Ijodiy bayon “Vatan mensiz yashashi mumkin, lekin…”


Download 62 Kb.
bet7/8
Sana02.01.2022
Hajmi62 Kb.
#186670
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5409080214854566629

Ibn Sinoning shogirdlari
Tabiblarning tabibi Ibn Sino kunlardan bir kuni qattiq og’rib, ko’rpa-to’shak qilib yotib olibdi. Ibn Sinoning shogirdlari, eng yaqin do’st-birodarlari yig’ilishibdi. Ular yaxshi so’z aytib, ulug’ tabibning ko’nglini ko’tarishga harakat qilishibdi. Shogirdlari ustozlarini dori-darmonlar bilan davolashga kirishibdilar.

Ibn Sino do’st-birodarlariga rahmatlar aytib, shogirdlariga esa bunday debdi:



  • Shogirdlarim, mening kunim bitgan ko’rinadir. Shu boisdan meni davolayman deb behuda

harakat qilmanglar. Bordi-yu, kunim bitib, vafot etsam, yig’i-sig’i qiliub o’tirmanglar. Faqat haqimga duo qulib, onda-sonda qabrimni ziyorat qilsanglar bas. Va, yana ustoz olamdan o’tdi, endi tabobat oqsaydi, deb ham qayg’urmanglar. O’rnimga besh zo’r tabibni qoldirib ketmoqdaman. Shu tabiblarning maslahatlariga o’zingiz ham doim amal qilinglar. Boshqalarni ham ularga da’vat etinglar, - debdi.

Shunda Ibn Sinoning shogirdlaridan biri:

- Ustoz, siz aytgan tabiblar kimlar? – deb so’rabdi.

Ibn Sino:

- Men qoldirib ketayotgan zo’r tzbiblarning biri – tozalik. Ikkinchisi – parhez. Uchinchisi – badantarbiya. Qolgan ikkisi mizoj bilan kayfiyatdir. Doimo pokiza, ozoda bo’lishlikni unutmang. Ko’ringan ovqatni yeyavermaslik, apil-tapil ovqatlanmaslik, ovqatlanishda parhez me’yorini bilishlik lozim. Badan a’zolarini harakatsiz qoldirmaslik, mizojni unutmaslik, kayfiyatni yaxshi tutishga harakat qilish kerak. Mana shu aytganlarimga amal qilinsa, kasallanish u yoqda tursin, bevaqt o’lim ham orqaga chekinadi.

(“Asotirlar va afsonalar” kitobidan.)

Ijodiy bayon matni


Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling