Ijod-press
FASL. FARZAND VA NABIRALAR MAOSHI MARTABALARID A AMR ETDIM
Download 0.5 Mb.
|
yozishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- FASL. FARZAND VA OILAAHLI VA QARINDOSH- LAR VA AMIR VA VAZIRLARGA SIYOSAT QILMOQ BOBIDA AMR ETDIM
- VAZIRLAR BOBIDAKIM, DAYLAT SILSILASININGISHONCHLIODAMLARI VA MO‘TABARLARIDURLAR, AMR ETDIM
FASL. FARZAND VA NABIRALAR MAOSHI
MARTABALARID A AMR ETDIM Awalgi farzandim, mening valiahdim Muhammad Jahongir, ikki ming otliqqa teng maosh va viloyat olur. Va uchinchi farzandim, Mironshoh, to‘qqiz ming otliqqa teng maosh va viloyat olur. Va nabiralar iste’dodlariga yarasha uch mingdan to yetti ming otliqqa tegru maosh va viloyat olur. Va bulardan, menga yaqinligi va qarindoshligi bor jamoat hoi va iste’dodlariga loyiq amiri awaldin to yettinchi amir martabasiga tegru viloyat va voliylik olurlar. Va har qaysi o‘z martabasida va haddida bo‘lib, o‘z haddidan oshmagaylar va bunga qarshi amallari oshkor bo‘Isa, eskartma olurlar. FASL. FARZAND VA OILAAHLI VA QARINDOSH- LAR VA AMIR VA VAZIRLARGA SIYOSAT QILMOQ BOBIDA AMR ETDIM Agar farzandlarimning birisi saltanat martabasiga da’vo qilsa, uni o‘ldirmoq va bog‘lamoqiga jur’at qilmagaylar va a’zblariga nuqson yetkazmagaylar, lekin tutqunda saqlagaylar, to da’vosidan qaytib, Xudo mulkida buzuqchi- lik bo‘lmagay. Va nabiralar va qarindoshlar agar qarshilik ko‘rsatsalar, ulami faqir va darvish etkaylar. Va amirlarkim, mulk qo‘rg‘onidurlar, agar ish chog‘ida nizolashsalar, ulami amirlik va voliylikdan chetlashtirgaylar. Va ulardan mulk ichida biron fitna kelib chiqadigan ish oshkor bo‘Isa, u holda amirlarga tobe qilgaylar. Va agar saltanat ishlarida va sipohgarlikda noahillik qilsalar, qilmishlarini yozib qo‘ygaylar. Va agar shundin so‘ng ham ulardan bir gunoh va kamchilik oshkor bo‘Isa, ularga huzuriga qabul va ko‘runush bermagaylar. VAZIRLAR BOBIDAKIM, DAYLAT SILSILASININGISHONCHLIODAMLARI VA MO‘TABARLARIDURLAR, AMR ETDIM Agar saltanat ishlarida ulardan bir xiyonat zohir bo‘lsa va saltanat zavolini iroda qilsalar, ulami o‘ldirmak va bog‘lamoqda shoshilmagaylar va tahqiq etkaylarkim, da’vogar va xabar yetkazuvchilar ne kishilardur. Awal rostgo‘ylar va da’vogarlaming aytgan so‘zlari to‘g‘riligini sinchkovlik bilan tekshirib ko‘rgaylar, chunki hasadchilar va yolg‘onchilar ko‘p bo‘lurkim, hasad va tama yuzasidan yolg‘on so‘zni rostlik libosi bilan oro berurlar, to o‘z ishin tuzatkaylar. Va ko‘b pastkash va tuban kishilar bo‘lurlar- kim, davlat dushmanlariga yo‘l berib, davlat tarafdorlari va jonfidolarini makkorlik va hiylagarlik bilan xarob etarlar va makr-u hiyla bilan mamlakat qo‘rg‘oniga raxna solurlar. Chunonchi, Amir Husayn mening vazirlarimning biri bilan til biriktirib, mol-dunyoga tamagir qilib, o‘z tarafiga og‘dirdi va Amir Eku Temur bilan Amir Joku mening davlatim tayanchi boTishlariga qaramay, menga qasd etkaylar, deb menga aytdirdi. Va men buni farosat bilan angladim. Va ular haqida aytgan so‘zlarini eshitgan yanglig4 boTdim. Va mening yaqinlarimdan bir jamoa hasad va nizo yuzasidan mening ulug‘ va mo‘tabar amirlarimdin Amir Abbos haqida voqe boTmagan so'zlami xilvatda menga arz etib, g‘azabim o‘tini yolg‘on so‘zlar yeli bilan yondirdilar. Shu bilan g‘azab holatida tajribalar qilmay, uning qatlig‘a amr etdim. Va oxiri ulaming Amir Abbos haqida bevafoliq qilganliklarini tushunib yetib, o‘zimga nadomat etib, pu- shaymon boTdim. Va agar mamlakat xazinachisi boTgan moliya vazirlari, davlat mulkiga daxolat va ortiqcha sarf- xarajat qilsalar, maoshiga barobar boTsa, in’om sifatida kechirgaylar. Va agar maoshining ikki barobaricha sarfla- gan bo‘Isa, maoshidan chegirgaylar, undan sovg‘a-salom, deb olgaylar. Ya amr etdimkim, birovni e’tibor yuzasidan bir mansab- ga tiklasalar va o‘z e’tibor etkanlarini bee’tibor etmagay- lar, toki podshohlik sha’niga yanglish tushuncha hosil bo‘lmasin. Va g‘arazgo‘y va yomon va hasadgo‘ylaming vazirlar haqida aytgan so‘zlarini eshitmagaylarkim, bu jamoatning dushmani ko‘p bo‘lur. Negaki, dunyo ahlining hammasi dunyotalabdurlar. Agar vazirlar ularga rioyat qilsalar, xiyonat qilmagaylar. Va agar rioyat qilmasalar, ularga dushmanlik qilurlar. Tamsil (masal). Chig‘atoyxonning bir vaziri bor edi, uni necha ming oltinga xiyonat qildi, deb yozib, u yozilgan xatni xonning nazariga keltirdilar. Shunda xon unga xitob qilib, qahr yuzasidan: «Sening past nazarliging oshkor bo‘ldi, nedinkim, meningdek podshohning vaziri bo‘lsang, mamlakatimda ushbu arzimas narsaga ko‘z olaytira- sanmi?!» - dedi. Va u oqil vazir ushbu ehsondin minnat- dor bo‘lib, har na borini keltirib, xonga taqdim qildi va bu sheva bilan o‘z izzat va e’tiborini saqlab qoldi. Va o‘zga sipoh, agar o‘z haddidan oshib, bir qo‘l ostidagiga sitam qilsa, uni o‘sha mazlumning qo‘liga topshurgaylarkim, undan qilmishiga yarasha haqqini olsin. Va aholi kattalari va oqsoqollar, agar oddiy xalq va kichiklarga va qo‘l ostidagilarga zulm etgan bo‘lsalar, qilgan zulmiga loyiq va qudratiga muvofiq undin jarima olgaylar. Va hokim va dorug‘a (mirshabboshi) javr-u jafo yuzidin oddiy xalqni xarob etgan bo‘Isa, ularga jazo bergaylar. Va amr etdimki, gunohi sobit bo‘lgandan so‘ng gunohkordan jarima olgaylar. Va qamchi bilan siyosat qilgaylar. Va agar qamchi bila siyosat qilsalar, jarima olmagaylar. Va amr etdimkim, o‘g‘rini har yerda bo‘lsa va har kimsa bo‘lsa, yasoqqa (jazoga) yetkazish kerak. Va har kimsa birovning molini zo‘ravonlik bilan olgan bo‘lsa, ul mazlumning molini o‘sha zolimdan olib, mol egasiga yetkazgaylar. Va tish sindirmoq va ko‘z ko kartmoq va quloq va burun kesmak va sharob ichmak va zino qilmoq va o‘zga shariatga xilof qilmishlar, agar bir kimsadan voqe bo‘Isa, qoziyi islom va qoziyi ahdos (urf-odatlar qoziligi) ning devonida muhokama etib, shariat buying‘i bo‘lsa, qoziyi islom ularga hukm etkay. Va ul nimakim urfiy bo‘Isa, uni qoziyi ahdos tahqiq etib, mening arzimga yetkazgay. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling