Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati


O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi


Download 29.74 Kb.
bet3/4
Sana21.04.2023
Hajmi29.74 Kb.
#1373016
1   2   3   4
Bog'liq
MUSTAQILLIK DEKLARATSIYASI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI

O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi 1991 yil 1 noyabrda tashkil topgan. Uning o`z safida 420 mingdan ziyod a’zosi bor. Partiya Markaziy Kengashining birinchi kotibi A.M.Jalolov.
Vatan taraqqiyoti partiyasi 1992 yil may oyida tuzilgan bo’lib, uning saflarida 35 mingdan ortiq a`zo bor.
Adolat sotsial-demokratik partiyasi 1995 yil fevralda tashkil topgan bo’lib, 30 mingdan ortiq a`zosi bor.
O`zbekiston Milliy Taklanish demokratik partiyasi 1995 yil iyunida tashkil topgan. Saflarida 6 mingga yaqin a`zosi bor.
1998 yil dekabrda ”Fidokorlar milliy-demokratik partiyasi” tashkil topgan edi. 2000 yil aprelda maqsad va vazifalari mamlakatni har tomonlama rivojlantirishdan iborat bo’lgan Vatan taraqqiyoti va Fidokorlar partiyasi yagona partiyaga birlashdilar, mamlakatda 1995 yil iyun oyida ta`sis etilgan Xalq birligi harakati faoliyat ko’rsatmoqda.
Shuningdek, istiqlol yillarida O`zbekistonda turli jamoat tashkilotlari uchun ham keng imkoniyatlar yaratildi. Bu ijtimoiy uyushmalar orasida eng omaviysi kasaba uyushmalari bo’lib, tarkibida 7,5 mln a`zo bor.
Hozirgi kunda mamlakatimizda 2300 jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlari faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan eng kattalari — O`zbekiston yoshlarining Kamolot jamoatchilik harakati, O`zbekiston Nuroniy jamg`armasi va boshqalardir.
O`zbekiston Respublikasi 120 dan ortiq millatlar va elatlarni birlashtirgan ko’p millatli davlat. Respublikada yashovchi har bir fuqaro millati, kelib chiqishi, dini va irqidan qat`i nazar teng huquq va imkoniyatlarga ega. Aynan mana shu tamoyil milliy siyosatimizning asosini tashkil etadi. Respublikada 80 ta milliy madaniy markazlar tashkil etilgan. Bularning faoliyatini 1993 yilning yanvaridan buyon madaniy markaz boshqarib boradi. Respublikamizda millatlararo munosabatlarda barqarorlikka erishilgan. Bu O`zbekistonda demokratik jamiyat qurishning garovidir.
Hurriyat – egalik huquqidan boshlanadi
O‘zA – Istiqlol yillarida mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillari o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik yanada mustahkamlandi. Bugungi kunda yurtimizda yuzdan ziyod milliy madaniyat markazlari samarali faoliyat ko‘rsatayotgani ham buning isbotidir.
O‘zbekistonda yashayotgan minglab koreyslar qatori men ham shu saxovatli zaminda tug‘ilib o‘sdim, ilm oldim, qadr topdim. Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, avvalo, Prezidentimiz Islom Karimovning fermerlik harakatini rivojlantirishga alohida e’tibori tufayli men ham yer egasi bo‘ldim.
Ishlayman, tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman, deganlar uchun yetarlicha shart-sharoit va imkoniyatlar mavjud. Ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, huquq va manfaatlarini himoyalashga ham alohida e’tibor qaratilyapti. Buni men o‘z faoliyatim misolida yaxshi bilaman.
Xo‘jaligimiz tasarrufidagi 54 gektar yerning 41 gektarida dehqonchilik qilamiz. O‘tgan yili 20 gektar maydonda g‘o‘za parvarishlab, 53 tonnalik xirmon yaratdik. Bu yil o‘n gektar yerdagi bug‘doydan 30 tonnadan ortiq hosil oldik. Aholining ekologik toza o‘simlik yog‘iga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olib, sakkiz gektar maydonda kungaboqar yetishtiryapmiz. Shuningdek, asalarichilikni ham yo‘lga qo‘yganmiz. Chunki shifobaxsh asalga talab hamisha katta.
Xo‘jaligimizda 18 kishi mehnat qiladi. Har yili olayotgan sof foydamiz hisobidan xo‘jalikning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, a’zolarimizning turmush sharoitini yaxshilash va ularni rag‘batlantirib borishga harakat qilyapmiz. Hozir uchta haydov, bitta chopiq traktorimiz bor. Ishchi-xodimlarimizning ro‘zg‘ori but, ko‘ngli xotirjam.
Umrimning asosiy qismi dalada, mehnatda o‘tdi. Sobiq tuzum davrida dehqonning moddiy ahvoli, yashash sharoiti qay darajada ekanini aytib o‘tirishga hojat yo‘q. Bechora dehqon qorni to‘yib ovqat yemasa-da, boshqalarni to‘ydirar, o‘zi yupun qolsa-da, o‘zgalarni kiyintirardi. Endi vaziyat, shart-sharoit tamoman boshqacha. Bugungi fermer o‘z yeriga o‘zi xo‘jayin, topgan-tutgani, yiqqan-tergani o‘ziniki. O‘z ro‘zg‘orini but qilibgina qolmay, el-yurt dasturxoni to‘kinligiga ham hissa qo‘shyapti.
Mustaqillik bizga, butun xalqimizga yangi imkoniyatlar eshigini ochdi, chin ma’nodagi erkinlik, baxtu saodatni in’om qildi.
O‘n olti yildirki, yurtimiz istiqlol shukuhidan bahramand bo‘lib kelmoqda. Shu qisqa davr ichida O‘zbekistonimizni dunyo tanidi, tan oldi. Jahonning yetakchi mamlakatlari bilan teng huquqli, hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.
Bu – mustaqil, hur diyorimizning, shu Vatanda yashayotgan har bir insonning yutug‘i, muvaffaqiyati. Yurt obodligi, xalq manfaati yo‘lida astoydil mehnat qilayotgan barcha yurtdoshlarimizni fayzli va shukuhli bayram – Mustaqilligimizning 16 yilligi bilan samimiy qutlab, ezgulik nuri butun mamlakatimizni, har birimizning xonadonimizni doimo yoritib turishini tilayman.
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Soveti:
o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari,
har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi,
har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad deb bilgan holda,
O‘zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda,
xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib,
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qiladi.
1. O‘zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir.
2. O‘zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo‘yilmay turib o‘zgartirilishi mumkin emas.
3. O‘zbekiston SSRda davlat hokimiyati uning hududiga kiradigan barcha tarkibiy va bo‘linmas qismlari ustidan amalga oshiriladi va shu hududda yashaydigan aholiga taalluqlidir.
4. SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlanganidan keyingina O‘zbekiston SSR hududida kuchga ega bo‘ladi.
5. O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O‘zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi.
6. O‘zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi va hurmat qiladi.
7. O‘zbekiston SSR ittifoqdosh respublikalar va boshqa davlatlar bilan o‘zining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa munosabatlarini shartnomalar asosida belgilaydi va amalga oshiradi.
8. O‘zbekiston SSR o‘zining taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini belgilaydi va davlat belgilarini (gerb, bayroq, madhiya) o‘zi ta’sis etadi.
9. Qoraqalpog‘iston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi mustaqilligini Muxtor Respublika Konstitutsiyasi ta’min etadi. O‘zbekiston SSR uning Asosiy Qonuni va O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi asosida Qoraqalpog‘iston MSSR manfaatlarini himoya qiladi.
10. O‘zbekiston SSRning qonun chiqaruvchi hokimiyati O‘zbekiston SSR davlat mustaqilligini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qonunlarni ishlab chiqadi. O‘zbekiston SSRning siyosiy va iqtisodiy sistemalari tarkibini va qurilishini belgilaydi.
11. O‘zbekiston SSR Oliy Soveti umumxalq muhokamasi asosida demokratik huquqiy davlat tuzishga qaror qilganini bildiradi, O‘zbekiston SSRda yashayotgan barcha millat va elatlarning qonuniy siyosiy, iqtisodiy, etnik, madaniy huquqlariga hamda ona tillari rivojlantirilishiga kafillik beradi.
12. Ushbu Deklaratsiya O‘zbekiston SSRning yangi Konstitutsiyasini hamda yangi ittifoq shartnomasini ishlab chiqish uchun asosdir.
Shu ma’noda, Mustaqillik deklaratsiyasi nafaqat huquqiy, balki jamiyat va davlat hayoti hamda O‘zbekistonda yashovchi har bir fuqaroning bugungi munosib hayotini va ertangi taqdirini belgilab beruvchi siyosiy hujjatdir.
Mustaqillikning o‘tgan davri mobaynida mamlakat ichki siyosiy tizimida davlat hokimiyati idoralari faoliyati demokratik tartib-qoida va an’analar asosida qayta tashkil qilindi. Xususan, qonunchilik, ijro va sud hokimiyatlari tashkil topdi. Mamlakatda siyosiy plyuralizmga asoslangan ko‘ppartiyaviylik tizimi shakllantirildi, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Bugun O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatning teng va to‘la huquqli a’zosidir. Hozirda O‘zbekiston BMT, ShHT, MDH, EHXT va IHT kabi nufuzli xalqaro tuzilmalar faoliyatida faol ishtirok etib kelmoqda.
O‘zbekistonning tashqi siyosiy faoliyatidagi eng asosiy vazifasi –
davlatimiz suvereniteti va mustaqilligini mustahkamlashdir. Bu borada O‘zbekiston izchil tinchlikparvar siyosatini yuritib kelmoqda. Bunday siyosat o‘zaro ochiq va konstruktiv muloqot, amaliy hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillarini hamda mamlakatimiz atrofida “farovonlik kamari”ni yaratish va mustahkamlashni o‘zida aks ettiradi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari va Afg‘oniston bilan keng va faol hamkorligi bunga misol bo‘la oladi.
Tarixan mamlakatimiz jahon sivilizatsiyasining strategik muhim nuqtasida joylashgan. Bunday joylashuv asrlar davomida mamlakatimiz xalqida bag‘rikenglik, yuksak ma’naviy qadriyatlar, turli millat va elatlar taqdiriga befarq bo‘lmaslik, aksincha o‘zaro hamkorlikda rivojlanish modelini shakllantirgan.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarda mustaqillikka erishdi. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi islohotlar, yangilanishlar va o‘zgarishlarning tub mazmun-mohiyati mamlakat mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan. Xususan, siyosiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, uning izchilligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Download 29.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling