Ijod-press
SIYISTON, QANDAHOR VA AFG‘ONISTON MULKINI QO‘LGA KIRITISHDA QILGAN KENGASHIM
Download 0.5 Mb.
|
yozishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 0‘RUSXONNI YO‘Q ETISH VA DASHTI QIPCHOQNI QO‘LGA KIRITMOQ UCHUN QILGAN KENGASHIM
- GILON, JURJON, MOZANDARON, OZARBAYJON, SHIRVON, FORS VA IROQ MULKINI EGALLASHDA QILGAN KENGASHIM
- FORS VA IROQ MULKINIEGALLASHDA QILGAN KENGASHIM
- TO‘QTAMISHXONNI TOR-MOR KELTIRISHDA QILGAN KENGASHIM
SIYISTON, QANDAHOR VA AFG‘ONISTON MULKINI QO‘LGA KIRITISHDA QILGAN KENGASHIM
Xuroson mamlakati menga bo‘ysungach, amirlarim kengash berdilarki, ushbu yuqorida aytilgan uch mulkni egallashga lashkar yubormoq keraktur. Va men, agar lashkar yubormoq bilan hech ish muyassar bo‘lmasa, nochor o‘zim u taraflarga bormog‘im keraktur, dedim. Hozircha oldimda ishim ko‘btur. Kengashni munda ko‘rdumki, ul diyorlar hokimlariga huzurimga kelish yorlig‘larin bu mazmun bila yozayinki, agar menga kelsalar najot toparlar va agar urushsalar, yiqilurlar. Va bu tadbirim taqdir taqozosiga muvofiq ekanki, ularga yorlig‘larim yetib borishi hamon itoat boshinj farmonimga bo‘ysunish yo‘liga qo‘ydilar. 0‘RUSXONNI YO‘Q ETISH VA DASHTI QIPCHOQNI QO‘LGA KIRITMOQ UCHUN QILGAN KENGASHIM To‘qtamishxon 0‘rusxondan yengilib, mening pano- himga kelgach, o‘zimcha kengash qildimki, To‘qtamish- xon bilan qo‘shin yuborayin. Shu mazgilda 0‘rusning elchisi yetib keldi. Shunda mundoq kengash qildimki, uning elchisiga tasal- li ko‘rguzub ruxsat berayin va Dasht yo‘lini bog‘layin va elchining izincha lashkar yuborayin. Elchi 0‘rusxonning majlisig‘a xotirjamliq bilan kirib, 0‘rusxon g‘ofil bo‘lsa, so‘nggi kun uning ustiga lashkarim borib turktoz va cha- povul qilg‘aylar. Va mundoq qilganim sababli tadbir taqdirga muvofiq kelib, 0‘rusxonning elchisi yetib borib, О ‘rusxonga ко ‘rgan va eshitganlarini hikoya qilib o‘tirgan chog‘da, mening lashkarim baloyi nogahondek bo‘lib, 0‘rusxonning ustiga tashlandilar. Va 0‘rusxon urushga tob keltira olmay qochib ketib, Dashti Qipchoq mamlakati menga tobe bo‘ldi. GILON, JURJON, MOZANDARON, OZARBAYJON, SHIRVON, FORS VA IROQ MULKINI EGALLASHDA QILGAN KENGASHIM 0‘sha kunlarda Muzaffar avlodi va qabila maliklari zulmidan Iraq ahlining yuborgan arizalari menga yetib kelgach, Iroq ohangi sozin tuzdim va ul safar irodasin ko‘rguzdum. Ul holda xotirimga tushdiki, ul mamlakatlaming podshohlari agar bir ittifoq bilan menga qarshi chiqsalar, urushga tayyor bo‘lmoq keraktur. Va amirlarim ham mundoq kengash dedilarki, urush qurol- yarog‘ini tutib bormoq keraktur. Va o‘zim shunday kengash ko‘rdumki, ulami bir-birdin o‘zimga rom etayin va har kimsaki rom bo‘lmasa, unga sazosini berayin. Eng awal mendan panoh so‘ragan kishi Mozandaron hokimi Amir Ali ediki, menga tortiq yubordi. Va yozgan nomasida aytib ediki: «Bizning jamoa Ali avlodidandurmiz va bu sarzaminga qanoat qilibdurmiz “Inna taaxuzu qudratukum aqva va inna ta’affu qurbun attaqva”, ya’ni “Olsang qudrating kuchli va zo‘rroqtur va agar afv etsang, parhizgorliqqa yaqindur”». Va men Mozandaron hokimining murojaatini o'zimga yaxshi irim qilib, Gilon va Juijon mamlakatiga ravon bo‘ldim. Va ul yerlaming hokimlari menga murojaat qilmaganlari uchun, ulaming ustiga zarbdor bo‘linmalarini yuborib, o‘zim Iroqqa lashkar chektim. Isfahonni egallab, Isfahon ahliga inonib, qal’ani ular- ning qo‘liga topshirdim. Shimga qaramay ular yog‘iy bo‘lib, u yerda qo‘ygan dorug‘ani lashkarimdin uch ming kishi bila o‘ldirdilar. Va men ham Isfahon ahlini qatli om etkali hukm etdim. FORS VA IROQ MULKINIEGALLASHDA QILGAN KENGASHIM Sherozni Muzaffar avlodiga topshirdim va Isfahonda uch ming kishi tayin etib qo'ydim va o‘zim To‘qtamishxon- ning hujumini daf etish uchun Dashti Qipchoq tarafiga cherik chekdim. Shunda Isfahon ahli dorug‘ani o‘ldirish- di. Va Sheroz ahli dog‘i qadamini itoat yo‘lidin chiqardi- lar. Bu jihatdin Iroq ohangini tuzdim va sakson ming otlig‘ni to‘plab, bu yangi kengash ko‘rguzduki, agar bu og‘ir lashkar bilan Iroqqa borsak, u yerga sig‘ishmasligi mumkin. Shu maqsadda bir necha bo‘linmalami muqarrar qildimki, Iroq mamlakatiga guruh-guruh borib chapovul qilgaylar. Va shunday kengash qilganimdan so‘ng, lashkarimni uch qo‘shin etib, o‘zimdin burun yubordim va parokanda lashkarim Iroqda jam bo‘lib edilar, hammasi tarqalishdi. Shundan so‘ng Sherozg‘a cherik chektim. U yerda Shoh Mansur menga ro‘baro‘ bo‘lib, sazosiga yetti. TO‘QTAMISHXONNI TOR-MOR KELTIRISHDA QILGAN KENGASHIM Dashti Qipchoqda lashkarlarim besh oy To‘qtamish- xonning keynida yurub, oralarida qahat va tanglik ko‘p bo‘ldi. Shu darajaga borib yetdiki, necha kunlar bulamoq (atala) oshi va ov go‘shti va sahroyi qushlar tuxumi bilan kun kechirdilar. Shu asnoda To‘qtamishxon lashkarim ahvolini eshitib, fursat topib mo‘r-u malaxdin ziyoda lashkar bilan kelib, menga ro‘baro‘ bo‘ldi. Va mening lashkariylarim ko‘b och edilar va To‘qtamishning lashkari to‘q va osuda. Shutting uchun mening amirlarim va sardorlarim urushga ko‘ngli bo‘lmadi. Shunday tang holatda farzandlar va nabiralar kelib, tiz cho‘kib, jonbozlik ixtiyor ettilar. 0‘sha mazgilda To‘xtamishxonning bayroqdori men bilan kelishib, mundoq kengash qildimki, urush solib ikki saf ro‘baro‘ bo‘lgan chog‘da uning bayroqdori bayrog‘ini yiqitadi. Farzandlarimning tiz cho‘kib urushga ruxsat so‘ragan- lari xabari amirlar va no‘yonlaming quloqlariga yetgach, hammalarining ko‘ngullari quwatlanib, urushga ko‘ngul qo‘ydilar. Va Amirzoda Abu Bakming yigirma ming otlig‘ bilan hirovul qildim. Va urush va o‘lturish o‘ti baland botigach, amr etdimki, o‘tovlami tikib, taom pishurmakka mashg‘ul bo‘lg‘aylar. Shu vaqtda To‘qtamishxonning tug‘i yiqildi. Shu bilan To‘qtamishxon Jo‘ji ulusini g‘orat yeliga berib, jang maydonidan chekinib, qochib ketti. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling