Iii va IV sinf nivelirlash uchun aniq nivelir tekshirishlarini bajarish Amaliy mashg‘ulotiing mazmuni va maqsadi
Download 0.51 Mb.
|
1, 2-amaliy mashg\'ulot (2)
x =
Agar x ning qiymati 4 mm dan oshmasa, shart bajarilgan bo‘ladi. Aks holda, silindrik adilakli nivelirlarda silindrik adilak o‘qining holati, kompensatorli nivelirlarda esa ko‘rish o‘qining holati tuzatilishi kerak. Buning uchun reykadan oxirgi marta olingan sanoqning tuzatilgan qiymati b2tuz=b2–x hisoblab olinadi. Keyin silindrik adilakli nivelirlarda elevatsion vint yordamida iplar to‘rining gorizontal ipi tuzatilgan b2tuz sanog‘iga to‘g‘rilanadi. SHunda silindrik adilak pufakchasi nol punktdan chetlashadi. Silindrik adilakning yuqoridagi va pastdagi tuzatgich vintlari yordamida ko‘rish maydonidagi pufakcha yarim pallalarining tasviri tutashtiriladi, ya’ni bu bilan pufakcha nol punktga keltiriladi. Kompensatorli nivelirlarda esa doiraviy adilak pufakchasini nol punktga keltirib, iplar to‘rining yuqorida va pastda joylashgan tuzatgich vintlari yordamida gorizontal ip tuzatilgan b2tuz sanog‘iga to‘g‘rilanadi. Endi shart bajarilganligiga ishonch hosil qilish uchun tekshirish takrorlanadi Asbob aylanish o‘qi vertikal holatda turganda, silindrik adilak o‘qi va trubaning ko‘rish o‘qi o‘zaro parallel vertikal tekisliklarda yotishi kerak. Bu shart faqat silindrik adilakli nivelirlarda tekshiriladi. Ko‘rish trubasi ko‘targich vintlardan birining yo‘nalishi bo‘yicha o‘rnatiladi va adilak pufakchasi yarim pallalarining tasviri tutashtirilib, 50 — 70 m masofada turgan reykadan sanoq olinadi. Ko‘rish trubasiga nisbatan ikki yonboshda qolgan ikkita ko‘targich vint qarama-qarshi tomonga bir necha marta buralib, nivelir avval bir tomonga, keyin ikkinchi tomonga og’diriladi. Har ikkala holda ham sanoqning va pufakcha yarim pallalari tasvirining o‘zgarmasligi tekshiriladi. Agar sanoq o‘zgarmagan holda pufakcha yarim pallalarining tasviri tutashgan holda qolsa yoki faqat bir tomonga siljisa, shart bajarilgan bo‘ladi. Aks holda, ya’ni sanoq o‘zgarmaganda pufakcha yarim pallalarining tasviri qarama-qarshi tomonga siljisa, bu siljish silindrik adilakning yonbosh tuzatgich vintlari yordamida bartaraf qilinadi. Tekshirish takrorlanishi kerak. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling