Ijodi haqida batafsil ma‟lumotlar bayon etilib tahlil qilingan
Download 414.5 Kb. Pdf ko'rish
|
g-afur-g-ulom-asarlarining-yuristlar-hayotidagi-o-rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454
- E-mail: carjisor@carjis.org 37
XULOSA Ulug„ Vatan urushi yillarida shoir o„z ijodining butun haroratini fashist bosqinchilariga qarshi kurashayotgan xalqqa, uningmuqarrar g'alabasiga bag'ishladi. U “Sen yetim emassan”, “Oltin medal”, “Kuzatish”, “Vaqt”, “Sog'inish” kabi Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-33-37 E-mail: carjisor@carjis.org 37 she'rlarini ijod qildi, publitsistik ocherk va maqolalar yozib, xalqni jang va mehnat g'alabasiga otlantirdi. So„nggi yillarda G'afur G'ulomning 20 ga yaqin she'riy to„plamlari chop etildi. Ayniqsa, shoirpning “Kuzatish”, “Sen yetim emassan”, “Qish”, “Bizning ko„chada ham bayrham bo„lajak”, “Vaqt”, “Onalar” singari asarlarida dunyo xalqlarini fashizm vabosidan xalos etgan jangchilarimning mardona kurashlari tasvirlangan. G'afur G'ulom urush yillarida yozilgan she'rlaridan jamlangan “Sharqdan kelayotirman” to„plami uchun 1946 yili Ittifoq “Davlat mukofoti”ga sazovor bo„ldi. Adibga vafotidan so„ng “Lenin va Sharq” mavzusidagi asarlari uchun “Lenin” mukofoti (1973) berildi. G'afur G'ulom o„z davrida “Hurmat belgisi” (1944), uch marta “Mehnat Qizil Bayroq” ordeni (1937, 1951, 1961), “Lenin” ordeni (1949), medallar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. G„afur G„ulom so„nggi nafasigacha ijod etdi, mehnat qildi. Uzoq yillar davomida O„zbekiston Fanlar akademiyasining til va adabiyot institutida ilmiy xodim bo„lib ishladi. Badiiy asarlar bilan bir qatorda ko„plab ilmiy maqolalar yozdi, tarjimalar qildi. O„zining asarlari ham o„nlab tillarga o„girildi. 60 yillik yubileyi munosabati bilan unga “O„zbekiston xalq shoiri” faxriy unvoni berildi. Shoirning ko„pgina asarlari qardosh xalqlar, Osiyo va Yevropa tillariga tarjima qilingan. O„zbek she'riyatining otashin jarchisi, ulkan san'atkori G'afur G'ulom milliy adabiyotimizning rivojiga katta hissa qo„shgan adibdir. REFERENCES 1. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X.G„ulomova, Sh.Yo„ldosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil. -300 bet. 2. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar to„plami. TDPU, Toshkent, 2009-yil. -240 bet. 3. Jumaboyev M. O„zbek bolalar adabiyoti. –T.: O„qituvchi, 2002, -290 bet. 4. Jumaboyev M Bolalar adabiyoti. –T.: O„qituvchi, 2011, 260 bet. Download 414.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling