13.
|
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab 5- va 6-ilovalarda ko‘rsatilgan har bir oliy ta'lim muassasasiga kamida bir nafar yetakchi xorijiy ekspert va olimni sun'iy intellekt va uni qo‘llash texnologiyalari sohasida o‘qitishda ishtirok etish uchun jalb qilsin. Belgilansinki, xorijiy ekspertlar va olimlarni oliy ta'lim muassasalariga jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlar ularning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplansin.
|
2022 yil
|
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi
|
Bajarildi.
Mazkur band ijrosi yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining 2021 yil 22 fevraldagi 97-sonli buyrug‘iga muvofiq tegishli oliy ta'lim muassasalariga topshiriqlar berildi.
(Asos: OO‘MTVning 20.12.2021 yildagi 3/19-20/12-300- sonli xati).
Toshkent davlat yuridik universitetiga quyida xorijiy ekspert va olimlar jalb qilingan.
-2021/2022 o‘quv yilidan boshlab soha bo‘yicha dars mashg‘ulotlariga Am mar Younas (Pokiston Respublikasi) jalb etilgan bo‘lib, hozirda mutaxassis mehnat shartnomasi asosida OTMda faoliyat olib bormoqda.
Ammar Younas tomonidan universitetning bakalavr va magistratura talabalari uchun Digitalization and New Innovational Technologies Law, Cyber law, Artificial Intelligence Law kabi bir qator modullarda ma‘ruza va seminar mashg‘ulotlari olib borilmoqda;
Ammar Younas tomonidan universitetning bakalavr va magistratura talabalari uchun sun'iy intellekt va kiber huquq modullari yuzasidan konsultatsiya jadvali asosida o‘zining qimmatli maslahatlari berib bormoqda;
Ammar Younas tomonidan universitetning bakalavr va magistratura talabalari uchun “Private International Law of 4th Industrial Revolution” nomli an'anaviy va masofaviy kurs
|