Ijro hokimiyati tizimiga kiruvchi davlat organlari qaysi javobda
Download 427.5 Kb.
|
5-APREL UCHUN HUQUQ
1.Ijro hokimiyati tizimiga kiruvchi davlat organlari qaysi javobda berilgan? 1) Davlat qoʻmitalari; 2) Vazirliklar; 3) Oliy Majlis Qonunchilik palatasi; 4) Viloyat, tuman va shahar hokimliklari; 5) Bosh prokuratura; 6) Vazirlar Mahkamasi. A) 1, 2, 4, 6 B) 3, 4, 5, 6 C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 5, 6 2. «Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora koʻrib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi». Ushbu norma qaysi hujjatda qayd etilganini toping. A) Oʻzbekiston Respublikasi «Sudlar toʻgʻrisida»gi Qonun, 48-modda B) Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, 13-modda C) Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 33-modda D) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 26-modda 3. Inson huquqlari boʻyicha xalqaro hujjatlarning oʻziga xos tomoni qaysi javobda notoʻgʻri koʻrsatilgan? A) universal tusga ega B) qonunlarda ushbu masala yuzasidan milliy modellarni ishlab chiqish uchun turtki boʻlib xizmat qiladi C) BMTga a’zo boʻlmagan davlatlar qonunchiligida aks etishi shart D) irqi, jinsi, tili, dini va boshqalardan qat’i nazar hammaga ta’sir qiladi 4. Mehnat shartnomasi muayyan muddatga tuzilsa uzogʻi qancha muddatda tuziladi? A) besh yildan ortiq boʻlmaydi B) ish beruvchining ixtiyoriga bogʻliq C) xodimning talabidan kelib chiqiladi D) uch yildan ortiq boʻlmaydi 5. Qanday holda sudya, shuningdek xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, sud majlisining kotibi jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli hisoblanmaydi? A) sudlanuvchi advokatining yozma talabnomasiga muvofiq B) yaqin qarindoshlaridan birining vafot etishi munosabati bilan C) jinoyat ishini yuritishdan ozod qilish haqida yuqori turuvchi mansabdor shaxsga yozma iltimosnoma bilan chiqsa D) ishni yuritish uchun mas’ul boʻlgan biror mansabdor shaxsning qarindoshi boʻlsa 6. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq (82-modda) jarima qancha miqdor etib belgilangan? A) bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan oʻn besh baravarigacha B) eng kam oylik ish haqining besh baravaridan oʻttiz baravarigacha C) bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan oʻttiz baravarigacha D) eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan yigirma baravarigacha Download 427.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling