Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati


Download 29.74 Kb.
bet1/4
Sana21.04.2023
Hajmi29.74 Kb.
#1373016
  1   2   3   4
Bog'liq
MUSTAQILLIK DEKLARATSIYASI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI


MUSTAQILLIK DEKLARATSIYASI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI
Kirish
Asosiy qism

  1. Mustaqillik – siyosiy o‘zlikni anglash huquqidir

  2. Mustaqillik – o‘zlikni anglash huquqi demakdir

  3. Hurriyat – egalik huquqidan boshlanadi

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Mustaqillik – bu huquq, iborasining ma’no-mazmuni juda teran bo‘lib hayot haqiqati, voqelik yoki jarayon manzarasini o‘ziga xos mantiqiy obrazi tarzida ifoda etiladi. Aslida har bir inson ongi-shuurida mustaqillik so‘zi ozodlik, erkinlik, hurriyat ma’nolarini gavdalantiradi. Ko‘hna tarixda turli xalqlar muayyan davrlarda mustamlakalikdan qutilib bir qancha muddat ozodlikka erishganlar. Ammo ularning erkin hayotlari uzoq davom etmagan. Bosqinchilar bu halqlarni yana qayta mahv etib, endi abadiy mustamlaka holatida saqlash payida bo‘lganlar. Bunday misollar esa tarixda ko‘plab topiladi. Xo‘sh o‘z mustaqilligiga erisha olmaganlar yoki erishilgan istiqlolni eplay olmagan halqlarning bunday ayanchli taqdirining boisi nima?


Mustaqillik – o‘zlikni anglash huquqi demakdir
Prezidentimiz Islom Karimov 1991 yilning noyabr oyida “Millatning kuchi erishilgan istiqlolni eplashda ko‘rinadi” degan purma’no so‘zlarni aytgan edi. Darhaqiqat, har qanday fidoyilik, jasorat erishilgan narsalarni himoya qilishda namoyon bo‘ladi. Buning uchun esa insonda muqaddas biladigan, e’zozlaydigan, jon-jahdi bilan himoya qiladigan teran anglangan qadriyatlari, moddiy, ma’naviy, siyosiy mulki bo‘lishi kerak.
Mustaqillik — davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir. U BMT Ustavi va xalqaro shartnomalar va deklaratsiyalart mustahkamlab qoʻyilgan.
Unga rioya qilish hozirgi zamon xalqaro huquqining asosiy vazifasidir. Davlatning suvereniteti uning boshqa davlatlar bilan munosabatlaridagi mustakilligini ham bildiradi. M. davlatning faqat siyosiy emas, balki iqtisodiy mustaqilligini ham anglatadi.
M. insoniyatning azaldan orzu-umidi boʻlib kelgan. Ana shu gʻoya asosida AQSH, Fransiya, Lotin Amerikasi mamlakatlarida inqiloblar yuz berdi. 20-asrning 90-yillariga kelib sotsialistik mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qilish va ozodlikka intilishning yangi bosqichi boshlandi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm surgan totalitar davlat tuzumi inqirozga yuz tutib, demokratik tartibotlar qaror topa boshladi. Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi parchalanib, uning oʻrnida bir necha mu-staqil respublika, Chexoslavakiya Sotsialistik Respublikasi ikkiga boʻlinib, Chexiya va Slovakiya suveren davlatlari vujudga keldi. Germaniya Federativ Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasi birlashib, nemislar yashaydigan hududda sotsialistik tuzum barham topdi. Ayni chogʻda, sobiq SSSR parchalanib uning oʻrnida mustaqil taraqqiyot yoʻlini tanlagan 15 mamlakat tashkil topdi. Boshqacha qilib aytganda, bu davrga kelib M.ka erishish masalasi dunyoni keng qamrab olgan jarayonga aylandi. Oʻzbekistonning M.ka erishishi ana shu olamshumul jarayon tarkibida yuz berdi.
M. imkoniyatlarini oldindan payqagan, mamlakat ijtimoiysiyosiy jarayonlarining borishini toʻgʻri kuzatib, toʻgʻri baholay bilgan Oʻzbekiston ittifokdoshlari orasida birinchilardan boʻlib, oʻz mustaqilligini eʼlon qildi: 1991 yil 31 avg . kuni kabul kilingan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi toʻgʻrisidagi Bayonot Oʻzbekiston hukumatining siyosiy yoʻlini toʻla qonunlashtirib berdi. 1991 yilning avg .ida "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilindi va ana shu qonun doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining bundan keyin Oʻzbekiston SSRni Oʻzbekiston Respublikasi deb atash, 1-sentyabrni Mustakillik kuni deb eʼlon qilish, Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ittifoqning va uning tarkibiga kiradigan barcha mustaqil davlatlarning oliy qonun chiqaruvchi idoralariga, barcha xorijiy davlatlarga va jahon hamjamiyatiga murojaat qilib, ularni res-publikaning davlat mustaqilligi eʼlon qilingan hujjatni tan olishga daʼvat etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu Oʻzbekiston mustaqilligining dastlabki huquqiy poydevori edi.
"Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida"gi qonun 17 moddadan iborat boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi. Qonunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi oʻz tarkibidagi Qoraqal-pogʻiston Respublikasi bilan birga mustaqil demokratik davlat deb eʼlon qilindi. Oʻzbek xalqi oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqiga ega boʻldi, xalq davlat hokimiyatining birdanbir sohibi, egasi, xoʻjayini boʻlib qoldi. Oʻzbekiston mustaqilligi respublikada adolatli, demokratik, insonparvar jamiyat qurish uchun yoʻl ochib berdi, oʻz milliy davlatchiligini barpo qilishga imkoniyat yaratdi.
M. tufayli Oʻzbekiston xalqaro miqyosda oʻzini tanitish, ayni chogʻda xalq-aro huquq meʼyorlari asosida jahondagi barcha davlatlar bilan teng hamkorlik qilish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Jahon haritasida Oʻzbekiston yangi, yosh mustaqil davlat sifatida oʻz oʻrniga ega boʻldi.
Iqtisodiyotda tub oʻzgarishlar qilish uchun imkoniyat yaratildi. Yaʼni jahon amaliyoti isbotlagan bozor iqtisodiyotiga oʻtish uchun sharoit barpo etildi. Mulkka munosabat tubdan oʻzgarib, jamiyatda yangi mulkdorlar sinfini shakllantirish uchun imkon ochildi.
M. xalqning maʼnaviy uygʻonishi uchun toʻla imkoniyat yaratdi. Yurt tarixi, qadimiy madaniyat tiklana boshladi. Xalqining azaliy urf-odatlari, maʼnaviy qadriyatlari unga qaytarib berildi. Dinga munosabat mutlaqo ijobiy tomonga oʻzgardi. Shunday qilib, qoʻlga kiritilgan M. oʻzbek xalqi tarixida tamoman yangi davrni boshlab berdi, milliy dunyoqarashda yangicha tafakkur shakllana bordi. Xalq kelajakka ishonch bilan qaray boshladi. Oʻz yurtining toʻla xoʻjay-ini ekanligini, oʻz takdirini oʻzi belgilash imkoniyatini qoʻlga kiritganligini his qila boshladi.



Download 29.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling