Ijod-press


SIPOH SARANJOMINING TUZUKI


Download 0.5 Mb.
bet22/59
Sana13.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1091826
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59
Bog'liq
yozishlari

SIPOH SARANJOMINING TUZUKI
Amr etdimkim, boshqa lashkarlar yasoqlar va yu- mshlarda o*n besh kishi bir chodir ko‘targaylar. Va har kishi ikki ot va bir yoy va bir sog‘doq va bir qilich va bir arra va bir bigiz va juvoldiz va bolta va tesha va o‘n igna va bir charm o‘rindiq olgay. Va bahodirlardan har besh kishi bir chodir ko‘targaylar va har kishi bir sovut va bir dubulg‘a va bir qilich va bir sog‘doq va bir yoy olib yurgaylar va o‘z otlarini yadak tuzukiga muvofiq olgaylar. Va o‘nboshilaming har biri bir chodir va bir sovut va bir qilich va bir sog‘doq va bir kamon va besh ot o‘zi bilan olib yurgay. Va yuzboshilaming har birisi bir chodir va o‘n ot va aslaha va qilich va sog‘doq va kamon va kamay va bir qancha sovut olib yurgay. Va mingboshilaming har
birisi bir chodir va soyabon va qurol-yarog‘ va sovut va dubulg‘a va nayza va qilich va sog‘doq va bolta va har narsadan ko‘tara olguncha olib yurgay.
Va awalgi amir chodir va bir juft soyabon ko‘targay va aslahadin o‘z amirligiga loyiq, qudrati yetgancha ко‘tar- gay va o‘zgalarga ham madad ko‘rguzgay. Va bu tariqa ikkinchi va uchinchi va to‘rtinchi amir to amir ul-umaroga tegru o‘z martabasiga loyiq chodir va o‘tog‘ va soyabon va otlar saranjom etkay.
Va awalgi amir yuz dag‘i o‘n ot va ikkinchi amir yuz yigirma ot va uchinchi amir yuz o‘ttiz ot va to‘rtinchi amir yuz dag‘i qirq ot to amir ul-umarokim, uch yuz otdan kam hamroh olib yurmagay. Va piyodalaming har biri bir qilich va bir kamon va bir dastalik bolta olib yurgay va bundan kam va ziyod olib yurmagaylar, to urush vaqtida ular bilan bog‘langan tuzukdan kamroq bo‘lmagay.
BAZM MAJLISLARI VA JANG MA’RAKALARINING TUZUK VA NIZOMINING TAHRIRI
Amr etdimkim, bazm majlisida sipohlar va amirlar va mingboshi va yuzboshi va o‘nboshilar bosh kiyim, etik, kovush va yoqalik to‘n va qilich bilan devonxonaga hozir bo‘lgaylar. Va o‘n ikki ming qulluqchi qilich ko‘targan yaroq va qurol bilan o‘ng va so‘l va ilgari va keyinda hozir bo‘lgaylar. Bu tartib bilakim, har oqshom ulardan ming kishi orqa eshikda hozir bo‘lgaylar va har yuz qulluqchi- ning boshiga bir yuzboshi muqarrar qilib, unga bir kamoycha bergaylar.
Va amr etdimkim, urush ma’rakalarida o‘n ikki amiming har biri va mingboshi va o‘nboshilar lashkar va yasoqlar- da o‘n ikki ming qurolli askar bilan bir kecha-kunduzda o‘z uylarining oldida hozir-u nozir bo‘lgaylar. Va bu o‘n ikki ming otlig‘ni to‘rt qanot etib, bir qanotini burong‘ar (o‘ng qanot), ya’ni sog‘ tarafda va bir qanotini ilgarida va bir qanotini keyinda tayin etkaylar va ular navbatba-nav- bat o‘rduning yarim farsanglik (3 km) yerida turgaylar.
Va ushbu to‘rt qo‘shinning har qaysi hirovul (old qator) va qarovul bo‘lub, ehtiyot va hushyorlik jilovini ilikdan bermay, xabarlarni yetkazgaylar.
Va amr etdimkim, lashkar atrofidan har tarafda bir kutvol (komendant) muqarrar qilg‘aylarkim, o‘rdu posboni bo‘lib, kuzatuvchilik qilgaylar. Va bozor ahlidan odatdagi yig‘imni olgaylar. Agar o‘rdu ahlidan bir narsa o‘g‘irlansa, ular javob bergaylar.
Va amr etdimkim, to‘rt bo‘linma chopqunchi lashkar tegrasini qurshab, boxabarlik qilgaylar. Agar bir kimsani o‘lik va yo jarohatlik ko‘rsalar, chorasini ko‘rgaylar. Va agar bir kimsaning moli o‘g‘irlansa, javob bergaylar.
Va amr etdimkim, lashkaming uchinchi hissasi xizmat- ga tayyorlanib, chegaralarda turgaylar. Va ikki hissasi xos uzangi xizmatida hozir bo‘lgaylar.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling