Ijodkor she’rlaridan birida atrofini o‘ragan odamlar unga hamisha yaxshilik tilaganlarini


bo‘lmasa ham, gazeta-jurnal bo‘lardi…”


Download 142.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana27.03.2023
Hajmi142.87 Kb.
#1300533
1   2   3   4
Bog'liq
10-sinf blok test

bo‘lmasa ham, gazeta-jurnal bo‘lardi…” -
degan ijodkor kim?
A) Tog‘ay Murod B) Sirojiddin Sayyid
C) Omon Matjon D) Shavkat Rahmon
7. Keksayganingda rohatda yashashni orzu
qilsang, yoshlikda tinimsiz ilm o‘rganishga
harakat qil. Ushbu gapda qatnashgan yasama
so‘zlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Hol vazifasida kelgan yasama so‘zlar
qatnashgan.
B) To‘ldiruvchi vazifasida kelgan yasama fe’l
qatnashgan.
C) Kesim vazifasida kelgan yasama fe’llar
qatnashgan.
D) Aniqlovchi vazifasida kelgan yasama ravish
qatnashgan.
8. Qaysi gapda yordamchi so‘zlarning har bir
turkumiga oid birliklar ishtirok etgan?
A) E’tibor berganmisiz yoki yo‘qmi,
bilmadim-ku, sizning sadoqatda tengsiz
do‘stiningiz bor.
B) Ma’naviyat ham insonga ona suti, ota
namunasi va ajdodlar o‘giti bilan singadi.
C) Kun botgan, biroq hali atrof yorug‘ edi-da!
D) Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-hunarli
kishilar bilan do‘st bo‘l.
9. Qaysi javobda “Ufq” romani haqida
ma’lumot berilgan?


A) Romanda Vatanga qilgan xizmatlari uchun
oliy mukofot bilan taqdirlangan, ammo yakka-
yu yagona o‘g‘lining qo‘rqoqlik qilib urushdan
qochganini bilgach juda qattiq o‘ksingan ota
obrazi berilgan.
B) Bu roman adibning nasriy yo‘nalishda
yozgan ilk asari hisoblanadi. Asarda muallif
o‘z hayotida ko‘rgan-kechirganlarini,
kattalardan eshitgan rivoyatlarni qiziqarli
tarzda tasvirlaydi.
C) Romanda o‘z ona qishlog‘ida jon berishni
orzu qilgan, lekin orzulari armon bo‘lib qolgan
Sharofat xolaning iztiroblari ham ifoda etilgan.
D)Romanda “Sharq adabiyotining
vallamatlaridan biri, butun Osiyoni aql-idroki
bilan tebratgan” Ahmad Yassaviy, mashhur
shoir Otoyi singari ulug‘lar tilga olinadi.
10. Qaysi javobda to‘ldiruvchi vazifasida
kelgan jamlovchi son qatnashgan?
A) Ularning ikkovi bilan ham alohida-alohida
gaplashib qo‘yaman.
B) Ishchilardan ikkitasini uzoq viloyatga ish
safariga jo‘nating.
C) Azim har yelkasiga to‘rttadan odam
sig‘adigan yigit bo‘libdi.
D) Shundan keyin uchalasi o‘rmonda do‘stona
yashay boshladi.
11. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq
xatolik mavjud emas?
A)Ona tilim sen borsan, shaksiz, Bulbul kuyin
she’rga solaman.
B)Daraxtdagi barcha sayroqi qushlar sa’va,
bulbul, mayna va boshqalar unga jo‘r bo‘ldi.
C)Yaxshi niyatli kishilarning ahdi − shu.
D)A’lo o‘qish bizning asosiy vazifamiz.
12. Tarkibida fe’lning vazifa shakllaridan faqat
sof fe’llar qatnashgan bog‘lovchisiz qo‘shma
gapni aniqlang.
A)Istaymanki, shoirning orzulari, umidlari
haqiqatga aylansin.
B)Kun botgan, lekin hali qorong‘i tushmagan.
C)Ruboiyni ichida o‘qidi, yuzini tabassum
qopladi.
D)Avaz arang tong ottirdi, saharlab Eshjonni
yetaklab yo‘lga tushdi.
13. . . . Mast uyquda yotib edi bu shunqor,
Ko‘ziga ko‘rindi rasul payg‘ambar. Bu
so‘zlarni rasul payg‘ambar aytdi: "Adashgan
ummatim, shafqatdoringman, Tanib qolgin:
rasul payg‘ambaringman, Ummatlarni mudom
yo‘lga solurman". Ushbu parchada xalq
dostonlaridan biridagi qaysi qahramonning
tushi tasvirlangan?
A) Alpomishning B) Kuntug‘mishning
C) Ravshanning D) Hasanxonning
14. O‘zbek shevalarida qo‘llanilgan
pakki
so‘zining adabiy tildagi muqobili nima?
A) musicha B) pichoq
C) qurut D) beshik
15. Ega vazifasida kelgan juft fe’l qatnashgan
gapni toping.
A) Konspekt daftarini olib, o‘sha yerda
ko‘chiraman-qo‘yaman.
B) Oyqizning shunchalik yelib-yugurishi ham
umuman foyda bermadi.
C) Tog‘asining qo‘llab-quvvatlashi tufayli u
tijoratda ulkan yutuqqa erishgandi.
D) Yosh Hakima boshqa o‘rtoqlaridan
qolmaslik uchun qizarib-bo‘zarib ishlardi.
16. Asqad Muxtorning bir xil janrda yozilgan
asarlarini toping.
A) «Tilak», «Qorako‘z majnun»
B) «Bo‘ronlarda bordek halovat», «Jar
yoqasidagi chaqmoq»
C) «Ikki eshik orasi», «Tushda kechgan
umrlar»
D)«Davr mening taqdirimda», «Samandar»
17. Bunday betakror mumtoz ashulalarni

Download 142.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling