1 va 2-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: III va IV sinf nivelirlash uchun aniq nivelir tekshirishlarini bajarish
Amaliy mashg‘ulotiing mazmuni va maqsadi: Mavjud nivelir asboblari va nivelir reykalari bilan ishlash, hamda ularni ishchi holatiga keltirish va tekshirish. Nivelirda sanoq olish, shuningdek, nuqtalar orasidagi masofani o‘lchash.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan asboblar va jihozlar: Nivelir, shtativ, reyka, nivelirlash jurnali.
1-shakl. N-3 nivelirning tuzilishi.
1 – ko’tarish vintlari; 2 – doiraviy adilak; 3 – elevasion vint; 4 – ko’rish trubasining okulyari; 5 – vizir(nishon); 6 – fokuslash kremel’erasi; 7 – ko’rish trubasining ob’ektivi; 8 – trubani bo’shatuvchi va qotiruvchi vinti; 9 – yo’naltiruvchi vint; 10 – silindrik adilak; 11 – silindrik adilakni tuzatuvchi vintlar
Nivelirlarni tekshirish va tuzatish
Nivelirlarni tekshirish deganda geometrik shartlarni qoniqtirishga aytiladi. Nivelirlar quyidagi geometrik shartlarni qanoatlantirishi kerak:
Doiraviy adilak o‘qi nivelirning aylanish o‘qiga parallel bo‘lishi kerak (ZZ' || JJ', 2-shakl).
2-shakl. Nivelirning asosiy geometrik o‘qlari: VV' -turbaning ko‘rish o‘qi; UU' – silindrik adilak o‘qi; ZZ' – doiraviy adilak o‘qi; JJ' - nivelirning aylanish o‘qi; HH' - iplar to‘rining gorizontal ipi.
3- shakl.
Ko‘targich vintlar yordamida doiraviy adilak pufakchasi nol punktga keltiriladi. Bunda avval ikkita ko‘targich vint yordamida pufakchani nol punkt qarshisiga olib kelinadi (3-a shakl), keyin esa uchinchi ko‘targich vint yordamida nol punktga keltiriladi (3-b shakl). Nivelir aylanish o‘qi atrofida 180° ga buriladi (3-v shakl). Agar pufakcha nol punktda qolsa, shart bajarilgan bo‘ladi. Agarda doiraviy adilak pufakchasi nol punktdan chetga og‘sa, unda pufakcha og‘ish yoyining yarmiga adilakning tuzatgich vintlari, qolgan yarmiga esa, ko‘targich vintlar yordamida nol punktga keltiriladi. SHundan keyin shart bajarilishini yana tekshirib ko‘rish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |