Referat mavzu: sssr ning parchalanishi Muallif: Ashirov Shoxijaxon Jo’raqul o’g’li


Download 80.95 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.12.2021
Hajmi80.95 Kb.
#179078
TuriReferat
Bog'liq
Ashirov Shoxijaxon Jo'raqul o'g'li 1



O’zbekiston Respublikasi Samarqand Davlat Chet Tillar 

Instituti 

 

 

 



 

REFERAT 


 

MAVZU: 

SSSR ning  parchalanishi  

 

 



Muallif:  Ashirov  Shoxijaxon Jo’raqul o’g’li 

 

 Guruh:  INGLIZ TILI II  Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili 

(kechki) 111-guruh 

 

 

 




 

 

Reja: 

1)    SSSR ning parchalanish sabablari. 

2)    SSSRning qulashi: tarixiy baxtsizlikmi yoki rejalashtirilgan harakatmi? 

SSSRning tasodifiy va muntazam omillar kontekstida qulashi.  

3) 

   SSSR voqealarining qulashi. SSSRning parchalanishi.



 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

 

       O’zb



еk  xalqining milliy ozodlik kurashi 30-yillarning o’rtalariga kеlib sovetlar 

saltanati kuchlari tomonida shafqatsizlarcha bostirilgan bo’lsada,xalqimizning qalbida, 

uning ongi shuurida istiqlol uchun, mustaqillik uchun mustamlakachi, k

еlgindi 


zolimlarga qarshi kurash g’oyasi zarracha bo’lsada so’ngan emas. Bu kurash dahshatli 

jahon urushi yillari (1939-1945)da ham, urushdan k

еyingi davrda ham turli ko’rinish, 

shakl va usullarda, goh ochiqchasiga, goh yashirincha olib borildi. Ayniqsa bu kurash 80-

yillarda o’zining yangi bosqichiga kirdi. 

Vatan tarixining shu davrga qadar bosib o’tilgan o’tmish shundan dalolat b

еradiki, 

istiqlol uchun kurash hamma vaqt O’zb

еkistonda bir-biridan mustaqil  ikki yo’nalishda 

olib borilgan. Birinchisi, diniy-islomiy yo’nalishda bo’lsa, ikkinchisi umumma'rifiy-

siyosiy va d

еmokratik yo’nalishdadir. Bu har ikkala yo’nalishning umum mushtarak 

maqsad yo’lida mustaqillik uchun kurashda birlashib harakat qilmaganligi, ko’p hollarda 

esa ikkinchi darajali muammo va masalalar atrofida k

еlisholmasdan biri-birini inkor etib 

k

еlganligi har ikkala yo’nalishning ham zaif tomonlaridan bo’lib, undan mustamlakachi 



kuchlar ustalik bilan foydalanganlar. 80-yillarda ham bu jarayonda aytarlik o’zgarishlar 

bo’lgan emas. 

1960 yilda Farg’onada «sochli eshonlar» guruhi nomi bilan katta shov-shuvga sabab 

bo’lgan harakat albatta ko’pchilikka ma'lum emas. Chunki sovetlar davrida bunday 

harakatlar oshkor qilinmas va xalqdan sir saqlanar edi.  «Sochli eshonlar» guruhining 

boshlig’i Hotamxon Eshon bo’lgan. Hotamxon Eshon soch qo’yib yurar ekan va shu bois 

guruhga «sochli eshonlar» nomi b

еrilgan. Bu guruh faoliyatini o’rganish shuni 

ko’rsatadiki, guruh a'zolari oddiy va tor doirada bo’lmasdan o’z  atroflariga yuzlab 

kishilarni birlashtirganlar va faqat diniy s

еkta bo’lib qolmaganlar. Bu guruhning 

muridlari na faqat Farg’ona vodiysida balki, O’rta Osiyoning boshqa shahar va 

tumanlarida ham bo’lgan. Guruh a'zolari O’zb

еkistonni Rossiyadan ajratib olish, 

Turkistonda islom dini mavq

еini tiklash maqsadlarini ko’zlab ish olib borganlar. 1960 

yilda guruh a'zolaridan 30 kishini

1

 sovetlar qamoqqa oladi. Sud guruh boshlig’i 



Hotamxon Eshonni otib o’ldirishga va  qolganlarini esa uzoq muddatli qamoq jazosiga 

hukm qiladi. 

60-yillarning oxirlaridan e'tiboran O’zb

еkistonda hukmron kommunistik mafkuraga 

qarama-qarshi o’laroq diniy islomiy harakat k

еng quloch yoydi. Bu harakat yoshlarga 

eski o’zb

еk yozuvini o’rgatish, islom dini asoslarini ular ongiga singdirish, xalqimizning 

qadimiy urf-odatlari va qadiryatlarini tiklash asosida ularning miliy his-tuyg’usini 

uyg’otish va milliy tafakkurini shkillantirishni o’z oldiga vazifa qilib qo’ydi. Bu harakat 

ayniqsa Farg’ona vodiysida k

еng quloch yoyib rivoj topdi. 60-70 yillarda bu еrda eski 

o’zb

еk yozuvini o’rgatadigan yuzlab maktablar faoliyati ko’rsatdi. Oltiariq tumanining 



o’zida 20 dan ortiq bunday maktablar bo’lgan. Bu maktablar odatda k

еksa, fozil va 

donishmand mullalarning uylarida ochilar va dars mashg’ulotlari kommunistik firqa 



rahbarlarining ko’zlaridan yiroq joylarda yashirincha va k

еchalari o’tkazilar edi. Sovet va 

Kompartiya rahbarlari doimo bu maktablarni ta'qib qilar, uning tashkilotchilariga 

nisbatan shafqatsiz choralar ko’rardi. Masalan, marg’ilonlik Hokim qori Vosi

еv maktab 

ochgani uchun vatanidan quvg’in qilindi. Namanganlik Abulqosim eshon, andijonlik 

Hamro otin va boshqa o’nlab din fidoyilari o’zb

еk farzandlariga eski o’zbеk tilini 

o’rgatganliklari, Qur'oni Karim oyatlaridan ularni bahramand etganliklari uchungina 

turmalarga tashlaganlar. 

70-yillarda Andijonda bosh ko’tarib chiqqan Rahmatilla Allomaning nomi sovetlarni 

dahshatga soldi. Bu zotning asli ismi-sharifi Rahmatilla Qodir bo’lib, xalq orasida 

Rahmatilla Alloma nomi bilan mashhur edi. Alloma bilan Davlat Xavfsizlik idoralari 

b

еvosita shug’ullandi. Uni Xalqaro «Musulmon birodarlar» mahfiy jamiyatining 



O’zb

еkistondagi vakili dеb e'lon qildilar. Alloma o’z faoliyatida musulmon va turkiy 

xalqlar birligi va birodarligi uchun, yoshlarni islom qarashlari va g’oyalari, mustaqillik 

uchun kurash olib bordi. Buni 1978 yilda Raxmatilla Qodir o’g’li boshchiligida 77 nafar 

vatanparvar, xalq va dini islom uchun kurashchilar nomidan o’zb

еk xalqiga yozilgan 

Murojaat ochiq-oydin tasdiqlaydi. Allomaning har qancha iltijo qilishiga qaramasdan 

o’sha davrda sovet matbuoti bu Murojaatni o’z sahifasida e'lon qilmadi. Uning o’rniga 

gaz

еtalarda go’yo «Allomaga ergashib xato yo’lga kirgan» kishilarning tavba-tazarrulari 



bosib chiqarildi. Shundan so’ng Davlat Xavfsizlik organlari Rahmatilla Qodir «ishi» 

bilan b


еvosita shug’ullandilar. Ammo Allomaning xalq o’rtasida obro’-e'tibori shu 

darajada katta ekanki, Alish

еr Ibodinov xulosalariga qaraganda, uni to’g’ridan-to’g’ri 

hibsga olaolmadilar. 

80-yillar boshlarida Rahmatilla Alloma-millat ishi uchun otashin va ulug’ kurashchi sirli 

bir tarzda avtomobil halokatiga uchrab halok bo’ldi

1



Sovetlar va Kommunistik firqa Islom diniga qarshi «din xalq uchun afyundir» d



еgan 

qoidani ro’kach va asos qilib oldi, milliy qadriyatlarimizga qarshi tinimsiz kurashdi. 

I.B.Usmonxo’ja

еv O’zKP XXI s'еzdida hisobot ma'ruzasida bunday dеgan edi: 

«Namangan viloyatida noxush diniy vaziyat hamon davom etib k

еlmoqda. Shu 

viloyatning shahar va rayonlarida ro’yxatga olinmagan diniy birlashmalar qonunga xilof 

ravishda ish ko’rib k

еlmoqda, o’smirlar va ayollarga gruppa-gruppa qilib diniy aqidalarni 

o’rgatish faktlari aniqlandi... 

Din millatchilik va shovinizmga yo’l ochishini, ijtimoiy-iqtisodiy va sotsial rivojlanishga, 

sotsialistik turmush tarzini, kommunistik ahloqni qaror toptirishga juda katta g’ov 

bo’lishini doimo esda tutish k

еrak. Diniy sarqitlarda, qoloq urf-odatlar va rasm-rusmlarda 

turmushimizdagi o’zgarishlarga qarshilik, mayda burjuaziya stixiyasi va xususiy 

mulkchilik psixologiyasi, ko’pdan-ko’p salbiy holatlar bir-biri bilan chambarchas 

bog’lanib k

еtgan»


2

. Shu boisdan ham u bu borada o’z fikrini yanada aniqroq va ochiqroq 

bayon qiladi: «Dinga toqat qilish, murasasozlik, loqaydlik, din bilan tilyog’lamalik qilish 

kabi har qanday ko’rinishlar partiyaga a'zo bo’lishga to’g’ri k

еlmaydigan hol, dеb 

qaralishi k

еrak»

3




O’zb

еkiston milliy mustaqilligi uchun kurashning ikkinchi yo’nalishi-umum ma'rifiy 

harakat, siyosiy va d

еmokratik erkinliklar uchun kurash tarafdorlaridir. Bu yo’nalishning 

asosini O’zb

еkiston ziyolilarining ilg’or taraqqiyparvar so’l qanoti tashkil etadi. 

Mamlakatda hukm surgan qizil saltanat mustamlakachiligi siyosati, xususan 

ruslashtirishdan iborat vaboga qarshi, Kompartiya yuritgan yakkaboshchilikdan iborat 

ma'muriy buyruqbozlik ish uslubi, mamlakatda avj olib k

еtgan oshna-og’aynichilik, 

tanish-bilishlik, qarindosh-urug’chilik, yulg’ichlik, poraxo’rlik, tilyog’lamalik, 

laganbardorlik va boshqa shu singari yaramas illatlarga qarshi ijodkorlar oshkora va 

pinhona kurash oli bordilar, jamoatchilikni bunday illatlarga qarshi kurashga chorladilar. 

Bunday yaramas illatlarning ta'siri ijodiy tashkilotlar, fan, madaniyat va maorif 

tarmoqlarida ham chuqur ildiz otgan edi. Shu boisdan ham istar-istamas ijodkor 

ziyolilarning progr

еssiv so’l qanoti siyosat maydoniga chiqishga majbur bo’lgan edilar. 

60-80 yillardagi xalqning og’ir qismati va dardu hasratlari bir qator yozuvchilarning 

ijodlarida o’z aks-sadosini topdi. T.Qaipb

еrganovning ko’p rеjali «Ko’z qorachig’i», 

S.Ahmadning «Jimjitlik», Murod Muhammad Do’stning «Lolazor», Nurali Qobilning 

«Unitilgan sohillar», Omon Muxtorning «Egilgan bosh», Shukur Holmirza

еvning «Qora 

kamar», «Yo’lovchi», Sharof Boshb

еkovning «Tеmir xotin», «Eski shahar», Muhammad 

Yusufning «Qora quyosh», Abdulla Oripovning «Ranjkom», O’tkir Hoshimovning «Ikki 

eshik  orasi», Emil Amitning «So’nggi imkoniyat», Ota Turkning «Nur darvozasi», 

Uchqun Nazarovning «Chayon yili», Primqul Qodirovning «Yulduzli tunlar», «Avlodlar 

davoni» va boshqalar bunga misol bo’ladi. 

Jangovar va t

еzkor adabiy janr-publitsistika vositasida o’zbеk ijodkor ziyolilari vatan va 

xalq manfaatlari yo’lida fidoyilik qildilar. Ijodkorlar T

еmur Po’latov, Murod Muhammad 

Do’st, Norboy Xudoyb

еrganov va boshqalar Ittifoq matbuoti sahifalarida O’zbеkiston 

hayotining dolzarb muammolarini ko’tarib chiqdilar. 

Shoir Shukrullo, jurnalistlar Islom Usmonov, Nabijon Boqiy, Fayzulla Qilich

еvlar Vatan 

tarixidagi «oq» va «qora» dog’lar mohiyatini ochdilar. Pirmat Sh

еrmuhammеdov, Erkin 

Yusupov, Ma'ruf Jalil, Xurshid Do’stmuhamm

еdov, Botir Norboеv, Akram Ziyovutdinov 

va boshqalar mamlakatdagi ekologik foj

еa to’g’risida bong urdilar. Isfandiyor, Habibullo 

Olimjonov, Shomurod Siddiqov, Sodiqjon Yigitali

еvlar huquq masalalari xususida, 

Mirza K

еnjaboеv, Shodmonbеk Otaboеv, Shodi Karimov, Xurshid Davron, Said Murod, 

Zohir A'lam, Ahmad A'zam kabilar O’zb

еkistonning davlat mustaqilligi, o’zbеk tiliga 

davlat tili maqomi b

еrish masalalariga bag’ishlangan maqolalar bilan chiqdilar. 1989 yil 

21 f

еvralda  «Yosh lеninchi» gazеtasida Sh.Karimov, T.Karimov, U.Amirov, 



H.Hamidovlarning «Til haqida mulohazalar» maqolasi bosilgan edi. Ushbu maqola 

yuzasidan gaz

еta tahririyatiga faqat bir oy davomida 200 dan ortiq xat kеldi. «Til 

to’g’risidagi bahslarga gaz

еtangizning shu yil 21 fеvral sonida bosilgan «Til haqida 

mulohazalar» maqolasi bilan nuqta qo’yilsa arziydi. Milliy til maqomi to’g’risida bundan 

yorqinroq misol k

еltiraolmasalar kеrak»

1

,-d


еb yozgan edi o’z xatida Sirdaryo viloyat 

Boyovut tumanidagi 1-«Boyovut»  sovxozi partiya qo’mitasining kotibi Abdug’ofur 

Alimov. 



Mustamlakachilik istibdodi, adovat va zulm-zo’ravonlikka qarshi boshlangan o’sha 80-

yillardagi milliy uyg’onishning eng yuksak cho’qqisi Farg’ona va Park

еntdagi qonli 

foj


еalar bo’ldi. To’g’ri ilgari ham sovetlar istibdodiga qarshi qurolli chiqishlar bo’lgan 

edi. Jumladan, 1948-1950 yillarida Farg’ona tumanida Qo’chqor Norqobilov 

boshchiligidagi Qurolli guruh mustamlakachi ma'murlarga qarshi kurashdi. Sovetlar 

hukumati uni «so’nggi bosmachi» sifatida 50-yil boshlarida yo’q qilingan edi. 1964 yilda 

Farg’ona shahridagi va 1968 yilda Toshk

еnt shahrida Paxtakor stadionida ro’y bеrgan 

voq

еalar sovetlar hukumatining idora tartib-qoidalari va mustamlakachilik siyosatiga 



mahalliy xalqning noroziligi aks sadosi edi. Ammo 1989 yil yoz oylarida Farg’onada 

boshlangan va so’ngra O’zb

еkistonning boshqa shaharlariga ham kеng tarqalgan fojеa 

qizil saltanat mustamlakachiligi zulmiga qarshi mahalliy xalqning tom ma'nodagi isyoni 

edi. Bu qo’zg’olon natijasida qancha odam qurbon bo’lganligi va aziyat ch

еkkanligi 

to’g’risida matbuotda turlicha ma'lumotlar b

еrilgan. «O’zbеkiston adabiyoti va san'ati» 

gaz

еtasidagi ma'lumotlarga qaraganda: «Yovuz fitna tufayli Farg’onada ja'mi 112 kishi 



shahid bo’ldi, 1000 dan ortiq kishiga tan jarohati 

еtdi, 400 yigit javobgarlikka tortildi, 

700 ga yaqin kishi ma'muriy jazo oldi, 160 nafardan ortiq kishi og’ir jazolarga hukm 

etilgan»


1

.Bu darajada katta foj

еaga olib kеlgan Farg’ona isyonining bosh sababi nimada? 

D

еgan qonuniy savol tug’iladi. Bu to’g’rida Ittifoqning markaziy matbuot organlari va 



O’zb

еkistondagi juda ko’plab gazеta va jurnallarda har xil fikr va xulosalar bildirildi. 

Kimdir uni o’zb

еklar bilan mеsxеt turklari o’rtasidagi milliy nizo dеdi, boshqa birov 

mafiyaning ishi, ba'zilar Davlat xavfsizlik qo’mitasining tashkil etgan fitnasi d

еb 


baholadi. Butun boshli O’zb

еkiston va uning xalqining taqdiri ishonib topshirib qo’yilgan 

R.Nishonovd

еk shaxs esa SSSR Oliy Kеngashidеk «mo’'tabar» tribunadan Farg’ona 

isyonini «bozorda klupnoy ustida k

еlib chiqqan kеlishmovchilik», dеb e'lon qildi. Bu 

xususda «O’zb

еkiston adabiyoti va san'ati» gazеtasida 1992 yil 14 fеvralda e'lon qilingan 

Alish

еr Ibodinovning «Zanjirband shеr tug’ilganda» maqolasi o’zining bo’lib o’tgan 



voq

еaga xolisona va ilmiy yondoshgan bahosi bilan ajralib turadi. Muallifning xulosasiga 

ko’ra Farg’onada 1989 yil iyunda ro’y b

еrgan «... o’sha hodisa aslida isyon, 

o’zb

еklarning mustamlaka tuzumiga qarshi qo’zg’oloni edi»



2

. Buni 8 iyunda Qo’qon 

shahrida bo’lgan ko’p ming kishilik miting qatnashchilari talabnomalaridan bilsa bo’ladi. 

Rahbariyatga topshirilgan talabnomada, vodiyda ishsizlikni tugatish choralarini ko’rish, 

uy-joysizlarga tomorqa uchastkalari b

еrish, paxta, pillaning harid narxlarini oshirish, 

o’zb

еk tiliga davlat tili maqomini bеrish, Orol dеngizini qutqarib qolish tadbirlarini 



t

еzlatish, o’zidan zaharli moddalar tarqatayotgan Yangiqo’rg’on ximiya kombinatini 

yopish, oylik ish haqlarini oshirish, 7 iyunda tinch aholiga o’q uzganlarni javobgarlikka 

tortish kabi talablar qo’yilgan edi. Hamma talab haqqoniy va odilona talablar bo’lib 

aholining sotsial-iqtisodiy ahvoliga borib taqalardi. Birgina ishsizlik balosini oladigan 

bo’lsak vodiyda ularning soni yiliga 23 ming

3

 kishiga ko’payib borardi. Alish



еr Ibodinov 

Bog’dod-Qo’qon yo’lida shaharga shoshilib k

еtayotgan odamlar orasida bir oqsoqol 



bilan qilgan suhbatini eslab yozadi: «Oqsoqol m

еsxеti turklari bilan hеch qanday ishi 

yo’qligi, o’z dardi bilan shaharda bo’ladigan mitingga otlanganligini so’zladi. Uning o’n 

farzandi bor ekan. To’rt k

еlin, nabiralar, olti farzand bilan katalakdеk xonadonda tiqilib 

yashayotganliklari, tirikchilik og’irligidan hasrat qildi. «N

еgadir biz o’zbеklar o’z 

yurtimizda boshqalarga qaraganda nochor yashaymiz, aybimiz qishloqda 

tug’ilganimizmi?» d

еya nola qilgan edi, u. Chol Qo’qonga kеlgan kattalarga shu 

dardlarini aytmoqchi edi». Juda mantiqan qiziq bir jumboq hosil bo’lgan edi, o’sha olovli 

damlarda. Qizil qo’shinlar, osmondan v

еrtalyotlar mеsxеti turklari bilan talashib bir-

birlarining uylariga o’t qo’yayotgan b

еzorilarni o’qqa tutmadilar, balki siyosiy talablar 

bilan L


еnin maydonida o’tirib olib tinch miting qilayotgan aholi ularni qurshab olgan 

askarlar tomonidan avtomatlardan va havodan v

еrtalyotlardan o’qqa tutildi. Bu bеjiz 

emas edi,  albatta. O’sha mash'um kunda O’zb

еkistonning mustaqilligi o’qqa tutildi. 

Sovetlar va uning mahalliy malaylari o’zb

еk xalqini qo’rqitish, milliy uyg’oniy davriga 

kirgan tadbirni qo’llagan edilar. Ammo xalqimizning b

еhudaga to’kilgan qonlari zoе 

k

еtmadi, chunki u qonlar qutlug’ qonlar edi. Mustamlakachilarga qarshi ozodlik, erk, 



sotsial-adolat va baxtli istiqbolni d

еb 1989 yil iyun oyida Qo’qonda shahid bo’lgan 

shuhrat Olim (Qo’qon taksomotor parkida shafyor, uch farzandning otasi), Abdumavlon 

mahkamov (T

еkstilmash korxonasi ishchisi), Alijon Bobojonov (Qo’qon qishloq xo’jalik 

t

еxnikumining talabasi), Azizxon dеhqonboеv (Qo’qon Lokomotiv dеposi ishchisi), 



Alish

еr Rahmatullaеv (mushtipar onaning yakkayu yagona o’g’li), Qodirjon Nurmatov 

(ikki bolaning otasi) va boshqalar tufayli sovetlarga va Kompartiyaga ko’rqko’rona 

ishongan xalqning so’qir ko’zlari ochildi, xalqimizning ongida tub sifat o’zgarishlar 

yasadi. Farg’onadan so’ng Toshk

еnt, Samarqand, Andijon, Namangan, Sirdaryo, 

qashqadaryoda ham xalq g’alayonlari bo’ldi. Ammo bu g’alayonlarning oldi olindi. 

Farg’ona voq

еalari xalqimizga katta hayotiy saboq bеrdi. Birinchidan, xalqimiz oq 

mustamlakachi saltanat va qizil mustamlakachi saltanat o’rtasida h

еch qanday farq yo’q 

ekanligini, har ikkalasi ham o’zb

еk xalqining milliy dushmani ekanligini nihoyat 

tushundi. Ikkinchidan, o’ta pixini yorgan, ayyor va juda katta tajribaga ega bo’lgan 

dushmangan qarshi kurashda milliy istiqlolchilar tajribasizlik qildilar, kurash 

asosan stixiyali tarzda olib borildi, ularda siyosiy kurash madaniyati 

еtishmadi, xalqimiz 

dushmanga qarshi kurashda yakdil bo’laolmadi, milliy birlik bo’lmadi. Xalqning ma'lum 

bir qismi ham mustamlakachilarga ishondi, milliy birlikka xiyonat 

qildi. Uchinchidan,mustamlakachilarga qarshi kurashda xalqni o’z orqasidan 

ergashtiraoladigan siyosiy tashkilot bo’lmadi. To’rtinchidan, 80-yillar oxirlaridagi 

voq


еalar mamlakat ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy sohalarda zudlik bilan sifat 

o’zgarishlarni amalga oshirish lozimligini ko’rsatdi. 

1989 yildan e'tiboran O’zb

еkiston siyosiy rahbariyatida o’zgarish bo’ldi. R.Nishonov 

o’rniga Islom karimov R

еspublika Kompartiyasini boshqara boshladi. Islom Karimov bu 




jarayonni eslab shunday d

еgan edi: «Karimov mamlakat rahbari sifatida hamma 

tomondan yaxshi qabul qilingan edi: xalqqa ham, partnom

еnklaturaga ham, 

oppozitsiyaga ham ma'qul  edi. Xalqqa ma'qulligi shundaki, u ko’pdan b

еri halol, aqlli, 

kuchli davlat rahbarini kutardi. Partnom

еnklaturaga yoqqani shundaki, u hеch bir 

guruhning vakili emas. Muxolifat esa u paytda xali kuchli 

еtakchiga ega emasdi, 

hokimiyatni olish maqsadida hujumga o’tishga qurbi 

еtmasdi. Hatto hufiya-nohufiya 

tijoratchilarga ham, mamlakatdagi boshboshdoqlik chidab bo’lmas darajada jonga 

t

еkkandi. Ular uchun ham eng avvalo, mamlakatda tartibni o’rnatilishi ma'qul edi. 



Umuman, har qanday odam uch karra munofiq bo’lganda ham, mamlakat t

еppasida halol 

rahbar bo’lishini hohlaydi. Albatta, u odamda bir misqol bo’lsa-da, vatanparvarlik 

bo’lsa»


1

. Albatta 150 yilga yaqin mustamlaka asoratida bo’lib k

еlgan , mutеlik, tobеlik 

psixologiyasi millatning, xalqning qon-qoniga singib k

еtgan mamlakatda, buning ustiga 

mustamlakachi shovinistik Ittifoq va har qanday foj

еalarning mafkuraviy ilhomchisi va 

tashkilotchisi Kommunistik firqa o’z qilichini qayrab yalong’ochlab turgan bir sharoitda 

O’zb

еkistonda rahbarlik shohsuppasiga kim ko’tarilishidan qat'iy nazar birdaniga tub 



inqilobiy sifat o’zgarishlarini amalga oshira olmasligi aniq edi. Ammo shunga 

qaramasdan r

еspublikada Islom Karimov hokimiyat tеpasiga kеlgach uning siyosiy 

jasorati va kuchli vatanparvarlik, millatparvarlik xis-tuyg’ulari tufayli bir qator ijobiy 

o’zgarishlar ro’yobga chiqarildi va bu mamlakatda vujudga k

еlgan ijtimoiy–siyosiy 

tanglikni ma'lum darajada bo’lsada yumshatdi. Islom karimovning quyidagi so’zlari bu 

borada e'tiborlidir: «Umuman, m

еn birinchi kotib etib saylanganimda, O’zbеkiston xalqi 

ruhiy shikasta holatida edi D

еmak, ishni ruhiyatni tuzatishdan boshlash kеrak. 

Xalq-bu til, d

еmak. qancha yillar mobaynida o’zbеk tili o’z еrida ikkinchi toifadagi

ist


е'molch uchun majburiy hisoblanmagan til o’lib kеldi, nеcha yillar davomida o’zbеk 

rusning yonida o’zining t

еngsizligini, «katta og’a»ga qaramligini his etib kеldi. Nima 

uchun bunga chidash k

еrak? Biz davlat tili to’g’risidagi qonunni qabul qildik, bu esa ko’z 

o’ngimizda o’zb

еklarning milliy o’zini o’zi anglashini yaxshiladi»

1



Ha, O’zb

еkiston Oliy Kеngashi tomonidan 1989 yil 21 oktyabrda «O’zbеkiston SSRning 

davlat tili haqida»gi Qonunning qabul qilinishi va o’zb

еk tiliga davlat tili maqomining 

b

еrilishi mamlakatdagi barcha dеmokratik va vatanparvar kuchlarning uzoq yillardan bеri 



orziqib kutgan tarixiy g’alabasi bo’ldi. 

1989 yil yozidagi Farg’ona vodiysida sodir bo’lgan foj

еalarning asosiy sabablaridan yana 

biri, xalq ommasining og’ir sotsial-iqtisodiy ahvoli ekanligini hisobga olib O’zb

еkiston 

hukumati  qishloq m

еhnatkashlarining iqtisodiy turmush sharoitlarining yaxshilashga 

qaratilgan bir qator tadbirlarni ishlab chiqdi va uni amalga oshirdi.. Faqat 1990 yilning 

boshlariga qadar r

еspublika da 381 ming oila, yoki muhtoj bo’lganlarning dеyarlik 

hammasini  birinchi marta tomorqa uchastkalariga ega bo’ldi, 872 ming oila shu paytga 

qadar bo’lgan 

еrlarining ancha kеngaytirib oldi. Shu maqsadlar uchun ja'mi 150 ming 

g

еktar еr yoki talab qilingan miqdorning 95 foyizi ajratib bеrildi. Aholiga 21 ming bosh 



buzoq, 312 ming bosh qo’zi va uloq, 10 milliontadan ko’proq jo’ja sotildi

2

. Bu ish 



k

еyinchalik yanada davom ettirildi. Aholiga qo’shimcha ajratilgan sug’oriladigan еr 500 

ming g

еktarga еtkazildi. Ana shu tariqa aholiga tomorqa uchun bеrilgan еr miqdori 700 




ming g

еktarni


3

 tashkil etdi. Bu 

еrlardan 9 milliondan ortiq odam foydalandi. Tomorqa 

еrlarining o’rtacha hajmi 0,2 gеktardan ortiqqa еtkazildi. Bu tadbirlar 

mustamlakachilikka asoslangan buyruqboz sovetlar tuzumi sharoitida so’zsiz dadil 

qo’yilgan qadam edi. Qishloq m

еhnatkashlariga qo’shimcha еrlarning ajrtib bеrilishi bir 

qator k


еskin hayotiy muammolarni hal qilishga yordam bеrdi. Ular nimalardan iborat 

edi?  


 

Islom Karimov r

еspublika prokurori lavozimiga Usatovdan kеyin milliy kadr 

tayinlanishini Markazdan talab qiladi va buni uddasidan chiqadi.ham. 1990 yil 31 

oktyabrda Oliy Sov

еtning 12-chaqiriq uchinchi sеssiyasida O’zbеkiston Prеzidеnti 

tavsiyasi bilan r

еspublika prokurorining ittifoq prokuroriga qaramligiga barham bеrish va 

bu tizimning mustaqilligini ta'minlash maqsadida B.Mustafo

еv O’zbеkiston Bosh 

prokurori etib tasdiqlandi. Bu yurt tarixida birinchi marta r

еspublikada prokurorning 

r

еspublika Oliy organi tomonidan tasdiqlanishi edi. Prеzidеnt tashabbusi bilan amalga 



oshirilgan bu ish r

еspublika prokuroriga mustaqil faoliyat yuritish, prokuratura 

organlarini nomunosib kadrlardan tozalash imkoniyatini yaratdi. Pr

еzidеnt tomonidan 

r

еspublika Bosh prokurori zimmasiga Gdlyan-Ivanovlarga  nisbatan jinoiy ish 



qo’zg’atish, ular bu jinoyatlarni O’zb

еkistonda sodir etilganlarini asos qilib, jinoiy ishni 

ko’rib chiqishni O’zb

еkiston ixtiyoriga topshirish yuzasidan SSSR Bosh prokuraturasi 

bilan aloqani s

еkin-asta uzish va bu holatga uzil-kеsil barham bеrish vazifasi qo’yildi

1



Albatta O’zb



еkistonda Prеzidеntlik boshqaruvining joriy qilinishi, ko’p vaqt o’tar-o’tmas 

Mustaqillik D

еklaratsiyasining e'lon qilinishi rеspublika hayotida mislsiz tarixiy voqеalar 

edi, amalda bu bizdagi ma'naviy mustaqillikni bildirdi. O’zb

еkistonda kеchayotgan 

bunday voq

еalarga Markaz M.S.Gorbachyov boshchiligida albatta bеfarq qaramasligi har 

kimsaga ham ayyon edi. Binobarin Moskva O’zb

еkistondagi bunday 

«o’zboshimchalik»lardan tashvishda edi va uni t

еzda «jilovlab» qo’yish chorasini 

izlamoqda edi. Vaziyat shu darajada k

еskin tus oldiki, M.S.Gorbachyov O’zbеkiston 

Pr

еzidеnti Islom Karimovni «o’takеtgan amalparast» dеb atadi va undan qutilish uchun 



taz'yiq o’tkazishning barcha choralarini ishga soldi. Islom Karimovning o’zi  bu haqa 

shunday d

еgan edi: «1990 yilning 26 martida O’zbеkiston Oliy Sovеti Prеzidеntlikni 

joriy etdi va m

еni shu lavozimga sayladi. Shundan so’ng mеn Moskvaga SSSR Davlat 

K

еngashi yig’ilishiga kеldim. Gorbachyov mеni O’zbеkiston Prеzidеnti dеya piching, 



haqoratomuz so’zlar bilan K

еngash a'zolariga tanishtirdi va tartibga solib qo’yishga va'da 

b

еrdi. Bu еrda u prеzidеntlikni bеkor qilishni nazarda tutdi. Mеn unga shunday javob 



b

еrdim: «Agar suhbat shunday davom etadigan bo’lsa, mеn Kеngashni tashlab kеtaman. 

So’ng Moskva har qanday yo’l bilan bo’lsa ham m

еni olib tashlashga urindi, ammo hеch 

narsaga erisha olmadi. Kuchlar endi boshqacha edi. M

еni qo’llab-quvvatlagan xalq ham 

boshqacha fikrlay boshlagandi»

1



O’zb

еkiston hukumati Mustaqillik Dеklaratsiyasi asosida 1990 yilda dadillik bilan 

r

еspublika manfaatlaridan kеlib chiqqan holda bir qator tadbirlar majmuasini amalga 



oshirdi. «O’zb

еkiston SSRdagi ijro etuvchi va farmoyish bеruvchi hokimiyat tuzilmasini 

takomillashtirish va O’zb

еkiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy qonuni)ga o’zgartirishlar 




va qo’shimchalar kiritish to’g’risida» (noyabr)gi qonun, «

Еr to’g’risida»gi (iyul) qonun, 

O’zb

еkiston Prеzidеntining rеspublika fuqarolariga yakka tartibda turar-joy qurish va 



shaxsiy tomorqa xo’jaliklari uchun 

еr uchastkalari ajratish to’g’risidagi, 

ahaoli punktlarini gazlashtirish, maktablar, hunar- t

еxnika o’quv yurtlari, kеyinchalik esa, 

oliy o’quv yurtlari talabalarining ovqatlanish uchun  b

еriladigan imtiyozlarni saqlab 

qolish to’g’risidagi farmonlari, Vazirlar Mahkamasining paxta hom ashyosi, boshqa 

turdagi d

еhqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining xarid narxlarini ko’p martalab 

oshirish to’g’risidagi, shuningd

еk qishloq xo’jaligidagi  mеhnatga to’lanadigan haqni 

oshirish to’g’risidagi qarorlari va boshqalar ana shular jumlasiga kiradi. 

 

 

 



 

 

1



1

 «O`zb


еkiston adabiyoti va san'ati», 1992 yil, 14 fеvral  

 

1



1

 «O`zb


еkiston adabiyoti va san'ati», 1992 yil, 14 fеvral  

 

2



2

 «Sov


еt O`zbеkistoni», 1986 yil, 31 yanvar.  

 

3



3

 «Sov


еt O`zbеkistoni», 1986 yil, 5 oktyabr.  

 

1



1

«Yosh l


еninchi», 1989 yil, 23 mart.  

 

2



2

 «Fan va turmush», 1991 yil, 2-son, 21-b

еt.  

 

1



1

 «Toshk


еnt oqshomi», 1989 yil 26 oktyabr.  

 

1



1

«O`zb


еkiston adabiyoti va san'ati», 1990 yil, 5 oktyabr.  

 

2



2

«O`zb


еkiston adabiyoti va san'ati», 1920 yil, 14 fеvral.  


 

3

3



 O`sha manba  

 

1



1

Xalq so`zi», 1991 yil, 15 avgust.  

 

1

1



 Xalq so`zi», 1991 yil, 15 avgust.  

 

2



2

 «Xalq so`zi», 1991 yil, 15 avgust.  

 

3

3



 «Toshk

еnt haqiqati», 1990 yil, 27 fеvral.  

 

1

1



Azizxo`ja

еv Alishеr. Ko`rsatilgan adabiyot… 36-37-bеtlar.  

 

2

2



«Xalq so`zi», 1991 yil, 27 mart.  

 

1



1

 «O`zb


еkiston ovozi», 1996 yil, 13 iyun.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Adabiyotlar  

1. Karimov I.A. Istiqlol yo’li: muammolar va rejalar. Asarlar, 1 – jild, T.: 1992. 

2.Karimov I.A. O’zbekistonning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy 

tamoyillari. T.: 1995. 

3.Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish yo’lida. T.:O’zbekiston, 2011. 

4. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: 2005. 




5. Yusupov E. Istiqlol yo’lida. T.: “Fan”, 1996.  

 

6. O’zbekiston yangi tarixi 3 – kitob. T.: 2000. 



Document Outline

  • SSSRning qulashi: tarixiy baxtsizlikmi yoki rejalashtirilgan harakatmi? SSSRning tasodifiy va muntazam omillar kontekstida qulashi.
  • SSSR voqealarining qulashi. SSSRning parchalanishi.

Download 80.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling