Moylash tizimining tuzilishi
Download 40.83 Kb.
|
MOYLASH TIZIMINING TUZILISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 23-chizma. Moy nasosining shakli
- 2 4-chizma. KaMA3-740 dizelning moy nasosi
MOYLASH TIZIMINING TUZILISHI R E J A . 1. Moy nasosining tuzilishi va ishlashi. 2. Moy filtrlari. Dag’al va mayin tozalash filtrining tuzilishi va vazifasi 3. Markazdan qochma moy nasosi. M oy nasosi bosim hosil qiladi va moylash tizimida moyning aylanishini ta'minlaydi. Avtomobil dvigatellari uchun, odatda, shesternali moy nasoslari qo'llaruladi. Nasosning asosiy elementlari o'zaro ilashishda bo'lgan (8,10) shesternalardir (23-chizma). Shesterna (10) tirsakli valdan harakat oladigan valga (11) shponka qo'yib o'tkazilgan. Yetaklanuvchi shesterna (8) nasos korpusiga zichlab o'tkazilgan o'qda (7) erkin aylana oladi. Ikkala shesterna korpusda juda kichkina (korpus bilan tishlarning cho'qqilari va yon sirtlari orasidagi) tirqish bilan aylanadi. 23-chizma. Moy nasosining shakli: 1-korpus; 2-haydash bo'shlig'i; 3-kanal; 4-klapan zoldiri, 5-prujina; 6-rostlash vinti; 7-yetaklanuvchi shesterna o'qi; 8- yetaklanuvchi shesterna; 9-so'rishbo'shligi; 10-yetaklovchi shesterna; 11-val. Shesternalar aylanganda o'z tishlari orasidagi botiqliklarda moyni so'rish bo'shlig'idan (9) haydash bo'shlig'iga (2) olib o'tadi, u yerda moy tishlar ilashganda, botiqlikdan siqib chiqariladi. Moy kanal (3) orqali moylash tizimiga kelib tushadi. Moyning tizimdagi yuqori (maksimal) bosimi (0,3 - 0,9 MPa) reduksion klapan yordamida cheklanadi. Tarmoqdagi bosim belgilangan chegaraga yetganda klapan zoldiri prujinani siqadi va moyning bir qismi so'rish bo'shlig'iga yoki dvigatel karteriga oqib o'ta boshlaydi. Shu taxlitda tizimdagi moy bosimining ortib ketishiga yo'l qo'yilmaydi. 24-chizmada KaMAZ dizelining shesternali ikki seksiyali moy nasosi silindrlar blokining pastki tekisligiga mahkamlanadi. Baland shesternali seksiya moyni dvigatelning asosiy magistraliga jo'natadi va u haydash seksiyasi deyiladi. 2 4-chizma. KaMA3-740 dizelning moy nasosi: 1-yuritma shesternasi; 2-haydash seksiyasi kor-pusi; 3-haydash seksiya-sining yetaklovchi shes-ternasi; 4-oraliq detal (pristavka); 5-radiator seksiyasining shester-nasi; 6-radiator seksi-yasining korpusi; 7-radiator sek-siyasining yetaklanuvchi shester-nasi; 8-haydash seksiya-sining yetaklanuvchi shesternyasi; 9-haydash seksiyasining saqlagich klapani; 10-qopqoq; 11-differen-sial klapan; 12-radiator seksiyasining saqlagich klapani; 13-rostlash shaybalari. Seksiyalar (2,6) korpusiga 0,8 - 0,85 MPa bosimida ochilishga rostlangan saqlagich klapanlari o'rnatilgan. Asosiy magistraldagi bosimni cheklovchi differensial klapan haydash seksiyasi korpusiga joylashtirilgan. U 0,4-0,45MPa bosimda ochilishga rostlangan. Moy filtrlari muhim ahamiyatga ega. Chunki, ular moyni metall zarrachalari (yeyilish qurumlari), qurum, smola va changlardan tozalaydi. Moy yetarli darajada tozalanmasa, dvigatelning ishqalanuvchi detallari tez yeyiladi. Moy qabul qilgichning to'rsimon filtri, moyni nasosga kirishidan oldin dastlabki tozalovdan o'tkazadi. Nasosdan chiqqan moy dag'al, mayin va markazdan qochma tozalash filtrlarida qisman yoki to'la (to'la oqimli filtrlarda) tozalanadi. Bu filtrlar moylash tizimining konstruksiyalariga qarab turlicha biriktirishlarda o'rnatiladi. Plastina-tirqishli dag'al tozalash filtrining filtrlovchi elementi, qalinligi 0,1 mm atrofidagi oraliq plastinalar bilan bir-biridan ajratilib, bir o'qqa yig'ilgan (metall) filtrlash plastinalari to'plamidan iborat. Mayin tozalash filtri qog'ozdan yoki filtrlovchi massa to'ldirilgan karkasdan iborat bo'lgan almashtiriladigan filtrlash elementiga ega. Moyni markazdan qochma usuli bilan mayin tozalovchi filtrlar - sentrifugalardir. Ko'plab dvigatellarda moyni tirsakli valdagi shatun bo'yni kovaklarida qo'shimcha ravishda tozalanadi. Tirsakli valning aylanishidan yuzaga kelgan markazdan qochma kuch ta'sirida moydagi begona zarrachalar bo'shliq devorlari tomon otilib ketadi va o'sha yerga o'tirib qoladi. Ulardan ozod bo'lgan moy esa shatun podshipniklariga yo'naladi. KaMAZ dizelining to'la oqimli moy filtri (25-chizma) qopqoq (1), ikkita filtrlovchi element (2) va ikkita qalpoqdan (4) iborat. Qalpoqlar qopqoq bilan markaziy o'zaklar (sterjenlar) yordamida biriktiriladi va rezina qistirmalar (3) bilan zichlanadi. Filtrlovchi element yog'och uni va bog'lovchi moddalardan iborat massa to'ldirilgan karkas ko'rinishida yasalgan. Qopqoqda moy uchun kanallar, shuningdek, filtrlovchi element juda kirlanib ketganda moyni uning yonidan o'tkazib yuboruvchi klapan joylashgan. Download 40.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling