Mavzu: 2T30 teodoliti bilan tanishish, tuzilishini, tekshirishni o`rganish Ishdan maqsad


Download 118.82 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.12.2022
Hajmi118.82 Kb.
#1050632
Bog'liq
2-LABORATORIYA



15-amaliy ish 
Mavzu: 2T30 teodoliti bilan tanishish, tuzilishini,
 tekshirishni o`rganish 
 
 Ishdan maqsad : talabalarga 2T30 teodolitni tuzilishi va tekshirush tartibini 
o`rgatish, o`qituvchi tomonidan talabalarga teodolit asbobi beriladi va dala 
sharoitida tanishish va tekshirish ishlari o`rgatiladi. 
2T30 teodolitining tuzilishi. 
 
1. Yo`naltiruvchi vint (buragich) 
2. Mikroskop okulyari. 
3. Obyektiv 
4. Bussolni joylashtiruvchi paz 
5. Ko`rish trubasini qotiruvchi vint (buragich) 
6. Ko`rish trubasini yo`naltiruvchi vint 
7. Gorizontal doirani yo`naltiruvchi vint 
8. Ko`taruvchi vintlar (buragichlar) 
9. Satx (uroven ) 
10. Vtulka 
11. Taglik 
12. Kremalera vinti (ravshanlashtiruvchi vint) 
13. Ko`rish trubasining okulyari. 


Ko`rish trubasining iplar to`ri
1. Dalnomer iplari 
2. Vertikal ip 
3. Gorizontal ip 
4. Bissektor iplari 
2T30 teodolitining
sanoq olish tizimi 
 

 
 
 
 
 
VD -0

29′ 
 

 
 
 
 
 
GD 125

06′ 
 
 
Teodolitni tekshirish tartibi: 

1. GD alidadasidagi satxning silindrik o`qi teodolitning aylanish o`qiga 
perpendikulyar bo`lishi kerak. 
2. Ko`rish trubasining o`qi, trubaning aylanish o`qiga perpendikulyar bo`lishi 
kerak. 
3. Ko`rish trubasining o`qi, teodolitning aylanish o`qiga perpendikulyar 
bo`lishi kerak. 
4. Iplar to`rining to`g`ri joylashtirilishi kerak. 
5. VD ning 0 o`rni xar doim 0 ga yaqin bo`lishi kerak. 
Teodolitlar ma`lum mexanik, optik va geometrik talablarga javob beradigan qilib 
yasaladi.
Lekin asbob eskirishi yoki shikastlanishi mumkin. Shuning uchun teodolitni 
ishlatishdan oldin uni sinab va tekshirib, kamchiligi bor-yo`qligini aniqlash, 
topilgan nuqsonlarini bartaraf qilish kerak.


Teodolitni sinash bilan tekshirishning farqi bor. Sinash deganda, uning 
ayrim qismlarining sifatiga baho berish tushuniladi. Sinash paytida teodolit ayrim 
qismlarining ma`lum talablarga mos kelish-kelmasligi va detallarning benuqson 
ishlashi, limb bo`laklari qiymatlarining to`g`riligi, alidadaning eksentrisiteti 
yo`qligi, adilak pufakchasining o`rnidan erkin va ravon qo`zg`alishi, qarash 
trubasidan buyumning ravshan ko`rinishi, sferik va xromatik aberratsiyalar ta`siri 
yo`qligi aniqlanadi. Teodolitni tekshirish deganda, uning tuzilishi sharti bo`yicha, 
ayrim qismlari o`rtasidan o`zaro geometrik nisbatlarni aniqlash tushuniladi. 
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilib, ayrim qismlarning o`zaro munosabatini 
keragicha moslashga teodolitni sozlash yoki rostlash (yustirovka) deyiladi. 
Teodolitni sinash va tekshirishdan avval uning shtativga mustahkam 
o`rnatilganligini, limb, alidada, qarash trubasi o`qlari atrofida ravon aylanishini, 
mahkamlash, ko`tarish va yo`naltirish vintlari to`g`ri va bemalol buralishini 
aniqlash kerak. 
Teodolitni tekshirganda uning asosiy o`qlari yoki qismlari bir-biriga 
nisbatan geometrik jihatdan to`g`ri o`rnatilganligiga ahamiyat beriladi. Takroriy 
teodolitda limb o`qi, asosiy (vertikal) o`q MM
1
(2-rasm), qarash trubasining 
aylanish o`qi HH
1
, vizir o`qi WW
1
shuningdek har bir adilakning o`qi PP
1
tekshirilishi shart. 
Teodolitni tekshirishni tartibini yanada yaxshiroq tasavvur qilish uchun
teodolit quyidagi talablarni qondirishi shart: 
1.gorizontal doira har bir adilagining o`qi teodolitning asosiy o`qiga 
perpendikulyar, ya`ni PP
1
MM
1
bo`lishi kerak. Bu quyidagicha tekshiriladi. 
Adilak tekisligining ikkita ko`tarish vintiga parallel qilib o`rnatiladi, vintlar 
qarama-qarshi tomonga buralib, adilak pufakchasi o`rtaga keltiriladi. So`ngra 
adilak o`qi uchinchi ko`tarish vintiga parallel o`rnatiladi va bu vintni ham burab 
pufakcha o`rtaga keltiriladi. Keyin adilak o`qi 180 
o
aylantiriladi, shunda pufakcha 
chetga jilmay, o`rtada turaversa, adilak o`qi teodolitning aylanish o`qiga nisbatan 
perpendikulyar o`rnashgan bo`ladi. Adilak pufakchasi og`ishgan taqdirda avvalo 
sozlash vinti yordamida, keyin ko`tarish vintlari yordamida o`rtaga keltiriladi. 


Teksirish bir-necha marta takrorlanadi. Gorizontal doirada ikkinchi adilak bo`lsa, u 
ham birinchi adilak kabi tekshiriladi; 
2. qarash trubasining vizir o`qi aylanish o`qiga perpendikulyar ya`ni 
WW
1
HH
1
bo`lishi kerak. Bu quyidagicha tekshiriladi: teodolitning aylanish o`qi 
vertikal holatga keltiriladi va to`rdagi iplarning kesishish nuqtasi ravshan 
ko`rinadigan biror nuqtaga vizirlanib, ikkala vernyerdan sanoq olinadi, 
sanoqlarning o`rtacha arifmetik miqdori chiqariladi. Qarash trubasi zenit bo`yicha 
aylantiriladi va alidadani 180
o
burib, qarash trubasi yana shu nuqtaga vizirlanadi. 
Vernyerdan sanoq olinadi va sanoqlarning o`rtacha arifmetik miqdori chiqariladi. 
Olingan sanoqlarning bir-biriga tengligi trubaning vizir o`qi asbobning aylanish 
po`qiga perpendikulyarligini bildiradi. Sanoqlar farqi vernyer aniqligining 3 ga 
ko`paytirilgani (3t) dan katta bo`lsa, uni to`g`rilash kerak. Bunday xatoga 
kollimatsion xato deyiladi. Kollimatsion xatoni yo`qotish uchun alidadaning 
mikrometri yordamida birinchi vernyer ikki marta olingan sanoqlarning o`rtacha 
arifmetik qiymatiga qo`yiladi. Shunda to`rdagi iplarning kesishish nuqtasi 
vizirlangan nuqtadan bir oz chetlashadi. Iplarning kesishgan nuqtasi sozlash 
vintlari yordamida vizirlangan nuqtaga keltiriladi. So`ngra tekshirish takrorlanadi; 
3. qarash trubasinig ylanish o`qi teodolitning aylanish o`qiga 
perpendikulyar, ya`ni HH
1
MM
1
bo`lishi kerak. Bu shartni tekshirish uchun 
asbobning aylanish o`qi vertikal holatga keltiriladi va to`rdagi iplarning kesishish 
nuqtasi 
bino 
devorining 
baland qismida joylashgan 
biror nuqtaga (-rasm A 
nuqta) vizirlanadi. So`ngra 
trubaning obyektivli tomoni 
pastga tushurilib,devorda A 
nuqtaning proyeksiyasi- a
1
nuqta belgilanadi (bu nuqta 
yerdan bir oz balandroqda bo`lishi kerak). Truba zenit orqali 180
o
aylantirilib, 
so`ngra yana shu nuqtaga vizirlanadi. Trubaning obyektivli tomoni pastga 


tushuriladi. Shunda to`rdagi iplarning kesishgan nuqtasi oldin belgilangan a
1
nuqtaga to`g`ri kelsa, asbob yuqoridagi shartga mos bo`ladi. Aks holda devorda a
2
belgilanadi. Bunday paytda truba aylanish o`qi teodolit aylanish o`qiga 
perpendikulyar bo`lmaydi. Bu nuqsonni yo`qotish uchun a
1
va a

nuqtalarni 
tutashtiruvchi chiziq teng ikkiga bo`linib, shu joy a
3
bilan belgilanadi. So`ngra 
trubaning biror tayanchidagi sozlash vintlaridan birini burab bo`shatish va 
ikkinchisini burab mahkamlash yo`li bilan iplar kesishgan nuqta devordagi a
3
nuqta ustiga to`g`ri keltiriladi. Keyin tekshirish yana takrorlanadi; 
4. iplar to`rining vertikal chizig`i trubaning aylanish o`qiga perpendikulyar 
bo`lishi kerak. Bu shartni tekshirish uchun asbobning aylanish o`qi vertikal holatga 
keltiriladi, iplarning kesishish nuqtasi ixtiyoriy biror nuqtaga to`g`rilanadi. So`ngra 
truba aylanish o`qi atrofida mikrometr vint yordamida sekin-asta aylantirilib, iplar 
to`rining vertikal chizig`i vizirlangan nuqtaga nisbatan siljishi kuzatiladi. Vertikal 
chiziq har gal vizirlangan nuqtani to`ssa, shart bajarilgan bo`ladi, nuqtani to`smasa 
sozlash vintlari nburab bo`shatilib, vertikal chiziq shart bajarilganga qadar buriladi, 
keyin vintlar burab mahkamlanadi. So`ngra tekshirish takrorlanadi.
Yo`nalishlar azimutini o`lchashdan oldin teodolitning bussolini ham 
tekshirish kerak. Barcha tekshirishlar talabga javob bersa o`lchash ishlari olib 
borish uchun tavsiya etiladi. 
Laboratoriya ishini himoya etish uchun teodolitni tuzilishini va tekshirish 
tartibini talaba yod olishi kerak bo`ladi. 
Qo`shimcha savollar:
1. To`g`ri burchakli koordinatalar tizimlariga nimalar kiradi? 
2. Adilak nima? 
3. Bussol nima? 

Download 118.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling