Iii. Xulosa. Kirish Asosiy tayanch termin va tushunchalar


ekvatorda 50 sm ga, ? kenliklarda


Download 151 Kb.
bet2/2
Sana09.03.2023
Hajmi151 Kb.
#1255482
1   2
Bog'liq
Geografik qobiqdagi ritmiklik qonuniyatlari.22

ekvatorda 50 sm ga, ? kenliklarda
Xulosa
Atmosferadagi qalqish jarayonlari uning umumiy sirkulyatsiyasida muhim ahamiyarga ega. Quyosh ham qalqishlarga sabab bo`ladi, ammo uning qalqish hosil qiluvchi kuchi Oyning qalqish hosil qiluvchi kuchining atigi 0,46 qismini tashkil etadi. Yer, Oy va Quyoshning o`zaro joylanishi holatiga bog`liq holda Oy va Quyoshning bir paytdagi ta’sirida vujudga keladigan qalqishlar bir-birini yo kuchaytiradi, yoki susaytiradi. Astronomik xususiyatli  1800 – 1 900 yllik namlanish ritmlari salqin va nam fazadan boshlanadi, keyin muzlanish kuchayadi, oqim oshadi, ko`llarning sathi ko`tariladi, daryo va ko`llar sayozlashadi. Bu ritmlar tabiat zonalarini kenglik bo`yicha 2-30 ga siljishiga sabab bo`ladi. Ma’lum bo`lgan ritmlar orasida geologik ritmlar eng uzoq davom etadigan ritmlardir. Ularning xususiyatlari yetarli o`rganilganicha yo`q. Eng avvalo geologik jarayonlarda namoyon bo`ladigan bu ritmlar ham astronomik omillar bilan bog`liq. Galaktika yili (Quyosh sistemasining galaktika o`qi atofini to`liq aylanib chiqish vaqti) bilan taqqoslanadigan tektonik sikllar geologik ritmlarga misol bo`ladi. Yerning rivojlanishida to`rtta asosiy: kaledon (paleozoyning birinchi yarmi), gersin (paleozoyning ikkinchi yarmi), mezozoy va alp (kaynazoy) sikllari ajratiladi. Har bir siklning boshida dengiz transgressiyalari, nisbatan bir xil iqlim bo`lgan; sikl kuchli tog` hosil qiluvchi harakatlar, quruqlikning kengayishi, iqlim tafovutlarining kuchayishi, organik olamdagi katta o`zgarishlar bilan yakun topgan. Tabiatdagi ritmik hodisalar va ularning sabablarini o`rganish tabiiy jarayonlarning kechishini bashorat qilishga imkon yaratadi. Tabiiy ofatlar (qurg`oqchillik, toshqinlar, zilzilalar, ko`chkilar, o`pirilmalar)ga sabab bo`ladigan hodisalarning bashoratlari ayniqsa ahamiyatlidir. Geografik qobiq mavjudligining qonuniytlarini bilish tabiatdagi tendesiyalarni ochib berish, tabiiy jarayonlarning yo`nalishiga aralashganda ularni e’tiborga olish, tabiatni xilma-xil o`zgartirishning oqibatlarini oldindan bilishga imkon beradi.


1 Ersted (E) – magnit maydoni kuchlanishining o`lchovi; 1 E = 79,5775 A/m.

Download 151 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling