Ijodi haqida batafsil ma‟lumotlar bayon etilib tahlil qilingan


Download 414.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana30.04.2023
Hajmi414.5 Kb.
#1405472
  1   2   3   4   5
Bog'liq
g-afur-g-ulom-asarlarining-yuristlar-hayotidagi-o-rni



Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) 
ISSN (online): 2181-2454 
Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org 
DOI:
10.24412/2181-2454-2022-3-33-37 
 
E-mail: carjisor@carjis.org 
33 
G‘AFUR G‘ULOM ASARLARINING YURISTLAR 
HAYOTIDAGI O‘RNI 
 
Suhrob Shuxrat o‘g‘li Abdixafizov 
Toshkent davlat yuridik universiteti 4-bosqich talabasi 
 
ANNOTATSIYA 
Mazkur maqolada O„zbekiston davlat arbobi, xalq yozuvchisi G„afur G„ulom 
ijodi haqida batafsil ma‟lumotlar bayon etilib tahlil qilingan. Shuningdek, yozuvchi 
ijodida vatanga bo„lgan muhabbat, vatanparvarlik ruhiyati oshirish uchun olib borgan 
ijodiy faoliyati haqida fikr-mulohazalar bayon etilgan. 
Kalit so‘zlar: ijod, vatabparvarlik, xalq, “Mushtum”, “Ko„kan”, “
Turksib 
yo„llarida”, “Dinamo”.
 
KIRISH 
G„afur G„ulom O„zbek adabiyotining mashhur namoyondalaridan biri, Ittifoq 
Davlat va Lenin mukofotlarining laureate, O„zbekiston davlat arbobi hisoblanadi.
Bizga tarixdan ma‟lumki G'afur G'ulom bolalik chog„laridan juda ko„p 
qiyinchiliklarga duch kelgan. To„qqiz yoshida otasidan yetim qolgan G'afur avval 
eski maktabda, so„ngra rus-tuzem maktabida ta'lim oldi. U Oktabr to„ntarishidan 
keyingi yillarda muallimlar tayyorlov kursini bitirib, “yangi usul”dagi maktablarda 
o„qituvchilik qildi. 1923 yildan bolalar uyida mudir va tarbiyachi, so„ng “Kambag'al 
dehqon”, “Qizil O„zbekiston”, “Sharq haqiqati” ro„znoma muharririyatlarida ishladi. 
Ro„znoma uning uchun dorilfunun rolini o„ynadi, xalq hayotini o„rganish, unda faol 
aralashish yo„lida muhim vosita bo„ldi. Chunki G„afur G„ulom vatanparvar, 
xalqsevar, fidoyi bir el farzandi bo„lgan. 
Uning mamlakatni himoya qilish haqidagi tantanavor qasidalari, o„tmish 
sarqitlarini qoralovchi hajviy she'rlari va xalqning kundalik ijodiy mehnatini 
olqishlovchi asarlaridan jamlangan “Dinamo” va “Tirik qo„shiqlar” nomli dastlabki 
she'riy to„plamlari 1931-1932 yillarda chop etildi. Shoir liro-epik janrlarida (1930-
1935) “Ko„kan” poemasini, “To„y”, “Ikki vasiqa” balladalarini yaratdi.
Biroq, 
shoirning 
bir 
qator 
she'rlarida, 
xususan, 
biz 
ko„p 
yillar 
kollektivlashtirish mavzusidagi eng yirik liroepik janrdagi asar deb maqtab kelgan 
“Ko„kan” poemasi hozirgi kun talablari darajasida emasligi sezilib qoldi. Jumladan, 
poemada boshdan oyoq maqtalgan kollektivlashtirish siyosati ma'lum ijobiy natijalari 
qatorida cheksiz zulm - fojealarga ham sabab bo„lganligi bor bo„yicha realistik 



Download 414.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling