Ijod-press


Download 0.5 Mb.
bet34/59
Sana13.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1091826
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   59
Bog'liq
yozishlari

Bayon Sulduz - Movarounnahr amirlaridan.
Bayonquli O‘g‘lon - Chig‘atoy ulusidagi 26-nchi mo‘g‘ul xoni, u faqat Movarounnahrda xon edi va uning hukmi Sirdaryodan sharqdagi yerlarga o‘tmas edi. U yerlarda Chig‘atoylaming boshqa urug‘i hukm surardi. U Chig‘atoy avlodlaridan bo‘lmish Suyurg‘atmishning o‘g‘li edi.
Bekisi Sulton - shahzoda Mironshohning Xonzoda begimdan ko‘rgan qizi.
Bisutun - Kermonshoh bilan Song‘ur orasidagi tog‘. Bu tog‘ Behistun deb ham ataladi.
Bodg‘is - Murg‘ob va Harirud (Tajan) daryolari oralig‘idagi vodiy o‘lka.
Boqlonot, Baqlon, Bog‘lon - qadimgi Tohariston ja- nubidagi shahar, hozir Afg‘onistonning shimolida Puli Xumridan Xonobodga olib boradigan yo‘lda joylashgan.
Boxon diyori - A. Ahmedov «Мохоп» deb yozgan.
Boxtar zamin - Qadimgi Baqtriya; 0‘rta asrlarda Balx va unga qarashli yerlar.
Boyazid Jaloyir - Xo‘jand jaloyirlarining bosh begi - amiri. Tug‘luq Temuming ikkinchi yurishida uning farmo- ni bilan qatl etilgan.
Bog‘i Maydon - Sheroz yaqinidagi bog‘.
Boshton darasi - Hirotdan shimoli-sharqda Karuh yaqinidagi dara.
Burulday - jaloyir qabilasiga qarashli el.
Bo‘rjird - Hamadondan janubdagi shahar.
Daragez - o‘rta asrlarda Balx xonligiga qaram bo‘lgan mavze. Balxning janubiy tarafida, Balxdan taxminan to‘rt farsah masofada joylashgan.
Darayi Arsaf- Balx tog‘lari ichida joylashgan dara.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling