O’zi ag’dargich (samosval) kuzovli avtomobillar, tirkama va yarim tirkamalar


Download 102.04 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi102.04 Kb.
#1040777
Bog'liq
O’ZI AG’DARGICH-WPS Office


O’ZI AG’DARGICH (SAMOSVAL) KUZOVLI AVTOMOBILLAR, TIRKAMA VA YARIM TIRKAMALAR.
Reja.
1. O’zi ag’dargich kuzovli avtomobillar.
2. Tirkamalar va yarim tirkamalar.
O’zi ag’dargich- (samosval)-avtomobillar umumiy ishlarga mo'ljallangan yuk avtomobillaridan shu bilan farq qiladiki, tashilayotgan yuklarni tushirish, ularda mexanik usul bilan ag'daruvchi qurilma yordamida kuzovni qiyalatib amalga oshiriladi. Ko'pchilik samosvallarda yuk orqa tomonga ag'dariladi. Lekin ikki yoki uch tomonga ag'daruvchi avtomobillar ham bor.
Samosval-avtomobillar harakatlanish jarayoni oddiy bo'lgan avtomobillar bazasida (negizida) tayyorlanadi. Ular sochiluvchan yuklarni (qum, shag'al, tosh, don, kartoshka va h.k.) tashish uchun mo'ljallangandir, shuning uchun yuk ko'taruvchanligi va kuzovi turlicha bo'ladi. Bu kuzovlar tuzilishi va shakli ho'yicha bir-biridan farq qiladi. Ko'pincha kuzov, tog'orasimon yoki cho'michsimon turda, to'g'ri bortli metall konstruksiya ko'rinishida bo'ladi. Kuzov asosining ko'ndalang to'sini, ag'dargich uchun sharnirli tayanchlar blian ta'minlangan. Kuzovning o'rta qismiga, ko'ndalang to'sinlar orasiga, ko'tarish mexanizmi uchun tayanch vazifasini o'tovchi, qo'shimcha bo'ylama qisqa to'sinlar payvandlab qo'yiladi.
Samosval-avlomobillarda, avtomobil dvigatelidan quvvat olish qutisi orqali harakatga keltiruvchi, gidravlik ko'tarish mexanizmlari keng tarqalgan. Kuzovni ko'tarish uchun gidravlikaning qo'llanilishi kuzovni ko'tarish va tushirishga kam vaqt (10-25 soniya) sarflanishi, shuningdek, bunday mexanizmlarning ishonchliligini yuqori bo'lishi bilan tushintiriladi.
Gidravlik ko'tarish mexanizmi (138-chizma) teleskopsimon silindr (1), shesternali moy nasosi (6), boshqarish krani (5), quvvat olish qutisi (4), moy baki (2) va quvuryo'llardan (7) iborat. Quvvat olish qutisi, moy nasosi va boshqarish krani bilan konstruktiv jihatdan birlashtirilgan. U uzatmalar qutisining karteriga joylashtirilgan va uzatmalar qutisidagi orqaga yurisb shesternalari blokidan harakat
Gidravlik ko'tarish mexanizmi.
Ko'tarish mexanizmi richagni (3) o'ngga surish bilan ishga tushadi. Bunda. richag o'qiga o'rnatilgan shesterna, orqaga yurish shesternalar bloki bilan ilashadi va moy nasosi moyni bakdan silindrga hayday boshlaydi. Shesternalar zarbsiz ulanishi uchun ilashma oldindan ajratib turiladi. Teleskopsimon silindrning zvenolari moy bosimi ostida kerma-ket suriladi va kuzovni ko'taradi. Ko'tarishni tugatish paytida quvvat olish qutisini boshqaruvchi richag neytral holatga o'tkaziladi va ko'tarilish to'xtaydi, silindr esa surilgan hotatida qoladi.
Kuzovni tushirish uchun richag neytral holatdan chap tomonga o'tkaziladi. Oqibatda boshqarish kranidagi zolotnik surilib, haydash quvuryo'lini qaytish quvuryo'li bilan tutashtiradi va silindrdagi bosim pasayadi. Kuzovning gidrosilindr shtokiga tushayotgan og'irligi hisobiga gidrosilindr zvenolari silindr bo'shlig'idagi suyuqlikni bakka siqib chiqargan holda pastga suriladi. Kuzov asta-sekin pastga tushadi va gorizontal holatni egallaydi.
Download 102.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling