ТАРИХ
I variant
1. Temuriylar saltanati ikki mustaqil qismlarga ajralib ketgan yillarni aniqlang.
A) 1409, 1451-yillar B) 1409, 1469-yillar
C) 1412, 1469-yillar D) 1451, 1457-yillar
2. Xiva xonlaridan qay biri cheksiz qozoq cho’llarining Rossiya imperiyasi va Xiva xonligi o’rtasida bir-birini ajratib turuvchi hudud bo’lib qolishi uchun astoydil harakat qilgan?
A) Olloqulixon B) Rahimqulixon
C) Sherg’ozixon D) Muhammad Rahimxon I
3. Volga va Ural daryolari oralig’ida yashovchi bijanaklar hududini zabt etgan qipchoqlar qayerdan kelishgan edi ?
A) Irtish daryosi bo’ylaridan
B) Boshqird ulusi chegaralaridan
C) Janubiy Rus dashtlaridan
D) Volgaorti hududlaridan
4. Quyidagi o’zbek xonliklarining muntazam qo’shini qanday nom bilan yuritilganilgini muvofiqlashtiring.
1. Buxoro amirligi a) “ navkariya “
2. Xiva xonligi b) “ askariya “
3. Qo’qon xonligi d) “ xon navkarlari “
A) 1-b, 2-a, 3-d B) 1-a, 2-b, 3-d
C) 1-a, 2-d, 3-b D) 1-d, 2-a, 3-b
5. Nima sababdan Subxonqulixon tomonidan Xiva xoni Anushaxonga qarshi fitna uyushtirilgan ?
A) Xiva xonligini Buxoroga qoshib olish uchun
B) Anushaxon tomonidan Buxoro shaharlari vayron qilindi. Shu munosabat bilan qasos olish uchun
C) Anushaxonning xazinasiga ega bo’lish maqsadida
D) Xiva xonligining harbiy harakatlariga chek qo’yish uchun
6. Manchjurlar yetakchisi Abaxay o’zini imperator deb e’lon qilingan yili……
A) Koreya qiroli o’zini manchjurlarning vassal deb tan oldi
B) Manchjurlarning Koreyaga bostirib kirishi oqibatida Koreya hukumati Kanxva oroliga ko’chib o’tdi
C) Manchjurlar Koreyaga bostirib kirib Seulni egallashga muvaffaq bo’lishdi
D) Xitoy va Rossiya o’rtasida Nercha shartnomasi imzolandi
7. Fransiyada 1789-yilgi inqilob natijasida hokimiyat tepasiga kelgan savdo-sanoat burjuaziyasiqaysi buyuk davlat boshqaruvining tarafdori edi?
A) AQSH B) Rossiya
C) Buyuk Britaniya D) Germaniya
Do'stlaringiz bilan baham: |