Teodolitni tekshirish va sozlash
Download 45.86 Kb.
|
5-чисиTeodolitni tekshirish va sozlash
TEODOLITNI TEKSHIRISH VA SOZLASH Teodolitda burchaklarni o‘lchash uning qismlarining o‘zaro joylashishini burchak o‘lchashdan kelib chiqadigan qator geometrik shartlar bo‘yicha tekshirilgandan so‘ng boshlanadi. Agar geometrik shartlar bajarilmayotganligi aniqlansa, asbob tuzatiladi. Teodolitni tekshirish va tuzatish quyidagi tartibda bajariladi. Ufqiy doira alidadasidagi silindrik adilak o‘qi UU ¢ asbob aylanish o‘qi JJ¢ ga tik bo‘lishi kerak, ya’ni UU¢ JJ¢ (36- rasm). Bu shartni tekshirish uchun adilak ikki ko‘targich vint yo‘nalishi bo‘yicha o‘rnatiladi, ularni qarama-qarshi tomonga burash orqali adilak pufakchasi nol punktga keltiriladi. So‘ngra alidada 180° ga aylantirilganda adilak pu- fakchasi holati o‘zgarmasa, shart bajarilgan bo‘ladi. Aks holda adilak pufakchasi og‘ish yoyining yarmiga tu- zatkich vint (32- a rasm) yordamida qaytariladi, keyin ko‘targich vintlar orqali pu- fakcha nol punktga keltiri- ladi. Agar alidada yana 180° ga aylantirilganda pufakcha nol punktda qolsa, shart ba- jarilgan bo‘ladi, aks holda tuzatish takrorlanadi. As- bobni ufqiy holga keltirish uchun adilak pufakchasi avval ikki ko‘targich vint yo‘nalishida ularni qarama- qarshi tomonga burish orqa- 36- rasm. Teodolitning asosiy geometrik o‘qlari: JJ¢ — asbobning aylanish o‘qi; TT ¢ — ko‘rish trubasi aylanish o‘qi; UU¢ — silindrik adilak o‘qi. li, so‘ngra uchinchi vint yo‘nalishida faqat uni burash orqali nol punktga keltiriladi. Trubaning ko‘rish o‘qi trubaning aylanish o‘qiga tik bo‘lishi kerak (VV¢ TT ¢). Bu shartni tekshirish uchun olisdan yaqqol ko‘rinadigan nuqta tanlanadi. Truba tik doiradan o‘ng (Do‘) holatida o‘sha nuqtaga qaratilib, ufqiy doiradan Dch sanoq olinadi. So‘ngra truba tik tekislikda 180° ga aylantirilib, yana o‘sha ch - G nuqtadan Dch sanoq olinadi. Kollimatsion xatolik C = (G - o‘ + 180°) hisoblanadi. Uning qiymati asbob sanoq olish moslamasining ikkilangan aniqligi qiymatidan oshsa, gorizontal ch doirada G = G - C sanoq alidada qaratish vinti yordamida qo‘yiladi, bunda iplar to‘ri nuqtadan siljiydi. Endi iplar to‘rining kesishgan nuqtasi iplar to‘ri diafragmasining (35- d rasm) vintlari yonboshidagilari orqali surilib, kuzatilayotgan nuqta ustiga tushiriladi. Ishonch hosil qilish uchun tekshirish takrorlanadi. Teodolitning ufqiy o‘qi tik o‘qqa tik bo‘lishi kerak (TT JJ¢). Teodolitdan 10—20 m narida ilingan shovun ipiga truba yo‘naltiriladi va u tik tekislikda buralganda iplar to‘ri kesishgan nuqtasi tasvirdan tashqariga chiqmasa, shart bajarilgan bo‘ladi. Bu shartning bajarilishiga zavod tomonidan kafolat beriladi. Mabodo shart bajarilmasa, teodolit ustaxonada sozlanadi. Iplar to‘rining tik ipi teodolit ufqiy tekisligiga tik bo‘lishi kerak. Truba shovun chizig‘iga qaratilganda tik ip uning tasvirini qoplasa, shart bajariladi. Aks holda iplar to‘ri diafragma vintlari bo‘shatilib buraladi. Download 45.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling