Ijod-press


Potila - Shoh Mansur bilan Sheroz yaqinida jang yuz bergan yer. Puli sangin


Download 0.5 Mb.
bet44/59
Sana13.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1091826
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59
Bog'liq
yozishlari

Potila - Shoh Mansur bilan Sheroz yaqinida jang yuz bergan yer.
Puli sangin - Hisor viloyatida, Vaxsh daryosi ustiga qurilgan tosh ko‘prik.
Qabulxon - turk-mo‘g‘ullaming afsonaviy onasi Alonquvaning avlodi; Chingizxonning uchinchi ajdodi.
Qahlaqa qal’asi - Termizga yaqin qadimiy qal’alardan biri. Boysundan (Surxondaryo viloyati) g‘arbda Sarimas tizmasidagi tor dara, forscha «Darbandi Ohanin» («Temir darvoza»), qadimgi turkiy tilda «Temir qapug‘» («qapug‘» - darvoza), arabcha «Bob ul-hadid» («Temir darvoza»), mo‘g‘ulcha «qahlaqa» deyilgan.
Qal’ayi Toq - o‘rta asrlarda Zaranjdan 50 kmcha janubda Hilmand daryosining chap sohilida Qal’ayi Fath ro‘parasidagi qal’a. 1383-yil oxiridagi vayronagarchilik- dan keyin u qayta tiklanmagan.
Qalot - Qandahordan 130 km shimolda Tamak daryosining o‘ng sohili dagishahar, Zobuliston viloyatiga kiradi.
Qandahor - Afg‘onistonning janubi-sharqidagi viloyat va uning shu nomli poytaxti. Shahar Arg‘andob bilan Tamak daryosi orasida joylashgan.
Qarmatlar - ismoiliylar mazhabi shoxobchalaridan birining tarafdorlari, IX asrda Iroqning janubida pay do boTgan.
Qaro Samon - 0‘tror yaqinidagi mavze.
Qaro Xoja - Turfondan 20 km sharqroqdagi qasaba.
Qaronur - Surxon vohasidagi bir mavze.
Qarotol - Balxash koTiga tushuvchi shu nomli daryochaning yuqori oqimidagi kent.
Qarshi - chig‘atoy xoni Ko‘pakxon (1309,1318-1326) tomonidan Qashqadaryo vohasida qadimgi Naxshab (Nasaf)dan 2,5 farsax (taxminan 15 km) masofada barpo qilgan qasr (qarshi - mo‘g‘ulchada «qasr» demakdir) atrofida shakllangan shahar. Keyinchalik Naxshab vayron bo‘lganidan so‘ng vohaning bosh shahri bo‘lib qoldi. Hozir Qashqadaryo viloyatining ma’muriy markazi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling