlatish jihozlarini montaj qilishda 
supa vazifasini bajaradi. Quduqlarni burg’ilash vaqtida unga otilmaga qarshi jihoz 
preventor montaj qilinadi va burg’ilash tugagandan keyin demontaj qilinadi. 
Tizma boshchasi konstruktiv – bir nechta bir-biri bilan bog’langan elementga 
ega bo’ladi, ularga g’altak yoki chorbarmoq (kristovina), mustahkam tizmalari 
kiradi. Bu elementlarning soni quduqdagi mustahkamlash tizmasining soniga 
bog’liq bo’ladi. 
Tizma boshchasini ishlatish sharoitlari yetarli darajada murakkabdir: 
mustahkamlash tizmasini og’irligidan beriladigan yuklanma chuqur quduqlarda bir 
necha yuz kilonyutondan oshib ketadi. Bundan tashqari tizma boshchasi o’zi bilan 
kontaklashuvchi zonadan beriladigan bosimni ham qabul qiladi. Qatlam suyuqligini 
yoki gazini tarkibidagi H
2
S, CO
2
yoki kuchli minerallashgan suvlar tizma 


boshchasini korroziya ta’siriga duchor qiladi. Chuqur quduqlarga issiqlik 
tashuvchilar haydalganda ularning stvollari va tizma boshchalari 150-250 
o
C gacha 
qiziydi. 
Ikkita tizmani biriktiruvchi tizma boshchasi (2.4-rasm) korpusdan (4) tashkil 
topgan bo’lib, mustahkamlash quvurlariga (6) burab mahkamlangan. Korpusning 
ichki yuzasi konussimon, unga (3) pona joylashtirilgan, ichki tizmani 
mustahkamlash quvurini (7) saqlab turadi. Flanetsni korpusiga (1) g’altak 
o’rnatilgan, quvurga kiydirilgan va odatda unga payvandlanadi. Quvurlar 
oralig’idagi fazo (2) zichlanma bilan ajratiladi. Tizma boshchasida qulfak (5) 
o’rnatilgan bo’lib, u quvurning orqa tomonidan kirib kelishni ta’minlaydi. Bunday 
tizma boshchasini tik o’lchami bir metrga yaqin bo’ladi. Mustahkamlash 
quvurlarining diametriga bog’liq massa 500-550 kg bo’ladi. Bunday 
tizma 
boshchasi bilan chuqurligi 1500-2000 metr, bosimi 25 MPa gacha bo’lgan quduqlar 
jihozlanadi. Mustahkamlash tizmasini soni ko’p bo’lgan uch, to’rt va besh tizmali 
quduqlarni jihozlash uchun tizma boshchalari tayyorlanadi. Bunday tizma 
boshchalarini pritsipial va konstruktiv sxemalari yuqoridagiga o’xshashdir. 
Besh tizmali boshcha chuqurligi (5000 metrgacha) bosimi 70 MPa gacha 
quduqlarning ustiga o’rnatish uchun mo’ljallangan bo’ladi, uning tik balandligining 
o’lchami 3 metr. Asosiy tugunlari 1, 8, 9, 10, 11 beshta chorbarmoq o’lchamlari 168 
mm dan 502 mm.gacha bo’lgan mustahkamlash quvurlari uchun, 2, 4, 5, 7 ponali 
osmalar va 3 jo’mrakdan tashkil topgan. 
Korpuslar uchun po’latning oqish chegarasi 5,0-5,5 MPa, nisbiy 
uzatishi 14-15 % va zarbali qovushqoqligi 40 mNm/m
2
gacha. Og’ir sharoitlarda 
ishlatiladigan tizma boshchalarini tayyorlash uchun 35 XML turdagi past 
legirlangan po’latlardan foydalaniladi. Shtampalangan yoki bolg’alangan flanetslar 
yoki bo’g’izlar 35 XM, 40 X po’latlardan to’g’ridan to’g’ri yasaladi. Tizma 
boshchasi biriktirgichlarini, elementlarining o’lchamlarini mos kelmasligi avariya 
holatlarini keltirib chiqarishga sabab bo’ladi. Standart boyicha 14, 21, 31, 70, 105 
MPa,ga ishchi bosimga mo’jallangan tizma boshchalari ishlab chiqariladi. 



Download 386.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling