Ijod-press
DEHLIHOKIMI SULTON MAHMUD VA MAL-
Download 0.5 Mb.
|
yozishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- GURJISTON MULKINIEGALLASHDA QILGAN KENGASHIM
DEHLIHOKIMI SULTON MAHMUD VA MAL-
LUXONNE4G QULATISHDA QILGAN KENGASHIM Sulton Mahmud bilan Malluxon ellik ming otlig‘ va piyoda, yuz yiginna zanjir fil bilan Dehli qal’asiga istehkom berib, mening bilan urushurga keldi. Mening xayolimga keldiki, agar Dehli qal’asini olishga tutilib qolsam, mabodo ish uzoqqa cho‘zilgay. 0‘zumga kengash qildimki, o‘zni ojiz va zabun ko‘rguzayin, toki g‘anim dovyurak bo‘lib, urushga saf tuzgay. Bu jihatdan lashkarim tegrasiga xandaq qazdirdim va bir bo‘linmani ular ustiga yuborib, buyurdumki, o‘zlarini ojiz va qo‘rqqan ko‘rsatib, dushmanni ko‘ngliga dalda bergaylar. Va g‘anim o‘zini g‘olib deb bilib, aldangancha maydonga kelib jangovar qo‘shinlarimga ro‘baro‘ bo‘ldilar. Va Dehli hokimi Sulton Mahmud urushib mag‘lub bo‘lib, Tog‘iston tarafig‘a qochti. Va ko‘p mol va naqd mablag4 mening lashkarimga nasib bo‘ldi. Va bir yil orasida Hind mamlakatini egalladim va mazkur yilning oxirroqlarida Samarqandga qaytdim. GURJISTON MULKINIEGALLASHDA QILGAN KENGASHIM Hindustondan zafar topib, g‘olibona qaytgach, hanuz Hind safari ranjidan osuda bo‘lmagan edimki, ikkala Iroq (Iraqi arab va ajam) hokimlari arizalari tushdiki, Guijiston kofirlari o‘z hadlari chegarasidan tashqari chiqibdurlar. Men hamisha shu fikrda edimki, podshohlarga ko- firlarga qarshi g‘azot va jihod etmakdan va mulk olmoqdan yaxshiroq ish yo‘qtur. Va bu vaqtkim Guijiston imonsizlarining xabari yetti, kengash qildimki, agar ularning bartaraf qilishda hafsalasizlik etsam, mabodo ul diyor fitnachilari tug‘yon etkaylar. Ulami daf etishga shoshildim va Hind safaridan kelgan sipohiylami o‘z ixtiyorlariga qo‘ydim, har kimsa xohlasa, o‘z joyida bo‘lsun va har kimsa xohlasa, men bilan yursun. Va Xuroson va Qandahor va Siyiston va Kermon va Tabariston va Gilon va Mozandaron va Fors lashkariga yorlig1 yibordimki, yurush asbobini tutib, Isfahonga kelib, zafaryor lashkarga qo‘shulsinlar. Va kengash qildimki, har mulkning itoatsiz kishilarini tarqatib, parokanda qilayin. Shu maqsadda Xuroson va Fors itoatsiz kishilarini Turon zaminga yubordim. Va ul mamlakatlar maydonini ular muxolifatidan aritib, ul diyor va qal’alarini qo‘lga olish uchun Guijiston tarafiga ravon bo‘ldum. Boshimga po‘lat dubulg‘a va egnimga Dovudiy sovut kiyib va belimga Misr shamshirini bog‘lab, jang-u jadal taxtiga o‘tirdim. Vq Turon va Xuroson va Mozandaron va Gilon ba- hodirlariga talon-toroj va g‘orat qildurib, Sivos va Guijiston qal’alarini egalladim. Va qal’alardagi jamoatni yo‘q va mahv qilib, oTjalami lashkar ahliga ulashtirdim. Va Ozarbayjonning fitnachi va beboshlariga tanbeh be- rib, Malotiya qal’alarini egallashga yuz qo‘ydim. Va ul qal’alaming ishg‘ol etish va tartib o‘matishdan forig‘ boTgach, Halab va Humsni egallashga himmat bogTadim. Va bir ozgina e’tibor berib, ul mamlakatlami zabt etib, az- mu jazm kamarini Misr va Shorn mamlakatlarini egallashga bogTadim. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling