Faso - Sherozdan janubi-sharqdagi shahar, shu nomli daryo bo‘yida joylashgan.
Fathobod - Sirsadan 40 km sharqdagi Fotihobod shahri.
Feruzko‘h - Mozandoronning sharqida tog‘dagi mustahkam qal’a.
Feruzshoh - Shimoliy Hindistonda idora qilgan Tug‘luqlar sulolasi (1320-1413)dan chiqqan hukmdor (1351-1388).
Hajar ul-asvad - qora tosh (Ka’bada hojilar tavof qiladigan, tabarruk sanalgan qora tosh).
Hakim Sanoiy - G‘aznaviylar davrida o‘tgan yirik shoir (1070-1140).
Halab - o‘rta asrlarda ham hozirgidek kattaligi va aha- miyati bo‘yicha Suriyada Damashqdan keyingi ikkinchi shahar bo‘lgan. (Miloddan awal XX asrdanma’lum. 0‘rta asrlarda Aleppo nomi bilan mashhur bo‘lgan.) Suriyaning shimolida Kuvayk daryosi bo‘yida joylashgan.
Halokuxon - Eron, Ozarbayjon va Iroqni 1256- 1353-yillar davomida idora qilgan elxoniylar sulolasi- ning birinchi hukmdori Haloku (1256-1265). Bog‘dod xalifaligini tugatgan hukmdor.
Hazora va nikudariyiar - aslida mo‘g‘ul qabilalari bo‘lib, Amir Temur davridan ancha awal turklashgan edilar.
Hazrat Xudovandzoda Abulmaoliy - Termiz say- yidlaridan. Amir Temur ularga homiylik qilgan.
Hazrati Ali - Payg‘ambarimiz Muhammad (s. a. v.)dan keyingi to‘rtinchi xalifa (656-661-yillar hukm surgan), Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning amakivachchalari va kuyovlari - qizlari Bibi Fotima (r. a.)ning eri.
Hazrati Amir Shayx Kulol - Amir Temuming ikkinchi piri. Amir Kulol Temuming otasining piri ham edi. Naqshbandiya-xojagon tariqatining yirik namo- yondalaridan; Buxoro viloyatining Suxori qishlog‘ida tug‘ilgan. 0‘sha yerda yashab, 1370-yilda vafot etgan. Qabri ham o‘sha yerda. Boshqa ma’lumotga qaraganda «Xoja Shamsuddin Kulol 1363-yili Keshda vafot etib, o‘sha yerda dafn qilingan».
Hazrati Xizr - afsonaga ko‘ra, «obi hayvon» (tiriklik suvi)ni izlab topgan va undan ichib, doimiy tirik yurgan bir payg‘ambaming nomi. Kishilarga yo‘ldoshligi bilan mashhur.
Hirmand - Hilmand daryosining o‘rta asrlardagi nomi; undan ham qadimroqdagi nomi Hindmand bo‘Igan. Daryo Kobuldan biroz g‘arbdagi tog‘ tizmalaridan boshlanib, Zaranj yaqinidagi Homun botqoqlik va ko‘llariga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |