Quduqda teshish ishlarini olib borish. Reja : Quduqlarni perforatsiya qilish


Quduqda quvurlarni torpedali perforatorlar bilan teshish


Download 356.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana19.10.2023
Hajmi356.86 Kb.
#1709487
1   2   3   4
Bog'liq
Hujjat

 2.Quduqda quvurlarni torpedali perforatorlar bilan teshish 
Mahsuldor qatlamni ochishda torpedali teshish usuli 
yaxshi samara beradi. Unda snaryad yordamida teshiladi
snaryad mahsuldor qatlamni yorib kiradi va portlaydi g‘ovak 
va yoriqlar hosil qiladi. TPK–22 va TPK–32 «torpedniy 
perforator Kolodyajnogo» markali perforator ishlatiladi. 
Perforatorning tashqi diametri 100 mm bo‘lib diametri 127 
mm li quduqlarda qo’llaniladi.
3–rasm. Torpedali perforator:. 1–kamera; 2–sterjen; 3–
snaryad; 4–stvol; 5–pastki flanes; 6–elektrozapl; 7–rezina 
quvurcha; 8–kabel; 9–yuqori flanes; 
10–bolt. 


3. Suyuqlik – qum aralashmasi yordamida teshish 
Quduq tubi mahsuldor qatlamni ochishda "suyuqlik–qum" 
teshgichdan foydalaniladi. "Suyuqlik–qum" teshgichi qalin 
devorli korpusdan tuzilgan bo`lib, unga teshik diametri 3 mm 
bo`lgan abraziv chidamli materialli kalta quvur buraladi. 
"suyuqlik–qum" perforator quduqqa nasos kompressor 
quvuri orqali tushiriladi. Teshishni boshlashdan oldin NKQ lari 
orqali shar tashlanadi. Bu shar perforatorning o`tuvchi 
teshigini berkitadi. Undan keyin AN–500 yoki AN–700
nasos agregati bilan NKQ orqali quduqqa qumli suyuqlik 
haydaladi. Haydalgan qumli – suyuqlik faqat qalin kalta quvur 
orqali chiqadi. Qum – suyuqlik kontsentratsiyasi 50–
100kg/m3, kvars qumining diametri esa 0,3–0,8 mm. Kalta
quvurdan chiqqan qumli suyuqlik katta tezlikda abraziv oqim 
hosil qiladi. Qisqa vaqt davomida mustahkamlash 
quvurlarida, sement toshida va tog’ jinsida teshik teshilib, 
quduq ustuni mahsuldor qatlam bilan ulanadi (4-rasm). 


4-rasm. Suyuqlik- qum perforatori: 1 – dumli pero;2 – 
korpus;3 – sharikli klapan;4 – kalta quvurchani ushlab
turuvchi; 5 – каlta quvurcha;6 – bekitib qo‘yuvchi. 
Kalta quvur diametri, ularning soni va haydaladigan 
suyuqlikning tezligiga bog’liq holda teshilgan teshikning 
chuqurligi 40–60 mm gacha yetadi. Bunda sement toshining 
germetikligi ta`minlanishi kerak. "Suyuqlik – qum oqimli" usul 
bilan teshishda quduq ustida 40 MPa bosim hosil qilinadi. 
Bitta nasadkada qumli–suyuqlikni haydalish darajasi 3–4 
l/sek, nasadkada oqimning hajmiy tezligi 200–300 m3/kun, 
bosimlar farqi esa 18–20 MPa gacha yetadi. Bitta oqimni 
perforatsiya qilish 15–20 minut davom etadi. Berilgan oraliq 
teshilgandan so`ng perforator ko`tariladi va navbatdagi 
oraliqqa o`rnatiladi va jarayon takrorlanadi. 
"Suyuqlik–qum oqimli" teshgich nasos kompressor quvurni 
va burg’ilash quvurlarini kesishda, sement stakanini va qumli 
toshli qattiq tiqinlarni buzishda, hamda qatlamda yoriqli 
teshiklarni hosil qilishda qo`llaniladi. 
Teshishning bu usuli quduq devoriga yo‘naltirilgan maxsus 
teshgich uchligidan suyuqlik qum aralashmasi katta tezlikda 
harakatlanishidagi kinetik energiyasi va devorni yemirish 
xususiyatiga asoslangan. Qisqa vaqt ichida mustahkamlovchi 
quvurlar tizmasi, sement halqa va qatlamda teshik yoki 
ariqcha simon kanal hosil qiladi. 
Suyuqlik–qum aralashmasi quduq usti atrofiga o‘rnatilgan 
nasoslar yordamida nasos kompressor quvurlari bo‘ylab 
teshgich uchligiga yo‘naltiriladi. Bu usul yangi burg‘ilangan



Download 356.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling