Nizomulmulk (asl ismi: Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn Ishoq at-Tusiy [1018-1092] - Saljuqiy sultonlaridan Alp Arslon (1063-1072) va Malikshoh I (1072-1092)laming bosh vaziri. Nizomulmulk «Siyosatnoma» nomli katta tarixiy asari bilan ham mashhur.
No‘yon - tuman, ya’ni 10 ming kishilik lashkar qo‘mondoni.
Oli Muzaffar (yoki Muzaffariylar, 1313-1383) - Eron va Iroq Hulogu ulusi parchalanganidan so‘ng Eronning janubi-g‘arbida Fors viloyatida hokimiyatni qo‘lga olgan sulola. Bu sulolaning asoschisi Sharaftiddin al-Muzaffar awaliga Eronning mo‘g‘ul xoni G‘azonxonning (1295— 1304) xizmatida bo‘lib, Isfahon yaqinidagi Maybul shaharchasining hokimi va o‘g‘li Muhammad Yazdning hokimi bo‘lgan. Muhammad 1313-yili otasining mulkini ham qo‘shib oladi va Erondagi eng so‘nggi mo‘g‘ul xoni Abu Sa’id 1336-yili o‘ldirilganidan so‘ng Muhammad awaliga butun Fors viloyatini va keyinroq Kermonni ham qo‘shib oladi va poytaxtini Sherozga ko‘chiradi. 1356- yili Muhammad Fors va Ajam Iroqining hokimi bo‘ladi va Ozarbayjonni qo‘lga kiritish uchun Jaloyirlar bilan kurashadi. Biroq Amir Temur qudratiga bo‘ysunib, oqil ish qiladi.
Omul - Eronning shimolida Kaspiy dengizidan 20 km masofadagi shahar. Mozandaron viloyatiga kirardi.
Oqsuv - Chimkentdan Jarkentga olib boruvchi yoTda Merkedan sharqroqdagi mavze, hozirgi Belovodskaya.
Otboshi - IssiqkoTdan janubi-g‘arbda shu nomli daryo bo‘yidagi shaharcha, hozir Qirg‘iziston hududida.
Pahlavon Niyoz Devon-ul-mutaxallis bil Komil - Ko- mil taxallusli Pahlavon Niyoz Devon.
Pirmuhammad Jahongir (1376-1406) - Amir Temur- ning nabirasi. Otasi Jahongir vafotidan (1376) keyin uning ulusi (Kobul, Qandahor, G‘azni, Balx)ni idora qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |