Ijod-press


Download 0.5 Mb.
bet40/59
Sana13.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1091826
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59
Bog'liq
yozishlari

Ко‘his ton (yoki Ko‘hdiston) - Xurosonda Hirotdan janubi-g‘arbdagi tog‘li o‘lka. Amir Temur yurishlariga qadar u yerlar Hirot Kurtlariga qaram edi. Mahalliy bek Satilmish Malik Mu’iziddin Husaynga qarshi isyon ko‘tarib,1360-yillar atrofida panoh izlab Samarqandga qochgan edi. Lekin u paytlar Movarounnahrda unga ma- dad beradigan kuch yo‘q edi. Shuning uchim u Shimoliy Xuroson beklari bilan ittifoq tuzishga majbur boTgan. Hozir Afg‘onistonning shimolidagi tog‘li oTka.
Ko‘kcha tengiz - Urmiya koTi.
Ko‘knak - Toshkent vohasining g‘arbidagi, Chinoz yaqinidagi mavze.
Ko‘Iob - qadimgi Xuttalon; XVI asrdan shu nom bilan ma’lum.
Luri Kuchek - Kichik Lur - g‘arbiy Eronning Luriston o‘lkasining shimoliy qismi; janubiy qismi Luri Buzurg - Katta Lur deb ataladi. Luristonning bu ikkala qismi o‘rtasidagi chegara Obi Diz daryosi hisoblanadi. Kichik Luming poytaxti - Xurramobod.
Ma’mun ibn Xorun ar-Rashid (813-833) - mashhur xalifa Xorun ar-Rashid (786-809)ning o‘g‘li va taxt vorisi, Abbosiylar sulolasidan yettinchi xalifa.
Madoin - Bag‘doddan janubi-sharqda joylashgan qa- dimiy shahar. Mahmud G‘aznaviy - Xuroson, Afg‘oniston va Shimoliy Hindustonni 977-1186-yillar idora qilgan G‘aznaviylar sulolasining yirik namoyondasi (998-1030); mashhur fotih, ilm-fan va adabiyot homiysi.
Mahmudiy - Qoraqum sahrosining sharqidagi bir mavze.
Malatiya - Rum mamlakatining mashhur shaharlari- dan. Hozirda Turkiyaning shu nomdagi viloyat markazi.
Malik Baqr - kurtlar sulolasining vakili: Malik Husaynning ukasi. Malik Barquq ibn Malik Faraj - 1382-1517-yillarda Misr bilan Shomda hukmronlik qil­gan Buijiylar sulolasidan chiqqan oliy hukmdor (1399- 1405). Sharqdagi Temurga qarshi kuchlar, To‘xtamish, Qora-qo‘yunli turkmanlari, Sulton Ahmad Jaloyir va Rum sultonlari bilan ittifoqda boTgan.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling