Iii. Xulosa. Kirish Asosiy tayanch termin va tushunchalar
Download 151 Kb.
|
1 2
Bog'liqGeografik qobiqdagi ritmiklik qonuniyatlari.22
- Bu sahifa navigatsiya:
- QABUL QILDI
- III.Xulosa. Kirish Asosiy tayanch termin va tushunchalar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI__________________________ Fanidan MUSTAQIL ISH Mavzu:_____________________________________________ BAJARDI: _______ talabasi _____________________. QABUL QILDI: _____________________. TOSHKENT-2022 Mavzu:Geografik qobiqdagi ritmiklik qonuniyatlari. Reja: I.Kirish. II.Asosiy qisim. Geografik qobiq tabiatida ritmiklik. Davriy va siklli ritmlar. Ritmik hodisalar geografik qobiqdagi aylanma harakatlarning o`ziga xos boshqa bir ko`rinishini ekanligi. Ritmiklikning sabablari va shakllari. Heliofizikaviy ritmlar. Astronomik xususiyatli ritmlar. III.Xulosa. Kirish Asosiy tayanch termin va tushunchalar: ritm, rimiklik, davriy va siklli ritmlar, Quyosh faolligi, heliofizikaviy ritmlar, asriy ritmlar, astronomik xususiyatli ritmlar. Geografik qobiqning faoliyati va rivojlanishini o`rganishda undagi ichki va tashqi omillarga bog`liq bo`lgan hodisalarning ritmikligini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Har safar bir yo`nalishda rivojlanadigan o`xshash hodisalarning zamonda takrorlanishi ritmiklik deyiladi va u geografik qobiqning muhim qonuniyatlaridan biri hisoblanadi. Y.Brikner (1890) tabiat hodisalari ritmikasi to`g`risidagi ta’limotning asoschisi hisoblanadi. Bu konsepsiyani ishlab chiqishga O.Petterson (1922), V.B.Shostakovich (1934), M.Milankovich (1939), A.V.Shnitnikov (1949,1957), G.K.Tushinskiy (1966) va boshqa olimlar katta hissa qo`shganlar. Ritmiklik – jonli va jonsiz tabiatning chambarchas o`zaro ta’sirining yana bir oqibatidir. Tabiatda barcha joyda kun va tunning almashinishi, okeanning qalqishi, Oy fazalari, yil fasllarining almashinishi, Quyosh faolligining davriy ortishi, geologik jarayonlarning siklliligi va boshqa tebranma jarayonlar tarqalgan. Ritmiklik atmosfera jarayonlarida (harorat,yog`inlar, atmosfera bosimi va b.), hidrosferaning rivojlanishida ( daryolar sersuvligining, ko`llar sathining tebranishida0, quruqlikdagi muzliklarningrivojlanishida va dengizlar muzligining o`zgarishida, degiz transgressiyalari (quruqlikka bosib kelishi) va regressiyalarida (chekinishi) turli biologik jarayonlarda (o`simliklarning rivojlanishi, hayvonlarning ko`payishi), tog`larning hosil bo`lishida aniqlangan. Geografik qobiq uchun xos bo`lgan hodisalar ritmikasini uning rivojlanishining spiralsimon sajiyasining namoyon bo`lishiga bog`liq holda qarash to`g`ri bo`ladi. Ritmik hodisalar geografik qobiqdagi aylanma harakatlarning o`ziga xos boshqa bir ko`rinishini tashkil etadi. Geografik qobiqda nisbiy takrorlanishning ifodasi, bir sifat holatidan boshqasiga o`tish sifatidagi ritmik hodisalarning mavjudligi unda kontinuallik (uzuqsizlik) bilan bir qatorda diskretlik (uzuqlik)ning ham mavjudligini ko`rsatadi. Geografik qobiqdagi rivojlanishning kontinualligi va diskretligi dialektik birlikda bo`1adi, ammo bu birlikda kontinuallik ustivor ahamiyatga ega. Tabiatda ritmiklik ikki xil – davriylik va sikllik shaklida ro`y beradi. Hodisalarning ritmikligi ularning muayyan aniq bir vaqtda takrorlanishini anglatmaydi. Har bir navbatdagi o`xshash hodisa o`zidan oldin sodir bo`lgan hodisadan mohiyatiga ko`ra farq qiladi va shu sababli rivojlanish bo`ladi.Takrorlanayotgan o`xshash hodisalarning oraliq davri turlicha bo`lishi mumkin. Shu sababli ular davriy va siklli shakllarga ajratiladi. Nisbatan bir xil vaqt davomida takrorlanadigan tabiiy hodisalar (Yerning o`z o`qi atrofida aylanishi natijasida kun va tunning almashinish davri, Quyosh atrofida aylanish natijasida fasllarning almashinish davri) davriy ritmlar deyiladi. Tabiatda kunlik va yillik ritmlarni bevosita kuzatish mumkin va ularning sabablari ham aniq. Turli xil vaqt davomida takrorlanadigan ritmlar (iqlimning tebranishi, muzliklarning bosib kelishi va chekinishi) sikllik yoki siklli ritmlar deyiladi. Siklli ritm deb har qanday tabiiy jarayonning muayyan vaqtdan so`ng dastlabki (boshlang`ich) holatiga aynan o`xshash bo`lmagan, ammo unga yaqin holatga qaytishiga aytiladi (masalan, tektonik rimlar 190 – 200 mln. yil davom etadi). Shundan so`ng o`zgarishlarning davomiyligi va izchilligiga ko`ra (ammo hamma vaqt ham amplitudasiga ko`ra emas) oldingisini eslatadigan yangi sikl boshlanadi. Davom etish vaqtiga ko`ra kunlik, yillik, asriy (bir necha yildan bir necha o`n yillargacha), ko`p asrlik, o`ta ko`p asrlik (ming yillar, o`nlab va yuzlab ming yillar), geologik (million yillar) ritmlar farqlanadi. Geografik qobiqdagi ritmlar turli xil sabablarga ko`ra sodir bo`ladi. Yerning o`z o`qi, Quyosh atrofida va boshqa harakatlari geografik qobiqda ritmli hodisalarga, ayrim jarayonlarning ritmik yo`nalishiga sabab bo`ladi. Ko`pgina ritmlar aniq ifodalanmagan, ularning yuzaga keltiruvchi sabablar ham noaniq. Geografik qobiqdagi ritmlarning aksaryat qismi Quyosh faolligining o`zgarishlariga bog`liq va bunday ritmlar heliofizikaviy ritmlar deyiladi. XVII asrdayoq G. Galiley, I. Fabritsius, X. Sheyner, T. Garriot Quyosda qora dog`larni topganlar. Quyoshdagi jarayonlar rentgen, issiqlik va radionurlanishni hosil qiladi. Quyosh Yerga energiyaning elektromagnit to`lqinlari (radiatsiya) va Quyosh shamoli ko`rinishidagi ikki oqimini yo`naltiradi. Quyosh shamoli Yerdan protuberanetslar ko`rinishida kuzatiladigan Quyosh chaqnashlari paytida Koinotga elementar zarralar va juda yuqori haroratlargacha qizigan, juda katta o`tkazuvchanlikka ega bo`lgan siyrak ionlashgan gazlarni, ya’ni plazma shaklidagi juda katta miqdordagi moddalarni tarqatadi. Quyoshdagi portlashlar paytida chiqariladigan gaz massasi Quyoshga qaytmaydi, balki barcha tomonga qarab uzoqlashishini davom ettiradi. Bu gazlar sayyoralararo fazoni to`ldiradi va sayyoralarning tortish doirasiga kirib boradi. Moddalarning bu oqimi Quyoshdan juda katta tezlikda tarqaladi va muayyan ichki tuzilmaga ega. Bevosita astrofizikaviy kuzatishlar Quyoshdan plazmaning ajralishi va korpuskulalar oqimining kuchli tarqalishi xromosfera chaqnashlari va faol protuberanetslarni tashlanishi paytida sodir bo`lishini ko`rsatadi. Bu paytda Quyosh toji Koinotda 15 km/sek ga yaqin tezlikda kengayadi va Quyoshdan tobora oshib boradigan tezlikda uzoqlashgandek bo`ladi. Quyosh tojidan korpuskulalar va plazmalar 300 – 400 km/sek dan 800 km/sek.gacha tezlikda uzluksiz tarqaladi. Plazmalarning bunday tarqalishi Quyosh shamoli deb nom olgan. Quyoshdagi chaqnashlar paytida fazoga tezligi 2 000 km/sek bo`lgan korpuskulalarning tor oqimi yo`naladi va ular Yergacha yetib keladi. Quyosh shamoli – Yer atrofida sodir bo`ladigan ko`pgina jarayonlar bog`liq bo`lgan muhim Koinot oqimlaridan biridir. Quyosh atmosferasining asosiy qatlamlari – fotosfera, xromosfera va toj doimo barqaror holatda bo`lmaydi hamda ularning dinamik holati (gazlar holatining intensivligi), shakli va chegaralari o`zgarib turadi. Bu hodisalarning barchasi Quyosh faolligi deyiladi va ular muayyan izchillikda qonuniy rivojlanadi. Bunday dinamik hodisalar fotosferada dastavval granulyatsiya shaklida ifodalanadi. Bu hodisa doimiy bo`lib, zamonda uzluksiz sodir bo`ladi, ayrim granulalarning “hayoti” minutlarda ifodalanadi. Quyosh gardishining chekkasida mash’alalar yaraqlab turadi va mash’alali maydonchalar hosil bo`ladi. Mash’alalar Quyosh ekvatorining har ikkala tomonida 50 - 550 kengliklargacha uchraydi. Ularning chiziqli o`lchamlari o`nlab kilometrlardan bir necha yuz ming kilometrlargacha cho`zilgan. Shu bilan bir qatorda yuqoriroq kengliklarda ba’zan qutbiy mash’alalar – ko`lami 1000 km gacha bo`lgan qisqa muddatli hosilalar paydo bo`ladi. Mash’alali maydonchalar bilan tez-tez izotermik shakldagi qora hosilalar – Quyosh dog`lari bog`liq bo`ladi. Odatda bu kuchli magnit maydonlari sohalarining intensivligi 5 000 E ga1 yetishi mumkin. Bu joylarda moddalarning harakati sekinlashgan, ya’ni turbulent issiqlik almashuvi (aralashuvi) susaygan. Buning natijasida haroratlar nisbatan pastroq bo`lgan mash’alali maydonchada ular qoramtirroq ko`rinadi. Dog`larning soya deb ataladigan markaziy qismida kuch chiziqlari Quyosh yuzasiga deyarli perpendikulyar, chetki sohalarda esa ular deyarli gorizontal holatda bo`ladi. Odatda Quyosh dog`lari ekvatorning har ikkala tomonida 50 dan 450 gacha guruh-guruh bo`lib joylashadi. Ular bir necha soatlardan bir necha oylargacha mavjud bo`ladi. Ba’zan dog`lar ancha kichikroq ko`lamlarga ega. Dog`larning guruhlari sekin-asta rivojlanadi. Guruhda dog`larning maydoni va soni muayyan kattalikka yetguniga qadar orta boradi, so`ngra guruh buzila boshlaydi: dastlab oxirgi beqaror dog`lar, keyinroq yetakchi dog`larning maydoni yo`qoladi. Bu hosilalar elektromagnitli bo`lib, ular uniqutbiy, qutbiy yoki biqytbiy bo`lishi mumkin. Uniqutbiy elektromagnit hosilalarda magnitning faqat qutbi yuzaga chiqadi, ko`proq uchraydigan biqutbiy hosilalarda magnit chiziqlari ikki dog`ni bog`lab turadi va bu dog`larning magnit maydonlarining belgilari har xil. Nihoyat, miltiqutbiy maydonlar – dog`larning bir guruhi doirasida magnit maydonlarining murakkab quramasi ham uchraydi. Elektromagnit maydonlari vaqt o`tishi bilan almashadi. Bu jarayonlar shakllanishning boshida va guruh parchalanishining oxirida juda tez, bu davrlar orasida esa ozmi-ko`pmi sekin-asta sodir bo`ladi. Quyosh faolligining yuqorida tavsiflangan hodisalari fotosferada ham, uning yuzasida ham namoyon bo`ladi. Ammo xromosferada Quyosh faolligi boshqacharoq ifodalanadi. Unda protuberanetslar va xromosfera chaqnashlari sodir bo`ladi. Xromosfera chaqnashlari - Quyosh faolligining kuchli namoyon bo`lishidir. Xromosfera chaqnashlari vodorod, ikki karra ionlashgan kaltsiy va, shuningdek, bir karra ionlashgan va neytral geliy chiziqlaridir. Xromosferada harorat fotosferadagiga nisbatan ancha yuqori bo`ladi. chaqnashlarning yuqori chegarasi 10 000 km gacha yetishi mumkin. Bunday chaqnashlar xromosferaning nisbatan uncha katta bo`lmagan sohasini ishg`ol etadi. Quyosh faolligining eng avj shakli Quyosh Koinot nurlarini tarqatish bilan bir paytda sodir bo`ladigan proton chaqmoqlaridir. Bu chaqmoqlar izchillikda sodir bo`lsa kerak. Dastlab Quyosh gardishida bir nechta charaqlagan tugunlar paydo bo`ladi. 10-15 minutdan so`ng ular o`sib borib charaqlagan chiziq (rishta)ni hosil qiladi. So`ngra xromosfera limbi (doirasi)da 10 – 15 km/sek tezlikda kengayadigan “chaqmoq tepachalari” rivojlanadi. Taxminan 30 minutdan so`ng limbda yaraqlagan chaqnash sodir bo`ladi. U 10 km/sek ga yaqin tezlikda kengayadi. Uning kengayayotgan chizig`i bunday holda tigunsimon shaklga ega bo`ladi. Shundan taqriban 50 minut o`tgach gardish ustida 5 - 10 km/sek tezlikda kengayadigan tugunsimon tola yaqqol kuzatiladi. So`ngra chaqmoq eng kuchli yaraqlash holatiga yetadi va bir-biriga parallel 5 km/sek ga yaqin tezlikda ajralayotgan ikkita chiziqqa bo`linadi. Taqriban 3 soatdan keyin gardishdagi chaqmoq yo`qoladi, limb ustidagi tugunlarning yorug`ligi susayadi va ular 2 km/sek tezlikda kengaya borib, asta-sekin parchalanadi; 12 soatdan keyin esa ular batamom yo`qoladi. Elektromagnit maydonlari vaqt o`tishi bilan almashadi. Bu jarayonlar shakllanishning boshida va guruh parchalanishining oxirida juda tez, bu davrlar orasida esa ozmi-ko`pmi sekin-asta sodir bo`ladi. Quyosh faolligining yuqorida tavsiflangan hodisalari fotosferada ham, uning yuzasida ham namoyon bo`ladi. Ammo xromosferada Quyosh faolligi boshqacharoq ifodalanadi. Unda protuberanetslar va xromosfera chaqnashlari sodir bo`ladi. Tojda Quyosh faolligi namoyon bo`lishining o`ziga xos hosilalarda shakllari - sariq yoki yashil rangda yaxshi ko`rinadigan toj to`yinmalari (kondensatsiyalari)dir. Bunday to`yinmalar tojning boshqa joylaridan moddalarning zichlashuvi, elektronlar va yuqori haroratning ortiqcha to`planishi bilan farq qiladi. Radioto`lqinlarni nurlantiruchi bu to`yinmalarni oson topish va aniqlash mumkin. Quyosh faolligining yuqorida aytilgan barcha shakllari paydo bo`lishiga ko`ra o`zaro bog`liq, ammo bu bog`liqlikning mexanizmi hozircha aniq emas. Quyosh faolligining barcha shakllari Quyosh atmosferasining turli sohalarida va qatlamlarida bo`lsada, ular Quyosh gardishining cheklangan sohalarida rivojlanadi va muayyan sikllikka, shaklining almashinuvining qonuniy izchilligi va intensivligiga ega. Quyoshning bunday sohalari faollik markazlari deb nom olgan. Ularning rivojlanishining izchilligi quyidagi bosqichlarda namoyon bo`ladi: I bosqichda biqutbiy magnit maydonlari va deyarli bir xil kattalikdagi mash’alali maydonchalar vujudga keladi. Deyarli bir paytda bu maydonchalar ustida toj toyininshlarri hosil bo`ladi. Bu bosqich bir necha soatdan bir necha kungacha cho`ziladi. II bosqich davomida dog`lar guiruhlari hosil bo`ladi. Toj toyinishlari rivojlanadi. Xromosfera chaqmoqlari (chaqnashlari) va tinch protuberanetslar vujudga keladi. Bu bosqich bir necha haftadan bir necha oygacha davom etadi. III bosqichda esa protuberanetslarning eng katta rivojlanishi sodir bo`ladi. Ba’zan bu davrga Quyosh toji nurlarining rivojlanishi ham bog`liq bo`ladi. Biqutbiy magnit sohasi buziladi, ba’zan uniqutbiy sohasi bilan almashinadi, ya’ni magnit qutblaridan birining Quyosh ichkarisiga cho`kishi sodir bo`ladi. Bu yakuniy bosqich bir necha oy davom etadi. Quyosh faolligining namoyon bo`lishini ifodalovchi qonuniyatlar birin - ketin sodir bo`ladi. Bunda ularning intensivligi 2 ta har xil belgilar bilan ifodalanishi mumkin. Ulardan ba’zi bir xillari hodisa tezligining ko`rsatkichlari (indekslari) bilan, boshqlari esa ulaning quvvatining ko`rsatkichlari bilan ifodalanadi. Har ikkala belgilarga ko`ra Quyosh faolligining kuchayishi va kuchsizlanishining muayyan davriyligi mavjud ekanligi aniqlangan. Siklning o`rtacha davom etish muddati 11 yil, ammo ayrim sikllar o`rtachadan ancha farq qiladi va 7 yildan 17 yilgacha bo`ladi. Shvabe – Volf sikli deb nom olgan har bir sikl davomida dog`lar hosil bo`lish mintaqasi sekin-asta ekvatorga siljiydi. Dog`larning eng katta miqdori bo`lgan paytda bu mintaqa kengayadi va eng kam miqdorga yaqinlashgan sari ekvatorga tiqilib borib, yana torayadi. Ammo sikllarning davom etishi muddatiga ko`ra bir-biriga to`g`ri kelmaydi. Quyoshning magnit maydonlarini o`rganish davomida yana bir siklning mavjudligi aniqlangan. Kuchli apparaturalarning yaratilishi bilan 1910-yilda biri boshqasidan keyin bo`ladigan (“yetakchi” va “yetaklanuvchi”) 2 ta dog` qarama-qarshi qutblarga ega ekanligi aniqlandi. Bunda shimoliy yarim sharda barcha yetakchi dog`lar musbat qutbiylikka, janubiy yarim sharda esa manfiy qutbiylikka ega. 1913-yilda muhim kashfiyot qilindi: har bir Shvabe – Volf siklining to`gashi bilan yetakchi dog`larning qutbiyligi har ikkala yarim sharda almashinadi. Shu sabali to`liq sikl, ya’ni muayyan yarim shardagi “yetakchi” dog`lar magnit maydoni vektorining yo`nalishi bo`yicha aylanishi bilan Quyosh dog`larining ikki eng ko`p miqdorining (Shvabe – Volf siklining) vujudga kelish vaqti ikki marta ko`payadi, ya’ni o`rtacha 22 yil bo`ladi. Bu sikl yigirma ikki yillik magnit sikli deb nom olgan. Heliofizikaviy ritmlarga 11 yillik, 22-23 yillik, 80-90 yillik ritmlar mansub. Bu ritmlar iqlimning o`zgarishida, dengizlarning muzlanish darajasida, o`simliklar o`sishi intensivligining o`zgarishlarida va rivojlanish fazalarining almashinuvida, vulkanlar faolligining ozgarishlarida va boshqa hodisalarda namoyon bo`ladi. Quyosh faolligining 11 yillik ritmlari bilan Yerdagi tabiiy jarayonlarning faollashuvi bog`liq. Yer magnit maydonining qutblariga tomon Koinot nurlarini qiyalashtirishi sababli 11 yillik ritmlar qutbyoni va mu’tadil kengliklarda ayniqsa yaqqolroq namoyon bo`ladi. Quyosh faolligi 11-yillik davrlari bilan atmosferadagi elektrik va magnit hodisalari nafaqat iqlimga, balki barcha jonli organizmlarga ham katta ta’sir ko`rsatadi. Quyosh faolligining nisbatan qisqa muddatli sikllaridan tashqari uzoqroq muddatli – har 80 – 90 yilda, 300 yilda, 600 yilda, 900 yilda takrorlanadigan sikllar ham mavjud. Bunday sikllar Quyosh faolligi namoyon bo`lishi quvvatining siklli o`zgarishlarida ifodalanadi.Bundan tashqari, Quyosh faolligining davriyligi ham mavjud bo`lib, u 200 mln. Yilga teng bo`lib, “sovuq” davrlar o`rtacha har 10 mln. yilda takrorlanadi. Yerdagi muzlanishlar ham shu davrlar bilan korrelyatsiya qiladi. Agar shunday sabab-oqibat aloqa mavjud bo`lsa, biz muzlik davrida, qisqa muzliklaro davrda yashayotirmiz (Krut, 1988). Quyosh faolligi uning yuzasida muayyan vaqtda ko`rinadigan dog`larning umumiy maydoniga proporsional bo`lgan Volf sonlari bilan o`lchanadi. Heliofizika sohasining olimlari dog`larning geosamaradorligi va u bilan bog`liq bo`lgan korpuskulyar indeksini. Korpuskulyar radiatsiya indeksini hisoblashda nafaqat Quyoshdagi dog`larnig soni, balki ularning joylanishi ham e’tiborga olinadi. Yillik va kunlik ritmlar eng aniq ritmlardir. Tabiiy hududiy komplekslarning yillik ritmi negizida Yerning Quyosh atrofida aylanishi natijasida iqlim sharoitlarining o`zgarishi, kunlik ritmlar negizida esa Yerning aylanishi turadi. Ritmiklik jonli va jonsiz tabiat mujassam o`zaro ta’sirining yana bir oqibatidir. Atrof muhitdagi davriy o`zgarishlar jonli tabiatga va jonli organizmlarning ritmlariga ham jiddiy ta’sir ko`rsatadi. Jonli sistemalarda fiziologik funksiyalar intensivligining davriy o`zgarishida ritmiklik tebranishning turli davrlari bilan namoyon bo`ladi: odamda uyqu va bedorlikning kunlik ritmi, ayrim sut emizuvchilarning (yumronqoziq, tipratikon, ayiq) faollik va uyqusi (karaxtligi)dagi mavsumiy ritmlar va b. Ritmiklik organizm va atrof muhit funksiyalarining muvofiqlashuvini, ya’ni yashash sharoitlarining davriy ravishda o`zgaradigan sharoitlariga moslashuvini ta’minlaydi. Masalan, mavsumiy va kunlik ritmlar jonli organizmlarning muhitning geofizik sikllariga moslashuvi sifatida hosil bo`lgan. Tibbiyotda mikrob va viruslar faollashuvi, grip epidemiyasi, yurak-tomir kasallilarining ko`payishi ham Quyosh faolligining o`zgarishlari bilan bog`liq deb qaralmoqda. Hozirgi paytda odam organizmida ham ko`plab, masalan yurak faoliyati, nafas olish, miyaning bioelektrik faolligi ritmlarning mavjudligi aniqlangan. Biologik xronometrlar deb ataladigan nazariyada tug`ilgan kundan boshlab gisoblanadigan 23 kunlik (jismoniy ritm), 28 kunlik (emotsional ritm) va 33 kunlik (intellektual ritm) davriylikka alohida e’tibor berilmoqda. Bu davrlarning ham kosmik sabablarga bog`liqligi ehtimoldan xoli emas. V.I.Vernadskiy, K.E.Siolkovskiy, A.L.Chijevskiyning kosmik fizik omillarning jonli tabiatdagi jarayonlarga ta’sirini, xususan Quyosh faolligi sikllarining biosferaga ta’sirini va Yerga Quyosh energiysining kelishini o`rgangan. Uning ishlarida atrof muhit va jamiyatning o`zaro aloqalari g`oyasi o`z ifodasini topgan. Heliobiologiyaning asoschisi A.L.Chijevskiy Quyosh faolligining sayyoramizdagi biologik va sotsial jarayonlar bilan o`zaro aloqalariga e’tiborini qaratgan. U juda ko`plab faktlarga asoslangan materiallar asosida kosmik ritmlarning insonning biologik (jismoniy va ruhiy holati) va ijtimoiy (urushlar, g`alayonlar, inqiloblar) hayotiga ta’sir etishi to`g`risidagi konsepsiyani ishlab chiqqan edi. A.L.Chijevskiyning hisonlariga ko`ra, Quyosh faolligi susayganda jamiyatdagi barcha sotsial hodisalarning 5 % idan kami, Qyuosh faollagi avj bo`lganda esa 60 % gacha sodir bo`ladi. A.L.Chijevskiy organik olamning boshoqlilarning hosildorligi, o`simliklarning o`sishi va kasalliklari, hayvonlarning ko`payishi va ovlanadigan baliqlar, emizikli bolalar qonida kalsiy miqdorining va vazning o`zgarishi, tug`ilish va o`lim kabi hodisalarning ham Quyosh faolligiga bog`liqlgini aniqlagan edi. Heliofizikaviy ritmlar bilan bir qatorda astronomik xususiyatli ritmlar ham namoyon bo`ladi. Bu ritmlar Yerning orbita bo`ylab harakatlarining va boshqa sayyoralarning ta’siri ostida o`zgarishlari (g`alayonlari) tufayli sodir bo`ladi (masalan, orbita tekisligiga nisbatan Yer o`qi qiyaligining oshishi). Bu o`zgarishlar Yerga tushadigan Quyosh nurlari intensivligiga va iqlimga ta’sir ko`rsatadi. Eng katta vaqt oralig`ida bo`ladigan ritmlar Quyosh sistemasining Galaktika markazi atrofini to`liq aylanib chiqishi, 40-60 million yillik ritmlar Galaktika yilining o`ziga xos mavsumlaridan iborat. Davom etishiga ko`ra uchinhi tartibdagi ritmlar Quyosh radiatsiyasining miqdori va tarkibining o`zgarishiga bog`liq. Yerda to`rtlamchi davrda (keyingi 1,8 mln. yil davomida) sodir bo`lgan ko`pgina voqealar, xususan muzlanishlarning rivojlanishi ham astronomik xususiyatga ega bo`lgan 21 000 yillik, 41 000 yillik, 90 000 yillik va 370 000 yillik ritmlar bilan bog`liq. Tabiatda bevosita kuzatiladigan eng qisqa muddatli 1 kunlik va 1 yillik ritmlar va, shuningdek, Yer – Quyosh – Oy sistemasidagi jismlarning o`zaro harakati (fazoda ularning o`rnining o`zgarishlari) bilan bog`liq bo`lgan ritmlar ham astronomik xususiyatga ega. Bu sistemada Quyosh va sayyoralarning o`rinlarining o`zgarishlari natijasida tortishish kuchlarining notengligi hamda qalqish (priliv) hosil qiluvchi kuchlarning o`zgarishi sodir bo`ladi. Bu ritmlar Quyosh, Yer va Oyning bir tekislikda va bir to`g`ri chiziqdagi holatiga mos tushadi. Bunday holda Yer perigeliyda bo`ladi. Oy Quyosh va Yer orasida joylashgan bo`ladi. Bunday holat Yer bag`irlaridagi qalqishlarning kuchayishiga, okean massalari muvozanatining chuqur qatlamlardagi suvlarning yuzaga chiqishi bilan bir paytda sodir bo`ladigan kuchli buzilishiga olib kelsa kerak. Oyning ta’siri tufayli yuzaga keladigan qalqishlar ayniqsa hidrosferada yaqqolroq namoyon bo`ladi. Oy kunlari davomida Okean sathining ikkita ko`tarilishi (priliv) va ikkita pasayishi (otliv) kuzatiladi. Litosferada tebranishlar ko`lami Download 151 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling