Quduqda teshish ishlarini olib borish. Reja : Quduqlarni perforatsiya qilish
Download 356.86 Kb. Pdf ko'rish
|
Hujjat
Quduqda teshish ishlarini olib borish. Reja : 1. Quduqlarni perforatsiya qilish 2. Quduqda quvurlarni torpedali perforatorlar bilan teshish 3. Suyuqlik – qum aralashmasi yordamida teshish 1.Quduqlarni perforatsiya qilish Quduqda ishlatish quvurlar tizmasini mahsuldor qatlamning kerakli chuqurlikkacha tushirilib sementlangan quduq tuzilishi kam harajatliligi uchun ko’p qo’llaniladi. Mahsuldor qatlam otish natijasida teshik hosil qilish jarayoni teshish (perforasiya) jarayoni deb atalsa, teshishda qo’llaniladigan apparat perforator deb ataladi. Mustahkamlovchi quvurlar tizmasi va sement halqasida teshik hosilOʻ qilish uchun to‘rtta usuldan foydalaniladi: O‘qli, torpedali, kumulyativ va suv qum aralashmasi bilan teshish. O‘qli perforatorlarning quyidagi turlari mavjud: 1) o‘qlari bir vaqtda otiladigan perforatorlar, bunda mahsuldor qatlamni teshish barcha o‘qlar bir vaqtda otilib, mahsuldor qatlam teshiladi. Bu usul mustahkam qalin qatlamli quduqlarda qo‘llaniladi; 2) o‘qlari ketma – ket otiladigan perforatorlar, bunda birinchi o‘q otilgandan keyin ikkinchi o‘q otiladi. Bu usul mustahkamlovchi quvurlarni zararlanishi (yoriq hosil bo’lishi) ni oldini olish uchun qo‘llaniladi; 3) terib otuvchi perforatorlar bunda kerakli oraliqlarni navbatma – navbat otish uchun qo‘llaniladi. Bu usul qalin bo‘lmagan qatlamlarni ochish uchun ishlatiladi. O‘qli perforatorlar 65, 80 va 98 mm diametrda ishlab chiqariladi. Tizmani teshishda 11 – 12,7 mm li o’qlardan foydalaniladi. O‘qli teshgichning kamchiliktomoni barcha otishlar har doim ham tizmani tesha olmaydi. Ayrim otishlarda energiyaning tezda yo‘qolishi natijasida tizmani teshib o‘tmaydi. O‘qli perforatorlarning markasi APX–84 va APX–98, PP3.Kumulyativ teshish usulida mahsuldor qatlam kumulyativ zaryad yordamida teshiladi. Portlashi natijasida hosil bo‘lgan portlovchi modda tezligi 8000 m/s gacha bo‘ladi. Kumulyativ peforatorlar korpusli va korpussiz perforatorlarga bo‘linadi. Korpusli perforator bir qancha zaryadlar joylashtirilgan germetik yopiq korpusdan tashkil topgan bo‘lib uni ko‘p marta ishlatish mumkin. Korpusda kumulyativ zaryad, detanatsiya hosil qiluvchi shnur va portlovchi patron joylashgan bo‘ladi. Bunday perforatorlar 10 va 20 zaryadli bo‘lib, markasi PК–103, PКS105DU. Download 356.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling