Ijodiy insholar Maktab “Tarixiy o’lkashunoslik muzeyi”
Mustaqillik bergan ne’mat
Download 211 Kb.
|
INSHO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siz mehr chashmasi- aziz ustozim.
- Muhabbat va bahor kuychisi
- Konstitutsiya-baxtimiz qomusi.
- Sog`lom avlod-yurt tayanchi
- Til—millatning ko’zgusi.
- Ogohlik davr talabi
Mustaqillik bergan ne’matReja: 1.Mustaqillik ne demak? 2.Tinchlik uchun kurashganlar 3.Asriy orzu ushalgan kun 4.Ozod yurtning obod go’shalari 5.Men shu yurt farzandiman Mustaqillik degan so’z jaranglar mag’rur, U – qalblarga baxsh etar iftixor, g’urur. U—yashamoq degani erkin va ozod, U—bizning millatga havodek zarur U—zulmatni quyoshdek yoritolgan nur. “ Biz uchun Mustaqillik eng avvalo, o’z taqdirimizni qo’limizga olish, o’zligimizni anglash,aziz Vatanimizda adolat, insof, din-u diyonat, mehr-oqibatni qaror topti- rishdir ! “ deb tushuntirgan edi prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov. Aynan mustaqillik tufayli biz dunyoni har sohada yangicha nigoh va yangicha ta- fakkur bilan ko’rib, idrok etdik. Shuning barobarida jahon hamjamiyati ham O’zbekistonni butunlay yangitdan tanidi. Bir so’z bilan aytganda, O’zbekiston qisqa davr 21 yil mobaynida dunyoning har jihatdan yetuk davlatlari qatoridan munosib o’rin olib ulgurdi. Shuning barobarida 2012-yil O’zbekistonda “ Mustahkam oila yili “ deb e’lon qilinib, tegishli Davlat dasturining ishlab chiqi- lishi esa “ Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik sari “ dadil odimlayotganini to’liq namoyon etib turibdi. Mustaqilligimizning 21 yillik bayrami bu yil mamlakatimizda “ Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod Vatan “ degan ezgu g’oya ostida tashkil etilmoqda. Bu ezgu g’oyaning mazmuni shundan iboratki, hozirgi Vatanimizda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohatlar xalqimizning turmush darajasini yuksaltirishga, milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizni asrab-avaylashga,fuqarolari- mizni o’rtasidagi o’zaro mehr-oqibatni va hamjihatlik fazilatlarini yana kuchay- tirishga qaratilgandir. Darhaqiqat, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmo- ni so’zimizning yaqqol isbotidir va hozirgi kunda bir qancha yurtdoshlarimiz ushbu ko’krak nishoni bilan taqdirlanmoqdalar. Istiqlol tufayli mamlakatimizda iqtisodiy sohada tub islohatlar va o’zgarishlar amalga oshirilib, ular xalqimizning xohish-irodasi bilan, qat’iy tanlab olingan milliy taraqqiyot yo’li asosida keng ko’lamda, izchil davom ettirilmoqda. Aholining tobora o’sayotgani hayot va farovonlik darajasi barqaror saqlab kelinayotir. Mamlakatimizda qabul qilingan muhim davlat dasturlari o’zining ijobiy samarasini bermoqda. Bizning qanchadan-qancha ota-bobolarimiz mustaqillik uchun kurashib, bevaqt olamdan ko’z yumishdi. Bular: Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, To’maris, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Fitrat, Cho’lpon va boshqa bobolarimizdir. Ular mustaqillikka erishish yo’lida bevaqt olamdan o’tishdi. 1914-1918-yillardagi birinchi jahon urushi va 1939-1945-yillardagi ikkinchi jahon urushi bir avlod umri davomida odamzod boshiga son-sanoqsiz kulfat olib keldi. Bu urushlarda millionlab kishi jang maydonlarida, front orqasida halok bo’ldi, bundan ham ko’proq tinch aholi asirlikda,qamoqlarda, konslagerlarda qirg’in qilindi,otildi, osildi. Yaradorlar, nogironlar,bedarak yo’qolganlar soni esa hozirga- cha noma’lum , ammo ular ham millionlab ekani shubhasiz. Shular qatorida bizning bobokalonlarimizni ham sanab o’tish joiz: “ 1937-yillarga kelib avj olgan qatag’on siyosati milliy ziyolilarni—xalqning o’zligini tanitishga xizmat qiluvchi adib, shoir, olim va muallimlarni, boshqa ko’plab soha kishilarini qurbon qila bosh- laydi. Ana shu to’lqinda Abdulla Qodiriy ham “xalq dushmani “ degan tuhmat bilan qamoqqa olinib, uzoq qiynoq va so’roqlardan so’ng 1938-yil 4-oktabrda otib o’ldirildi. Bu holatga shoir Usmon Nosir ham tushgan. 1937-yilda ustozlari Cho’lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy va yana ko’plab ijodkorlar qatori Usmon Nosir ham “xalq dushmani” degan tuhmat bilan ayblandi. U sovuq Sibir o’lkalariga surgun qilindi. Bu paytda shoir bor-yo’g’I 24 yoshga kirgan edi. Qamoqlarda tortgan cheksiz azob-uqubatlari, yurtini sog’inib chekkan fig’onlari oxir-oqibat shoirning navqiron jismini yemirdi. Usmon Nosir 1944-yilda Rossiyaning Kemerova viloyatidagi mahbuslar lagerida vafot etdi. U bu paytda 32 yoshda edi. U 10yil so- vuq Sibirda azob-uqubatda yashadi. Mana,ota-bobolarimiz mustaqillik uchun qancha jon kuydirishgani. Istiqlol—xalqimizning azaliy va asriy orzusi bo’lgan. XX asrdagi yaqin tariximizning o’zi buni yaqqol tasdiqlaydi. Chin ma’nodagi hurriyat umidida kuyib-yonib yashagan ijod ahli, olimlar, qolaversa, minglab yurtdoshlarimiz o’z insoniy ezgu maqsadlari, yurt ozodligi uchun el dardida yashaganlari uchun qatag’on etilib,istibdod qurboni bo’ldilar, shahid ketdilar. Mustaqillik xalqimizning asriy orzusi edi, bu orzu 1991-yil 31-avgust kuni ro’yobga chiqdi. Mustaqil O’zbekiston Davlatining barpo etilishi esa xalqimizning tarixiy yutug’iga aylandi. Mustaqillik yillarida boy tariximiz yutug’iga aylandi. Mustaqillik yillarida boy tariximiz muqaddas din-u diyonatimiz, ko’hna urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi. Ona yurtimiz O’zbekiston mustaqil respublika, deb e’lon qilinganidan keyin bir necha oy o’tar-o’tmas, 1991-yil 18-noyabrda parlament “ O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Qonuniga binoan davlatimizning milliy bayrog’ini qabul qildi. Milliy bayrog’imizga bir nazar soling. Undagi oy bilan o’n ikki yulduz tasviri darhol diqqatingizni tortadi. Bayrog’imizdagiranglar ham tabiatdagi ranglarga juda mosdir . Moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzidir.Timsollar tilida bu—yaxshilikni, donishmandlikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Oq rang muqaddas tinchlik ramzi bilan kun charog’onligini bildiradi, Bu rang poklik, beg’uborlik, ezgu orzu- maqsadlar, go’zallikka intilish timsolidir. Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi, u ko’pgina xalqlarda yoshlik, navqironlik, umid va shodlik timsoli sanaladi. Qizil chiziqlar esa vujudimizda jo’shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir. Bayrog’imizdagi oy, o’n ikki yulduz timsoli o’n ikki burjni anglatadi. Endi O’zbekiston Respublikamizning Davlat Gerbi to’g’risidagi so’zimni boshlasam. Gerb 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan. Gerbda gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda o’ng tomonida bug’doy boshoqlari, so’l tomonida ochilgan paxta chanoqlari surati tushirilgan chambardan iboratdir. Gerbning yuqori qismida Respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarimoy va yulduz musulmonlarning qutlug’ ramzidir.Gerb markazida himmat,oliyjanoblik va fidoyilik timsoli bo’lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yoyib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, baxt-saodat, farovonlik yo’lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi. Gerbning pastki qismida Respublika Davlat bayrog’ini ifodalovchi uch rangdagi chambar bandiga “ O’zbekiston” so’zi bitilgan. O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi, uning boshqa ramzlari kabimuqaddas sanaladi. Endi O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to’g’risida so’z boshlasak. Madhiya—“ madh”—“ maqtov” so’zidan kelib chiqqan. Madhiya—gimn o’z mustaqilligiga ega bo’lgan, rivojlangan har bir mamlakatning alomati-ramzidir. Erk tufayli xalqimiz baxt-iqbolga yor, Erk tufayli o’lkamda hamisha bahor. Erk tufayli yashnar yurt, shodlik barqaror, Mustaqillik—kamolot, halovat,huzur, U zulmatni quyoshday yoritolgan nur ! Men Asatullayeva Dilnavoz 1998-yil 9-aprelda Zarafshon shahrida tug’ilganman. Men O’zbekiston deb atalmish ozod yurtda tug’ilganimdan faxrlanaman. Bu faxr tuyg’usini hech qachon yuragimdan chiqarolmayman.Vatanim haqida she’rlar ham yozib turaman.She’rimdan bir namuna: Sen o’xshaysan onamga, Maqtay butun olamga, Vatanjonim, Vatanim, O’zbekiston gulshanim. Sendek ozod diyor yo’q, Sendek mag’rur diyor yo’q, Vatan, Vatan,Vatanim O’zbekiston gulshanim. So’zim intihosida yurtboshimning ushbu so’zlarini yodga olaman: “ Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, dono, bilimli va albatta bizdan baxtli bo’lishlari shart”. 9 – “A” sinf o’quvchisi Asatullayeva Dilnavoz Siz mehr chashmasi- aziz ustozim.Reja: 1.Eng ulug` zot. 2.Buyuk va mashaqqatli kasb egalari. 3.Muallim – hayot yo`li sarboni. 4.Birinchi mehribon ustozim. 5.Ustozlar ishonchin oqlash – eng oliy burchimiz. Muallim shunday ulug` zotki, uning oldiga kelmagan odam to`laqonli bo`la olmaydi. O`tgan yigirma ikki yillik shonli istiqlol yillarida yurtimizda olamshumul o`zgarishlar ro`y berdi. Ayniqsa, jamiyatimizning muhim bo`g`ini bo`lgan ta’lim tizimida olib borilgan tub islohotlar aziz-u mukarram ustozlarning mehnatiga bo`lgan ulkan e’tiborning yanada oshganida, bu borada erishilayotgan mislsiz muvaffaqiyatlarida yaqqol ko`rinmoqda. Istiqlol bergan imkoniyatlardan unumli foydalanib, bor ilm-u iqtidori va qalb mehrini yosh avlod ta’lim – tarbiyasiga baxshida etib kelayotgan ustoz- murabbiylar juda ko`p. Navnihol bog`larning bog`boni, Niholga fidodir ming joni. Ilm talab karvonning sarboni, Mehribon ustozsiz, ustoz! Ustoz! Bu so`z zamirida qanchadan- qancha ma’no mujassam. Ustoz deganda biz avvalo, o`tmish va kelajakni ko`z oldimizga keltiramiz. Ustoz bir yosh qalbni olam- olam ziyoga yo`llaydigan zot. Bizning qalbimiz go`yoki gard yuqmagan oq qog`ozga o`xshaydi. Bu qog`ozning yuziga dog` tushurmay, unga faqat va faqat ezgulik, mehr- muhabbat kabi satrlarni yozish faqat shu aziz va buyuk insonlarning qo`lidan keladi. Dunyodagi eng ulug`, eng buyuk va eng mashaqqatli kasb- muallimlik kasbidir. Bu kasb egalari esa dunyodagi eng ulug`, eng buyuk insonlardir. Ular kelajak avlodni mashaqqat ila tarbiyalaydilar, ta’lim beradilar . Yosh avlodni ta’lim-tarbiyasi eng nozik masala . Bu kasbning mashaqqati ham, mas’uliyati ham shunda. Kim uchun dunyoda shuhrat aziz, Kimgadir haq zahmati aziz, Sizga-chi el-yurtning rahmati aziz, Mudom baland erur sizga e’zozim, Baxtinga bor bo`ling , aziz ustozim! Inson bolalik davrlarini yodga olganda, albatta, avvalambor birinchi o`qituvchisini , maktab ostonasiga ilk bor qo`ygan qadamini va boshqa zavqli onlarini yodga oladi. Olam- olam quvonch, shirin orzular ila onajonim qo`llarimdan yetaklab, ziyo maskani bo`lmish maktabimizga olib keldilar. Go`daklikda qalbimga nafosatni onajonimning allasi singdirgan bo`lsa, ezgulikni joylagan aziz va mo`tabar birinchi ustozim Qayumova G.A bilan shirinso`z va talabchan Alimova X.Yo`ldoshevnadir. Ilk bora qo`limga qalam tutqazgan, O`qishni, yozishni menga o`rgatgan, Bizga doim to`g`ri yo`lni ko`rsatgan. Mehri quyosh, qalbi, tafti ummonim, Baxtimga bor bo`ling, aziz ustozim! Hayotning o`nqir –cho`nqir , egri –bugri yo`llaridan ezgulik tomon yo`llaydigan bu- muallimdir. Muallimning ta’lim –tarbiyasi, nasihat-u saboqlari ila har qanday qiyinchilikdan osongina o`tib olish mumkin. Muallim saboqlari hayotimizda qiyinchiliklarga chidash va ularni yengishga, sabr-toqatli, metin irodali, pok vijdonli va boshqa ulug` fazilatlarga ega bo`lishga yordam beradi. Insonga duch bo`lgay turfa xil yo`llar, Gohi tog`lar oshsa, goh kezar cho`llar, Bazan ta’qib etsa, chaqmoqlar, do`llar, Hech vaqt adashmagay aql tarozim, Baxtimga bor bo`ling, aziz ustozim! Aziz-u mukarram ustoz va murabbiylarimizning bizdan umidi katta. Biz bu e’tiborni, ishonchni suiste’mol qilmasligimiz, ularni doimo qadrlashimiz lozim. Ularning ishonchin oqlash -eng oliy burchimizdir. Shogirdlar kamolin o`ylab tun-u kun, Halovat bilmasdan bag`rin etib xun, Kelajak avlodning taqdiri uchun, Jonin ayamagan bo`lganda lozim, Baxtimga bor bo`ling, aziz ustozim ! 7-“v”-sinf o`quvchisi Toshmamatova Sevinch Muzaffarovna. 2013-yil “Siz mehr chashmasi- aziz ustozim “ mavzusidagi insho tanlovida viloyat miqyosida I o`rinni egallab diplom va maqtov yorliqlari bilan taqdirlandi.
Reja: 1.Bahor kuychisi. 2.Mohir tarjimon. 3. Ayolni muqaddas biling. O`zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova 1915-yili Toshkentda hunarmand oilasida tug`ilgan. Shoira xotin- qizlar bilim yurtida o`qigan vaqtlaridayoq adabiy to`garaklarda she` rlar mashq qila boshladi. Zulfiya 17 yoshida yozgan “ Hayot varaqlari” birinchi she`rlar to`plami bilan Oydin, Muzayyana, Alaviya, Xosiyat Tillaxonovalar safiga kirib keldi. “ Drazamning oldida bir tup O`rik oppoq bo`lib gulladi…” Gulni ko`rib ishparast qalbim, Ming aytilgan darddan kuyladi. Zulfiya ‘’O`ylar’’, ‘’Shalola’’ kabi she`riy majmualari uchun Hamza nomidagi Respulika Davlat mukofoti sovrindori bo`lgan. Hind mavzusidagi she’rlari uchun Javoharlal Neru nomidagi xalqaro sovrin , tinchlik va do`stlikni tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun xalqaro “Nilufar” mukofotiga sazovor bo`lgan. Shoira Hindiston, Yugoslaviya , Shri-Lanka, Misr, Birma, Avstriya kabi mamlakatlarda bo`ldi. U 1956-yilda Osiyo va Afrika yozuvchilarining Dehlida o`tkazilgan birinchi konferensiyasida qatnashib ,mashhur “Mushoira” asarini yaratdi . Uning she’rlari rus, ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, arab, fors va boshqa tillarga tarjima qilingan. Shoira rus adiblaridan Nekrasov, Lermantov, B.Inber kabi adiblarning she`rlarini o`bek tiliga tarjima qilgan. Shoira Nekrasov, Lermontov, B.Inber, Lesya Ukrainka, Edi Ognesvet , M.Dilboziy , Amrita Pritam asarlarini o`zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan. Zulfiyaxonim ilk bahorda tavallud topgan. Mening nazarimda, u kishi bahor faslida ochiladigan boychechakka qiyos. Chunki boychechak ham bahorning ilk g`unchasi bo`lib, butun olamni yashnatganidek, Zulfiya ijodi ham adabiyotimiz xazinasini nozik qochirimlar va go`zal tashbehlar bilan boyitib turadi. Barcha suyukli elardog`ida yuradigan shoira bo`lish hammaga ham nasib etavermaydi. Zulfiyaxonim ana shu nasibadan bahramand edi. Xalq mehrida, yorman el shuhratiga, Baxtli ayol desa haqli xaloyiq… Darhaqiqat, Zulfiyaxonim baxtli ayol, baxtli shoira edi. U ona Vatanimizda va dunyoning juda ko`p davrlariga fayz bag`ishlagan, mo`tabar minbarlarda turib she’r o`qigan. Men yaxshi va a`lo o`qib, Zulfiyaxonimga o`xshab, buyuk shoira bo`lishga harakat qilaman. Rustamova Feruza Asliddinovna. Zarafshon shahar 12- umumiy o`rta ta`lim maktabi 6- “g”sinf o`quvchisining insholar tanlovida olgan o`rinlari 2013-yilda ‘’Oilam va mahallam – mo`jaz Vatanim ‘’shaharda 1-o`rin, 2013-yilda ‘’Muhammad Yusuf – men sevgan shoir’’ shaharda 2-o`rin, 2013-yilda ‘’Muhabbat va bahor kuychisi ‘’ viloyatda 1-o`rin, 2013-yilda ‘’Ustozga ta`zim’’ shaharda 3-o`rinlarni egallagan. Konstitutsiya-baxtimiz qomusi.Reja: 1.Haq-huquqimiz poydevori. 2.Davlatimizning huquqiy siyrati. 3.Konstitutsiya-davlat qonunchiligining asosi. Konstitutsiya-davlatini davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan qomusnoma. Islom Karimov O’zbekistonning o’zligi huquqiy jihatdan Konstitutsiyamizdadir. Konistitutsiya davlatning asosiy qonuni hisoblanib,tuzilish,tuzuk ma’nolarini ifodalaydi. Konstitutsiyamiz oily darajadagi qonun sifatida davlatimizning qiyofasini,uning ijtimoiy,iqtisodiy,siyosiy tuzumini,boshqaruining demokratik prinsiplarini,jamiyat rivojlanishining fuqarolari huquq va erkinliklari kafolatlanganini ma’naviy qadriyatlarimiz asoslarini mustahkamlab beradi. 1991-yilda O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishdi.Mamlakatimiz xalqi insonparvar,demokratik,huquqiy davlat barpo etish istagini bildirdi.Odamlarning qadriyatlar va yuksak g’oyalar to’g’risidagi tasavvurlarining o’zgarish mamlakatimiz Asosiy qonuni-O’zbekiston Konstitutsiyasini o’zgartirishni talab qildi. 1992-yil 8-dekabrda yurtimizning oliy qonun chiqaruchi va vakolatli organi O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasini qabul qildi.Konstitutsiyada inson,uning hayoti,erki,or-nomusi,sha’ni,qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari qadriyat deb e’lon qilingan. Ayni paytda bu hol O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida berilgan:’Har kim bilim olish huquqiga ega’. Buning tagida qanchadan- qancha ma’no-mazmun bor.Mustaqilikka erishganimizdan so’ng Prezidentimiz pul yoki badal bilan o’qishni emas,kelajak avlod-yoshlarni bepul ta’lim olishga jalb qildi. 2001-yilda o’lkamizda umumdavlat va umumxalq ahamiyatga ega hujjat- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ‘O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganishni tashkil etish to’g’risida’farmoyishi qabul qilindi. Konstitutsiyamizni o’rganishning zarurligini turmushning o’zi taqozo etadi.Chunki qonunlarni bilmaslik masalaning bir tomoni bo’lsa, qonunlarga rioya qilmaslik masalaning ikkinchi tomonidir. To’g’ri,har bir fuqaro professional huquqshunos darajasida qonun qoidalarning bilmasligi tabiiy.Bunday talabni ham qo’yib bo’lmaydi. Lekin,kundalik turmush va mehnat faoliyatida duch kelishi mumkin bo’lgan muommolarini hal etishda habardor bo’lish o’zi uchun ham,jamiyati uchun ham foydadan xoli emas. Shunday ekan,jamiyat hayotning mezoni bolgan Konstitutsiyani chuqur va har tomonlama o’rganishimiz,unining ma’nosiga yetib borib,amaliy hayotimizning doimiy qo’llanmasiga aylantirishimiz darkor.Bu qonun haqida Abdulqodir Qayyum shunday deydi. Faxrlansam arzir,aziz vatandosh Keksa-yosh,g’ururjon O’zbekiston Jahon peshtog’ida noming ulug’vor Vatan,nomingi,dovrug’ingni aylay namoyish. Abdulqodir Qayyum. Toki o’qib-o’sib kelayotgan yosh avlod Konstitutsiyaning ma’no-mazmunini,xalqimizning istiqlol yillarida erishgan ulkan tarixiy yutug’i ekanini teran anglab yetishi kerak. Konstitutsiyada 128 modda,6 bo’lim,26 bob mavjud. Konstitutsia baxtimiz qomusini nurafshon etmish,kitobdir.Mana,O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilinganiga 10 yil to’lmoqda. Konstitutsiyamiz-Bosh qomusimizga ulkan qudrat jo bo’lgan. Xullas,Konstitutsiyamizni mukammal o’rganish fuqarolarning o’zini o’ziga tanitadi,istiqlol imkoniyatlaridan foydalanib,samarali mehnat va ijod qilishiga qonuniy zamin yaratadi. 6’’G’’sinf o’quvchisi Nasullayova Maftunaning insholar tanlovlarida olgan o’rinlari: 2013-yil ‘Mening oilam-muqaddas bog’im’ insho shahar maktablari o’rtasida II-o’rin 2013-yil ‘Zulfiya’-bahor va muhabbat kuychisi’insho tanlovida shahar maktablari o’rtasida II-o’rin. 2013-yil’Muhammad Yusuf-men sevgan shoir’ insho tanlovida shahar va maktablar o’rtasida III-o’rin. 2013-yil’Sizga ta’zim-aziz ustozim’insholar tanlovida shahar va maktablari o’rtasida III-o’rin. 2013-yil’Konstitutsiya-baxtimiz qomusi’insho tanlovida shahar va maktablar o’rtasida I-o’rin. Sog`lom avlod-yurt tayanchi1.Yoshlar-kelajagimiz poydevori. 2. Sportchi yoshlarimizning erishayotgan yutuqlari. 3. Yoshlarga yaratib berilayotgan shart- sharoitlar. Yoshlar kelajagimiz poydevori, yurtimizning ertasidir.Yurtboshimizning tashabbusi bilan 2014-yil “Sog`lom bola “ yili deb e`lon qilindi. Rahnamomizning :”Farzandlari sog`lom yurt qudratli bo`lur” ,-degan so`zlarida chuqur mazmun-mohiyat aks ettirgan.Agar kelajak avlodlarimiz sog`lom, har tomonlama rivojlangan bo`lsa, davlatimizda yuksalish bo`ladi. Zero, kelajak yoshlar qo`lida.Shuning uchun biz yoshlar Vatanimiz koriga yarab, unga munosib farzandlar bo`lib ulg`ayishimiz , bilim olishimiz va o`z iqtidorimizni namoyon etishimiz lozim. O`z navbatida esa sog`lom bo`lishimiz uchun sport bilan shug`ullanishimiz kerak. Chunki sog`lom boladan sog`lom fikr tug`iladi.Sog`lom fikrdan yangi g`oyalar, yangidan-yangi kashfiyotlar chiqadi. “Hech bir soha kishini sportchalik dunyoga tanitolmaydi”,-deydi muhtaram yurtboshimiz Islom Karimov. Darhaqiqat , prezidentimiz sportga katta e`tibor bilan qaraydilar.Chunki hozirgi yoshlarimiz sport bo`yicha jahon olimpiadalarida qatnashib, faxrli o`rinlar bilan O`zbekistonimiz obro`yi va ravnaqini yuqori cho`qqilarga ko`tarmoqdalar. Davlatimizda yoshlar uchun “Barkamol avlod”, “Umid nihollari”, “Universiada” kabi sport musobaqalari tashkil etilgan. Shaharlar-u qishloqlarda ham sport majmualari barpo etilib, yoshlar sportga jalb etilmoqda.Shu bois bizning shahrimizda ham Zarafshonimiz obro`yini ko`targan sportchi qizimiz Zariya Qosimova shu yili “Zulfiya” mukofotiga loyiq deb topildi.Bu xushxabarni eshitgan Zarafshonliklar qalbida chuqur faxr uyg`onib , mukofot sohibasiga o`z ezgu tilaklarini bildirishdi.Bundan ikki yil burun esa yosh shaxmatchi Mohinur Qahramonova ham “Zulfiya “ mukofoti sohibasi bo`lgan edi. Shunday iqtidorli qizlar bilan faxrlansa arziydi. Ularga har bir qiz havas bilan qaraydi. Men ham bu iqtidorli qizlarga o`xshab Zulfiyaxonim qizi bo`lishni orzu qilaman.Chunki bundayin yoshlar tufayli jahon bayroqlari orasida O`zbekistinimiz bayrog`i hilpirab, madhiyamiz yangragani har bir kishi vujudida yuksalish va iftixor tuyg`usini uyg`otadi. Prezidentimizning bizga ya`ni yosh nihollarga bo`lgan parvarishidan so`ng , mana endi mevasini bermoqda. Hozirgi yoshlarimizning sog`lom tig`ilishi va voyaga yetishi uchun yurtboshimiz tomonidan ulkan shart- sharoitlar yaratib berilmoqda. Prezidentimiz bolalar uchun sport majmualari, musiqa va san`at maktablarini har tomonlama sifatli qurish, ularni keraklicha jihozlash borasida kehg- ko`lamli ishlar olib bormoqda. Chunki kelajak vorislarning har tomonlama sog`lom bo`lib voyaga yetishishida sportning o`rni beqiyosdir. Biz yoshlar esa bu shart – sharoitlardan unumli foydalanib, Vatanimiz ravnaqini yuksaklarga ko`tarishimiz lozim. Navoiy viloyati, Zarafshon shahar, 12-umumiy o’rta ta’lim maktabi 6-“A” sinf o’quvchisi: Jo’rayeva Gulnoza Jamshid qizi Til—millatning ko’zgusi.Til mavjudotlar ichida faqatgina insonga berilgan eng buyuk ehsondir. Bugungi kunda jahon xalqlari 3000dan ziyod tilda so’zlashadi. Bu xalqlar bir-biridan so’zlashayotgan tili bilan farqlanadi. Demak, til bor ekan, millat,elat bor. Til esa ana shu millatning ko’zgusidir. Jahon xalqlari bilan bo’ylashayotgan mustaqil O’zbekistonning davlat tili hisoblangan o’zbek tiliga shunday maqom berilganligiga 23 yil to’ldi. Shonli tariximiz sahifalariga zarhal harflar bilan bitilgan ushbu kun 22 yildan buyon katta tantana sifatida nishonlanmoqda. Til – millat ko’zgusi, ma’naviyat sarchashmasidir. Shu bois ona tilimizni hurmat qilish, uning boy imkoniyatlarini o’rganishimiz lozim. Ona tilimizga bugungi kunda e’tibor juda yuqori. Davlat maqomi berilishi, til haqidagi qonunning yaratilishi, turli xil qo’llanma, lug’atlarning chop etilishi buning yaqqol dalilidir. Davlatnimiz rahbarining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida: “Ma’lumki, o’zlikni anglash,milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi,”— deyiladi. Til – milliy ruhiyatimiz asosi. Ona tilimizga bo’lgan hurmat ajdodlarimiz yo’lining davom ettirilishi milliy o’zlikning anglanishi va hayotda o’zini namoyon etishida ko’rinadi. Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning so’zlari bilan aytganda: “Har bir millatning dunyoda borligini ko’rsatadurgan oyinayi hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo’qotmak, millatning ruhini yo’qotmak, millatning ruhini yo’qotmakdir”. Bizning milliy tilimiz ham bugungi kunda mustaqil davlatimizning bayrog’i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo’li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biriga aylandi. Biz o’z hayotimizni, butun borlig’imizni ona tilimizsiz tasavvur eta olmaymiz. Shu ma’noda ona tili inson uchun eng yaqin va doimiy muallim deb o’ylayman. Ma’lumki, ona tilimiz XI asrdan boshlab shakllana boshlagan. Shu davrdan boshlab yirik asarlar yuzaga keldi.
Ogohlik davr talabiYurt tinchligi,barqarorligi va taraqqiyoti biz yosh avlodning qo’lidadir.Shu sababdan ham,mamlakatimizda biz uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo’lib,bepul ta’lim olish tizimi,chet davlatlarga borib o’qish,erkin ijod qilish va boshqa huquqlar joriy etildi.Albatta,bu kabi bildirilgan ishonchlar o’z mevasini berib kelmoqda. Ilmga chanqoq,mehnatsevar yoshlar o’zlari tanlagan kasblari tomon intilib fanga noma’lum bo’lgan yangiliklarni yaratishmoqda,ilm-fan va sport sohalarini mukammal egallab,yurtimiz bayrog’ini baland ko’tarib,madhini baralla aytib kuylashmoqda.Yaqinda bo’lib o’tgan Mendeleyev olimpiadasida ham bir nechta o’zbekistonlik yoshlarimiz qatnashib,yaxshi natijalarni ko’rsatishdi.Ammo ‘’Guruch kurmaksiz bo’lmaydi’’deganlaridek,hozirgi kunda yosh avlod orasida turli qing’ir nobakor yo’llarga kirib ketayotgan insonlar ham talaygina.Ular orasida yosh yigit-qizlarning borligi juda ayanchli holatdir.Nahotki,ular o’zlari iste’mol qilayotgan tamaki va spirtli ichimliklarning qadoqlariga katta-katta harflar bilan ‘’Sog’lik uchun zarar’’deb yozib qo’yilgan so’zlarga bir bora ham nazar tashlamagan bo’lsa,ommaviy axborot vositalarida yangrayotgan xabarlarni eshitmagan bo’lsa?! Yo’q,ular uchun bu hayotning qizig’i yo’q. Ular uchun hayot faqat ko’ngilxushlik va o’yin-kulgudan iborat.Bunday kishilar to’g’risida o’z zamonasining yetuk shoirlaridan biri bo’lgan Alisher Navoiy bobomiz quyidagicha fikr bildiradi:’’Ular or-nomus,urf-odat va mulozamatlarni unutadi,rahm-shafqat degan tushunchalardan uzoqlashib ketadi, parishonxotir, nafosatsiz, didsiz bir maxluqqa aylanib qoladi”. Ha, ichkilikka ruju qo’yish,nashavandlik,kashandalik kabi illatlar inson salomatligi uchun nihoyatda zararli sanaladi.Boisi,bunday hayot tarzi yengiltak kishilar uchun xos bo’lib,buning oxiri ayanchli azob bilan yakunlanibgina qolmay ularning farzandlari nogiron,mayib-majruh,jismonan va aqlan zaif bo’lib tug’ilishadi.Buni qarangki,birgina kishining yengiltakligi tufayli butun jamiyatga zarar yetadi. OITS kasalligi hozirda dunyoning global muammolaridan biri bo’lib,uning oldini olish uchun nafaqat tibbiyot xodimlari,balki hududiy ‘’Mahalla’’ xayriya jamoa fondlari va tegishli tashkilotlardan tashqari biz yosh avlod ham profilaktik ishlar samaradorligini yanada oshirmog’imiz lozim.Men ham mana shularni yodimda saqlagan holda yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etuvchi maqola va she’rlar yozmoqdaman. Kelajakda esa o’qituvchilik kasbini egallab,yosh avlodga to’g’ri yo’l ko’rsatib,OITS kaslligining tobora keng tomir yozmasligi uchun o’zimning munosib hissamni qo’shaman.Bu o’zimizning qo’limizda ekan,har doim hayotga ogohlik,hushyorlik va teran nigoh bilan boqaylik.Zero,hayot tanlagan yo’limiz orqali go’zal va betakrordir.Shunday ekan,keling,mana shunday ne’matni bedavo dard-u,jirkanch illatlar bilan bulg’amaylik. 9-“B” sinf “Zulfiya izdoshlari” klubi a’zosi Abdurasulova Sitora Download 211 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling