Ijod-press
Download 0.5 Mb.
|
yozishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Saripul
- Sayhun
- Sayyid Sharif Jurjoniy (1340-1413, boshqa ma’lumotga qaraganda 1330-1414)
- Semnon
- Sivas (Sivos)
Sadruddin Ardabiliy - Amir Temur davridagi so‘fiy shayxlardan. Said Muhammad Alixon - Qo‘qon xonligi- ning xoni (1822-1841, noyabr). 0‘z ukasi Sulton Mahmud foydasiga taxtdan voz kechishga majbur boTgan. 1842- yil bahorida Buxoro amiri Nasrullo Qo‘qonni bosib olib, Sulton Mahmudxon, Muhammad Ali, ulaming onasi shoira Nodirabegim va boshqalami qatl etgan.
Saripul - Afg‘onistonning shimolida Mozori Sharifdan g‘arbroqdagi shaharcha. Sayfuddinbek - mo‘g‘ullaming nikudar urug‘idan edi; turklashish bilan birga, urug‘ning nomi ham o‘zgarib nukuz boTgan. Sayhun - Sirdaryo. Say ram - Toshkentdan 130 km shimoli-sharqdagi shahar, qadimgi Isfijob nomi bilan ma’lum boTgan. Sayyid Baraka - Amir Temuming bosh pin, g‘oyaviy rahbari. Amir Temuming vasiyatiga ko‘ra uning jasadi Go‘ri Amirda Sayyid Baraka qabrining oyoq tarafiga qo'yilgan. Sayyid Sharif Jurjoniy (1340-1413, boshqa ma’lumotga qaraganda 1330-1414) - mashhur faylasuf, olim va mutafakkir. ToTiq nomi Zaynuddin Abul Hasan Ali ibn Muhammad as-Sayyid ash-Sharif Jurjoniy. Jurjon (Gurgon)da tug‘ilib, Hirot, Kermon va Misrda o‘qigan. 1387-yili Amir Temur uni Samarqandga olib kelgan va u ulug‘ amiming «Dorushshifo»sida dars bergan va sohibqironning vafotigacha Samarqandda yashagan. 1405- yili Sherozga kelgan va shu yerda vafot etgan. Semnon - Tehrondan 200 km sharqdagi shahar. Sepoya - Xorazmning o‘rta asrlardagi kenti. Amu- daryoning chap sohilida Hazorasp bilan Darg‘on ota oraligTda boTgan. Siyiston - o‘rta asrlarda Eronning janubidagi oTka, bosh shahri Zaranj boTgan. Awallari saklar mamlakati boTgan. 1756-yili Afg‘oniston davlatiga asos solinganidan so‘ng oTkaning shimoli-sharqiy qismi bosh shahri bilan Afg‘oniston tarkibiga kirdi. Sivas (Sivos) - Kichik Osiyoning yirik qal’a- shahariaridan; qal’asi o‘ta mustahkam bo‘lgan. Sultoniya- Tabriz - Qo‘niyo yo‘li ustida. Qizil irmoq daryosi havzasi- da joylashgan o‘rta asr shahari (hozir Turkiyada). Soli Saroy - Amudaryo bo‘yida Teraiizdan yuqoriroq- dagi shaharcha. Mo‘g‘ullaming Movarounnahrdagi qa- rorgohlaridan bin bo‘lgan. U 1220-1221-yil qishini Chingizxon shu yerda o‘tkazgani natijasida yuzaga kelgan. Hozirgi Surxondaryo viloyatining Saroy degan qishlog‘i. Sovrun - o‘rta asrlarda podshoh va xonlar, umuman oliy martabali kishilar bilan uchrashganda ularga qilinadi- gan tansiq mollardan iborat qimmatbaho tortiq. Sulduz - nufuzli mo‘g‘ul qavmlaridan binning nomi. Turklaming sulduz urug‘i Markaziy Osiyoga mo‘g‘ullar bilan kelib, Termizdan sharqroqda Amudaryoning ikki sohili bo‘ylab o‘mashib ko‘chib yurgan va o‘zbeklarning tarkibiga kirgan. Masalan, Bayon Sulduzbek shu urug‘ning eng yirik amiri. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling