Ijod-press


HINDUSTONGA LASHKAR TAYIN ETMAK KENGASHINI SHUNDAY QILDIM


Download 0.5 Mb.
bet13/59
Sana13.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1091826
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59
Bog'liq
yozishlari

HINDUSTONGA LASHKAR TAYIN ETMAK
KENGASHINI SHUNDAY QILDIM

Amirzoda Pirmuhammadni o‘ttiz ming otlig‘ bilan javong‘ar (o‘ng qanot) lashkari etib, amr ettimki, Ko‘hi Sulaymon yo‘li bilan Sind suyidan o‘tib, Mo‘lton viloyatiga turktoz etib, uni qo‘lga kiritgaylar. Va Sulton Muhammadxon bilan Amirzoda Rustamni va yana o‘zga amirlarga buyurdim: o‘ttiz ming otlig‘ ilg‘or (oldingi qator) lashkari bilan Sind suyidan o‘tib, Kashmiming Domani Ko‘h otlig‘ yo‘lidan borib, Lohur viloyatiga turktoz etkaylar. Va o‘zim o‘ttiz ikki ming otlig‘ bilan qo‘l (markaz qo‘shini) bo‘ldim.
Va lashkarimning barchasi to‘qson ikki ming otlig‘ edilar. Muhammad rasulalloh ismi miqdoriga muvofiq ushbu miqdomi muborak fol va yaxshi irim bildim. Va otlanib ravon bo‘lib, Badaxshon chegarasidan Andarob otlig‘ joyga borib tushdim. Awal Katur tog‘i kofirlariga tanbeh berdim. Undan so‘ng Hinduston shahri ta’zirini berishga yurish qildim.
HINDUSTON YO‘LINI AFG‘ONLARDAN POK ETARDA MUNDOQ KENGASH QILDIM
Ba’zi afg‘oniylar Hinduston yo‘lida yo‘lto‘sarlik qi- ladurlar, deb eshitdim. Xususan, Karkas qabilasining ulug‘roqlaridan Muso afg‘on, Amirzoda Pirmuhammad uni Ayrob qarasining qo‘riqlashga qo‘ygan, mening davlatim tarafdori bo‘lgan chokarlarimdan Lashkarshoh o‘g‘longa turktoz etib, uni o‘ldiradi va har na bor-u yo‘g‘ini g‘orat qiladilar. Va ham bu vaqtda Lashkafshohning birodari Ma­lik Muhammad kelib, dod-u faryod etib, birodari o‘lgani- ning haqiqati va Musoning zulmidin arz qildi. Shunda men uni qamoqqa solishga farmon berib: «Muso mening davla­tim tarafdorlaridandur», - dedim. Bunday qilganimni ko‘rib, amirlarim mening zulmimdan so‘z ayttilar, ammo
Malik Muhammadni qamash haqida aytgan so‘zumning xabari Musoga yetib bordi. Shu bilan u o‘ziga ishonch hosil qildi. Va uni chaqirib yuborgan yorlig‘im unga yetishi bilan, xavotirsiz kelib qal’ani menga topshirdi. Va o‘sha qal’a tomoshasiga borganimda, uning sipohiylarining bin mening qasdimga bir o‘q otdi. Shu bilan Muso o‘z jazosiga yetishib, Hinduston yo‘li ochildi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling