Darayi Suf- Balxni Kobul bilan bog‘lovchi yo‘l o‘tgan
joy-
Darband - Dog‘istonda Samuming Kaspiyga quyilish yeridan shimolda dengiz sohilidagi shahar.
Darbandi Ohanin, Dari Ohanin, Darvoz - Xutta- lonning sharqidagi mavze.
Dashti ko‘lak - Xuttalon (Ko‘lob)ga qarashli yer.
Dashti Qipchoq - XI asrdan hozirgi Qozog‘iston, quyi Volga bo‘yidagi yerlardan to Dnepr daryosigacha bo‘lgan yerlar tarixiy va jug‘rofiy kitoblarda shu nom bilan atalgan.
Dehbid - Sherozdan Yazdga borish yo‘lidagi shahar.
Dehiston - hozirgi Turkmaniston viloyatining qadimgi nomi.
Dlyorbakr - Kichik Osiyoda, Dajlaning yuqori oqimida, o‘ng sohildagi shahar. Hozir Turkiyaning janubi- sharqida.
Domg‘on - Tehron-Nishopur yo‘lida Gurgondan ja- nubdagi qadimgi va hozirgi shahar.
Donishmandcha 0‘g‘lon - Amir Qazag‘an tomonidan Chig‘atoylar taxtiga o‘tkazilgan qo‘g‘irchoq xon. U aslida Chig‘atoy naslidan bo‘lmay, Chingizxonning uchinchi o‘g‘li 0‘kdayxon naslidan; 1346-1348-yillar hukm snrgan.
Dor us-salom - (arabcha - tinchlik maskani) - musulmonlar tomonidan Bag‘dod shahriga berilgan sifat, chunki shahar barpo qilinishida uch yil davomida xalifalik urush olib bormagan.
Dori Zangi - Surxon vohasiga shimoldan tutashgan qumloq cho‘llar.
Durun yoki Darun - Ashxoboddan Qizil Arvatga borish yo‘lida hozirgi Bahorden yaqinida bo‘lgan qal’a.
Elburzko‘h - Elbrus tog‘i.
Erkinit - Chig‘atoy ulusining sharqiy qismi (Mo‘g‘uliston)da ko‘chib yurgan turk-mo‘g‘ul qabilalari- dan birining nomi.
Farangiston - keng ma’noda G‘arbiy Yevropa, tor ma’noda Fransiya. Farkat (Farkad, Barkad, Parkad) - Buxorodan 27-30 km masofadagi Gazli yo‘lidagi qishloq.
Faroh - Hirotdan Siyiston poytaxti Zaranjga borishda yarim yo‘ldagi yirik qal’a. Hozir ham u shu nom bilan atalib, Afg‘oniston tarkibiga kiradi. Shahar Farohrud daryosining sharqida joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |