Ijod-press


ТСУКШСШ KENGASHNISALTANATIM BOSHLARIDA QILDIM


Download 0.5 Mb.
bet5/59
Sana13.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1091826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
yozishlari

ТСУКШСШ KENGASHNISALTANATIM
BOSHLARIDA QILDIM

Mening qoshimda oltmish otlig‘ yig‘ilgach, o‘zimcha kengash qildimki, agar ushbu tushgan mintaqada iqomat qilsam, mabodo bu yeming odamlari meni tutib, o‘zbekiya jamoasiga xabar yetkazgaylar. Bu mintaqadan chiqib, odamlar yashaydigan joydan yiroq bir sahroda tushish- ni ma’qul ko‘rdim, toki qoshimda lashkar jam bo‘lib, ul yerdin Xuroson tarafiga ravon bo‘lgaymen.
Alqissa, Xuroson sari ravon bo‘ldim. Yo‘lda Moxon hokimi Muborakshoh Sanjariy yuz otlig‘ bilan qoshimga kelib, yaxshi otlar tuhfa qildi. U yeming sayyidlari va o‘zga odamlaridan ham bir jamoat menga qo‘shilib, ul sahroda menga ikki yuzga yaqin otlig1 va piyoda hamroh bo‘ldi. Shunda Muborakshoh va Sayyid Hasan va Sayyid Ziyovuddin bu sahroda turish parishonlik va parokandalik boisidur deb menga arz ettilar. Biron tarafga borish kerak va yashash uchun bir viloyatni qo‘lga kiritish kerak, deyishdi.
Va men o‘zimcha kengash qilib, ularga xotirimga bu kengash keldiki, Samarqand tarafiga borgaymiz va sizlar- ni muzofot hududida tarqatib, o‘zim Samarqand tegrasi- ga borgaymen va el va ulus orasiga kirib, ulami o‘zimga ittifoqdosh qilgaymen, dedim. Va bir lashkar jam etib, sizlami oldimga chaqirib, Jeta va Ilyosxojaning lashkari bilan urushgaymen. Va Movarounnahr mamlakatini qo‘lga kiritgaymen, dedim. Va ulaming hammasi mening ushbu kengash va tadbirimni qabul etdilar. Shu bilan otlanish fotihasini o‘qib ravon bo'ldim.
Va mana shu ikki yuz kishini Buxoro atrofida tarqatib, Amir Husaynning singlisi Turkon og‘ani o‘sha manzil- da yashirib, o‘zim Samarqand tarafiga ravon bo‘ldim. Va Tamuka Tuchin o‘n besh otlig‘ bilan kelib yo‘lda qo‘shildi. Shunda unga o‘z sirimni aytib, uni Muborakshohning qoshiga yubordim va o‘zim uluslar orasiga kirib, ikki mingga yaqin kishini o‘zimga ittifoqdosh qildim. Ular qachonki men Samarqandda podshohliq tug‘in tiksam, o‘zlarini menga yetkazishadigan boidilar.
Shundan so‘ng kecha ichida Samarqandga kirib, ulug‘ opam Qutlug‘ Turkon og‘oning uyiga borib manzil qildim va oqshom-u kunduz fikr-u tadbirda boTdim. Qirq sakkiz kunni yashirin holatda o‘tkazdim. Shahar odamlaridan ba’ziiari kelishimdan ogohlik topib, sirim oshkora bo‘li- shiga oz qoldi. Nochor shaharda hamrohim boTgan Malik otlig‘ kishi bilan oqshom ichida Samarqanddan chiqib, Xorazm tarafiga yoT oldim. Piyodalardan ham bir jamoat menga hamrohliq qildilar va yoTda turkmanlar galasidan necha otni qoTga kiritib, piyodalarimni otlig‘ qildim. Va kelib Ochiqi mintaqasida Amudaryo suvi bo‘yida bir past- baland yerda tushdim.
Va ushbu joyda haram ahli va Muborakshoh va Sayyid Hasan va men Buxoro atrofida qo‘ygan jamoat kelib men­ga qo‘shildilar. Va Temurxoja o‘g‘lon va Bahrom Jaloyir o‘z qo‘shinlari bilan kelib, xizmat va mulozimat qildilar va mening oldimda mingga yaqin otlig‘ jam boTdilar.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling