Moylash tizimining tuzilishi


-chizma. To'la oqimli moy filtri (KaMAZ)


Download 40.83 Kb.
bet2/3
Sana24.02.2023
Hajmi40.83 Kb.
#1226881
1   2   3
Bog'liq
MOYLASH TIZIMINING TUZILISHI

2 5-chizma. To'la oqimli moy filtri (KaMAZ):
1- qopqoq; 2-filtrlovchi element; 3-qistirma; 4-qalpoq.
Yengil avtomobillar dvigatellarida qismlarga ajralmaydigan (VAZ avtomobillari) yoki almashtiriladigan qog'oz elementli ("Volga" va AZLK avtomobillari) to'la oqimli filtrlar qo'llaruladi. VAZ dvigatellarining qismlarga ajralmaydigan to'la oqimli moy filtri (26-chizma) po'lat korpus va viskozadan (sun'iy tola) ichqo'ymasi bo'lgan qog'ozli filtrlov­chi elementdan iborat.


26-chizma. Moy filtri (BA3):
1-korpus; 2-filtrlovchi element; 3-o'tqazish
klapani; 4-prujina; 5,6-tozalangan va
tazalanmagan moylarbo'shlig'i; 7-drenajga
qarshi klapan; 8-rezbali teshik;
9--tozalanmagan moy o'tuvchi teshik. 10-qistirma.

Filtr silindrlar blokidagi moy magistralining shtutseriga rezbali teshigi bilan burab o'rnatiladi va qistirma vositasida zichlanadi. Nasosdan moy bo'shliqqa keladi va filtrlovchi elementning juda kichik teshiklaridan o'tib, bo'shliqqa tushadi va u yerdan silindrlar blokidagi asosiy moy kanaliga yo’l oladi. Agar filtrlovchi element juda kirlanib ketsa, u holda o’tkazuychi klapan ochiladi va shu yerdan tozalanmagan moy filtrlovchi elementni chetlab o'tib, asosiy moy kanaliga yo'naladi.


M arkazdan qochma moy tozalash filtri (sentrifuga) KaMAZ, ZIL-130 va ZMZ-53 dvigatellarining moylash tizimlarida mavjud. ZMZ-53 dvigatelining markazdan qochma moy tozalash filtrlariga (27-chizma) moy nasosdan rotorning ichi kovak o'qi orqali kirib keladi. Qalpoq ostidagi bo'shliqdan esa filtrlovchi to'r va jiklyorlar orqali o'tib, filtr korpusining bo'shlig'iga tushadi va u yerdan karter poddoniga oqib ketadi. Ikkita jiklyordan oqib tushayotgan moy oqimining reaksiyasi ta'sirida plastmassa rotor shitob bilan aylanma harakatga keladi. Buning oqibatida kir va cho'kmalarning og'ir zarrachalari qalpoq devorining ichki yuzalariga otib yuboriladi va ular o'sha yerda o'tirib qoladilar.
Markazdan qochma tozalash filtrining afzalligi shundan iboratki, u birinchi navbatda og'ir aralashmalarni, ya'ni zichligi yuqori bo'lgan zarrachalarni ushlab qoladi. Ushbu filtming qanday ishlashini dvigatel to'xtagandan so'ng, rotorning aylanishini eshitish bilan (qisqa vaqt mobaynida) oson va ishonchli ravishda tekshirish mumkin.
Moy radiatori - qizigan detallar bilan to'qnashishi natijasida isib ketgan moyni sovitishga mo'ljallangan. Yengil avtomobillar dvigatellarida poddonning havo bilan puflanishi va karterning shamollatilishi moyni yetarh darajada sovitilishini ta'minlaydi.

Download 40.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling